Iqtisodiyot
50 dan ortiq kompaniya va kemalar qora ro‘yxatga kiritildi
AQSh Moliya vazirligining chet el aktivlarini nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) Eronning neft va suyultirilgan neft gazi (LPG) eksportiga qarshi bosimni kuchaytirib, 50 dan ortiq shaxs, kompaniya va kemalarga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etdi.
OFAC ma’lumotiga ko‘ra, ushbu tarmoq milliardlab dollarlik Eron neft va neft mahsulotlarini sotish hamda tashishni tashkil etgan. Bu daromad AQSh xavfsizligiga tahdid soluvchi terrorchi guruhlarni moliyalashtirishga xizmat qilgan.
AQSh moliya vaziri Skott Bessentning so‘zlariga ko‘ra, Tramp ma’muriyati Eronning energetika eksporti tizimini izdan chiqarish orqali uning terrorchilik faoliyatini moliyalashtirish imkoniyatini qisqartirmoqda.
“Moliya vazirligi Eronning energiya eksport mashinasining asosiy qismlarini yo‘q qilish orqali bu mamlakatning naqd pul oqimini pasaytirmoqda”, – dedi Bessent.
Bayonotda aytilishicha, Eron neft va gazini tashishda ko‘plab davlatlarda ro‘yxatdan o‘tgan “soya kemalari” tarmog‘i ishlatilgan. Ular Xitoy, BAA, Panama, Hongkong va boshqa mamlakatlar orqali yo‘nalgan.
Sanksiyaga uchragan kompaniyalar orasida BAAda joylashgan Markan White Trading Crude Oil Abroad Co., Slogal Energy DMCC, Amita Petrochemical Trading L.L.C., shuningdek Xitoydagi Shandong Jincheng Petrochemical Group va Rizhao Shihua Crude Oil Terminal Co. bor.
Ular Eronning Persian Gulf Petrochemical Industry Commercial Co. (PGPICC) kompaniyasi orqali yuzlab million dollarlik LPG savdosini amalga oshirgan.
AQSh Moliya vazirligi sanksiyalar ro‘yxatiga uch nafar hindistonlik tadbirkorni ham kiritgan: Varun Pula, Soniya Shrestha va Iyappan Raja. Ular Marshall orollari va Hindistonda ro‘yxatdan o‘tgan kemachilik kompaniyalariga egalik qiladi hamda Eron LPG’sini Xitoy va Pokistonga tashishda ishtirok etgan.
Sanksiyalar, shuningdek, Shandun provinsiyasidagi Shandong Jincheng Petrochemical Group va Rizhao Shihua terminaliga ham qaratilgan. Bu korxonalar so‘nggi ikki yil ichida Eron neftidan yuz millionlab dollar qiymatida mahsulot xarid qilgan.
Sanksiyalar natijasi
OFAC ma’lumotiga ko‘ra, sanksiyaga uchragan shaxs va kompaniyalarning AQShdagi barcha aktivlari muzlatiladi, ular bilan har qanday bitim AQSh fuqarolari uchun taqiqlanadi. Qoidabuzarlarga nisbatan fuqarolik yoki jinoiy javobgarlik choralari ko‘riladi.
Bayonotda ta’kidlanishicha, sanksiyalar maqsadi jazolash emas, balki Eron hukumatini xalqaro me’yorlarga rioya qilishga undashdir.
Avvalroq rasmiy Tehron BMTning Eron va uning yadroviy dasturiga qarshi sanksiyalari qayta tiklanishiga «qat’iy javob berishga» tayyorligini ma’lum qilgani xabar qilingandi.
BMT Xavfsizlik kengashining Eronga qarshi sanksiyalari 28 sentabrga o‘tar kechasi tiklandi. Bu cheklovlar 2015 yilda Tehron yadroviy dasturi bo‘yicha Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasi qabul qilinganidan keyin to‘xtatilgan cheklovlardir. Eron va 5+1 davlatlari – Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Rossiya, AQSh va Fransiya o‘rtasida imzolangan kelishuv qoidalaridan biri, Tehronda jiddiy qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda BMTning rasmiy sanksiyalarini tiklashni nazarda tutgan.
Iqtisodiyot
Shavkat Mirziyoyev Shinjon usulida yetishtirilgan paxta dalasini ko‘zdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘uzor tumanida «Qashqadaryo Jingu» korxonasi tomonidan Shinjon usulida paxta yetishtirilayotgan dalada bo‘ldi.
Davlatimiz rahbariga chigit ekish, g‘o‘zani sug‘orish va parvarishlashda qo‘llanayotgan texnologiyalar haqida ma’lumot berildi. Bu yerda 2,2 ming gektar maydonga chigit plyonka ostiga qo‘sh qatorlab ekilgan, tomchilatib sug‘orish to‘liq joriy qilingan.
Plyonka tuproqdagi namlik va haroratni saqlab, chigitning erta hamda bir tekis unib chiqishiga yordam beradi. Suv va o‘g‘it esa tomchilatib sug‘orish tizimi orqali bevosita g‘o‘za ildiziga yetkaziladi. Natijada suv sarfi 30-40 foizga, o‘g‘it sarfi qariyb 30 foizga kamayadi. Hosil an’anaviy maydonlarga nisbatan 10-15 kun oldin pishib yetiladi.
Prezidentimiz paxtazorda yetishtirilgan hosil va agrotexnik tadbirlarni tashkil etish jarayoni bilan tanishdi. An’anaviy usulda gektaridan 30-35 sentner paxta olinsa, Shinjon texnologiyasida bu ko‘rsatkich 60-70 sentnergacha yetishi mumkin. Korxona dalalarida hosildorlik gektariga 55 sentnerni, yalpi hosil esa 12,3 ming tonnani tashkil etmoqda.
Dala ishlarida agrodronlardan ham foydalanilmoqda. Bu ayrim agrotexnik tadbirlarni tezroq bajarish, yonilg‘i sarfini kamaytirish imkonini bermoqda.
Xitoy sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan «Qashqadaryo Jingu» agroklasteri Koson, Nishon, G‘uzor, Ko‘kdala va Mirishkor tumanlarida jami 18,3 ming gektar maydonda faoliyat yuritadi. Ushbu yerlarning katta qismi ilgari foydalanilmagan cho‘l va qarovsiz maydonlar bo‘lgan. Loyihaga 128 million dollar investitsiya kiritilib, 50 ta ish o‘rni yaratilgan. Eksport hajmi esa 8,5 million dollarni tashkil etadi.
Shu yerda davlatimiz rahbariga viloyat qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham axborot berildi.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Wabtec» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Rafael Santanani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda mamlakatda temir yo‘l infratuzilmasi va tranzit salohiyati rivojlanayotganini hisobga olib, lokomotivlar parkini yangilash va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
AQSh moliya institutlari ishtirokida lokomotivlarni uzoq muddatli servis xizmati bilan birga yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekistonda texnik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, butlovchi qismlar ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Tog‘-kon korxonalari karer texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazini tashkil etish hamda dizel-generator qurilmalari bo‘yicha hamkorlik qilishga ham e’tibor qaratildi.
«Wabtec» lokomotivlar, temir yo‘l texnikasi, raqamli va servis yechimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham loyihalarni amalga oshirmoqda.
Iqtisodiyot
Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.
«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.
Iqtisodiyot
Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti
Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).
Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).
Iqtisodiyot
Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi
Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).
Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).
-
Jamiyat5 days ago
Toshkentda xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi
-
Iqtisodiyot2 days ago
O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi
-
Iqtisodiyot18 hours ago
Shavkat Mirziyoyev Shinjon usulida yetishtirilgan paxta dalasini ko‘zdan kechirdi
-
Jamiyat2 days ago
Tadbirkorlar jarimaning 50 foizini to‘lab, qolgan qismidan ozod etilishi mumkin
-
Jamiyat2 days ago
O‘zbekiston do‘konlarida 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi
