Iqtisodiyot
“Qat’iy maqsadimiz – O‘zbekiston buyurtmasini vaqtida yetkazib berish”
Kun.uz bilan gaplashgan Boeing Global prezidentiga ko‘ra, O‘zbekiston bilan faqat samolyot sotish emas, aerokosmik sanoatni rivojlantirish bo‘yicha ham hamkorlik bor. Samolyotlarimizdan g‘ururlanamiz, davlatingiz allaqachon 6 tasini ishlatmoqda. Endi jami 28 ta bo‘ladi va yangi buyurtmani tezroq yetkazib berishimiz kerak, deydi Brendan Nelson.
Mirziyoyev AQShda dunyoga mashhur global kompaniya Boeing prezidenti bilan ko‘risharkan, bu galgi muloqot tarixiy xaridlardan keyin bo‘ldi. O‘zbekiston birdaniga 22 ta samolyotga buyurtma bergan, buni esa AQSh prezidenti Tramp ham olqishladi. Boeing rahbariga ko‘ra, O‘zbekiston bilan muloqot faqat uchoqlar savdosida emas, aerokosmik sanoatda ham.
Sizni Nyu Yorkda ko‘rganimdan xursandman. Boeing’dek katta kompaniyaning prezidentisiz, Mirziyoyev bilan ko‘rishdingiz. Nimalarni gaplashdingiz?
“AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi ajoyib munosabatlar. Kelajak uchun rejalashtirilgan bu ishlar o‘zbek xalqining turmush farovonligini yuksaltiradi. Shu bilan birga, bu, nafaqat turizm, balki aerokosmik sohadir. Bu soha “Uzbekistan Airways”ga o‘zbekistonliklarni, ishbilarmonlarni dunyoga olib chiqish va dunyoni O‘zbekistonga olib kirish imkonini beradi. Biz nafaqat “Uzbekistan Airways” bilan ishlaymiz, balki O‘zbekistonda aerokosmik sanoatni yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilyapmiz.
Shuningdek, prezidentni yangi xalqaro aeroport qurish bo‘yicha ulkan tashabbuslari bilan tabriklayman. Bu, albatta, yaqin kelajakda O‘zbekiston uchun ichki yo‘lovchilar sonini 25 millionga yetkazish maqsadiga erishishga yordam beradi. Prezidentning xalqaro yo‘nalishlarni rivojlantirishga bo‘lgan qat’iyati esa sayyohlarga O‘zbekistonga va O‘zbekiston orqali sayohat qilish imkonini beradi. Shu yilning 17 fevralida imzolangan kelishuv natijasida O‘zbekiston hamkorlikda o‘ziga ishongan mamlakat sifatida aerokosmik soha va o‘z aviakompaniyasining kelajagiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlayapti. Biz esa bu jarayonning muhim bir qismimiz”.
Kompaniyangizning bozordagi o‘rni mustahkam ekanini bilamiz. Yaqin kelajakdagi rejalar qanday?
“Xo‘sh, maqsadimiz – aytgan barcha ishlarimizni bajarishni ta’minlash va biz buni, albatta, qilamiz. Shunday ekan, bizning qat’iy maqsadimiz – eng xavfsiz va yuqori sifatli 787 samolyotlarini o‘z vaqtida yetkazib berishdir.
Yangi buyurtma 14 ta 787 samolyotini yetkazib berish va yana sakkiztasini opsiya tarzda xarid qilishni o‘z ichiga oladi, jami 22 ta samolyot. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi allaqachon oltita 787 samolyotidan g‘urur bilan va juda samarali foydalanmoqda, shunday qilib, aviaparkdagi bunday samolyotlar soni 28 taga yetadi.
Biz samolyotlarimiz bilan faxrlanamiz. O‘zbekiston bilan hamkorlikdan, shuningdek, hozirda yetakchi sinfdagi aviakompaniyaga aylanib
borayotgan va kelajakda shunday bo‘lishi shubhasiz bo‘lgan tuzilmani qo‘llab-quvvatlaymiz”.
So‘zi oxirida Nelson buyurtmalar o‘z vaqtida yetkazilishini bildirdi.
Iqtisodiyot
Shavkat Mirziyoyev Shinjon usulida yetishtirilgan paxta dalasini ko‘zdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘uzor tumanida «Qashqadaryo Jingu» korxonasi tomonidan Shinjon usulida paxta yetishtirilayotgan dalada bo‘ldi.
Davlatimiz rahbariga chigit ekish, g‘o‘zani sug‘orish va parvarishlashda qo‘llanayotgan texnologiyalar haqida ma’lumot berildi. Bu yerda 2,2 ming gektar maydonga chigit plyonka ostiga qo‘sh qatorlab ekilgan, tomchilatib sug‘orish to‘liq joriy qilingan.
Plyonka tuproqdagi namlik va haroratni saqlab, chigitning erta hamda bir tekis unib chiqishiga yordam beradi. Suv va o‘g‘it esa tomchilatib sug‘orish tizimi orqali bevosita g‘o‘za ildiziga yetkaziladi. Natijada suv sarfi 30-40 foizga, o‘g‘it sarfi qariyb 30 foizga kamayadi. Hosil an’anaviy maydonlarga nisbatan 10-15 kun oldin pishib yetiladi.
Prezidentimiz paxtazorda yetishtirilgan hosil va agrotexnik tadbirlarni tashkil etish jarayoni bilan tanishdi. An’anaviy usulda gektaridan 30-35 sentner paxta olinsa, Shinjon texnologiyasida bu ko‘rsatkich 60-70 sentnergacha yetishi mumkin. Korxona dalalarida hosildorlik gektariga 55 sentnerni, yalpi hosil esa 12,3 ming tonnani tashkil etmoqda.
Dala ishlarida agrodronlardan ham foydalanilmoqda. Bu ayrim agrotexnik tadbirlarni tezroq bajarish, yonilg‘i sarfini kamaytirish imkonini bermoqda.
Xitoy sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan «Qashqadaryo Jingu» agroklasteri Koson, Nishon, G‘uzor, Ko‘kdala va Mirishkor tumanlarida jami 18,3 ming gektar maydonda faoliyat yuritadi. Ushbu yerlarning katta qismi ilgari foydalanilmagan cho‘l va qarovsiz maydonlar bo‘lgan. Loyihaga 128 million dollar investitsiya kiritilib, 50 ta ish o‘rni yaratilgan. Eksport hajmi esa 8,5 million dollarni tashkil etadi.
Shu yerda davlatimiz rahbariga viloyat qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham axborot berildi.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Wabtec» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Rafael Santanani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda mamlakatda temir yo‘l infratuzilmasi va tranzit salohiyati rivojlanayotganini hisobga olib, lokomotivlar parkini yangilash va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
AQSh moliya institutlari ishtirokida lokomotivlarni uzoq muddatli servis xizmati bilan birga yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekistonda texnik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, butlovchi qismlar ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Tog‘-kon korxonalari karer texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazini tashkil etish hamda dizel-generator qurilmalari bo‘yicha hamkorlik qilishga ham e’tibor qaratildi.
«Wabtec» lokomotivlar, temir yo‘l texnikasi, raqamli va servis yechimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham loyihalarni amalga oshirmoqda.
Iqtisodiyot
Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.
«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.
Iqtisodiyot
Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti
Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).
Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).
Iqtisodiyot
Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi
Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).
Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).
-
Jamiyat4 days ago
Toshkentda xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi
-
Iqtisodiyot5 days ago
Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi
-
Iqtisodiyot2 days ago
O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi
-
Iqtisodiyot6 hours ago
Shavkat Mirziyoyev Shinjon usulida yetishtirilgan paxta dalasini ko‘zdan kechirdi
-
Jamiyat2 days ago
Tadbirkorlar jarimaning 50 foizini to‘lab, qolgan qismidan ozod etilishi mumkin
-
Jamiyat2 days ago
O‘zbekiston do‘konlarida 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi
