Jamiyat
Netflix Amir Temur haqidagi filmni suratga oldi
Ijodkorlarning so‘zlariga ko‘ra, film buyuk sarkardaning yuksalishi haqidagi epik voqeani tarixiy aniqlik va davr muhitiga alohida e’tibor bilan hikoya qiladi.
Foto: Instagram/tamerlanemovie
Netflix striming platformasi Amir Temurning hayoti va hokimiyat sari yo‘li haqida hikoya qiluvchi «So‘nggi fotihning yuksalishi» nomli filmni suratga olish jarayonini yakunladi.
Ijodkorlarning so‘zlariga ko‘ra, film buyuk sarkardaning yuksalishi haqidagi epik voqeani tarixiy aniqlik va davr muhitiga alohida e’tibor bilan hikoya qiladi.
«Biz mintaqaning eng muhim arboblaridan biri yashab, jang qilgan joyda kino tasvirini jonlantirdik. Bu film uchun bebaho», deyiladi xabarda.
Film rejissyori Jyeykob Shvars, ssenariy muallifi Metyu Grin. Amir Temur rolini Kristian Mortensen, amir Husayn rolini Mahesh Jadu, Amir Temurning rafiqasi O‘ljoy Turkon rolini o‘zbek aktrisasi Yulduz Rajabova ijro etgan.
Filmni suratga olish jarayoni 2022 yil oxirida boshlangan va 2024 yil kuzida yakunlangan. Suratga olish ishlari O‘zbekiston va Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan.
Hozir film post-prodyuserlik bosqichida. Premera 2025 yil yozi oxirida kutilmoqda.
Jamiyat
Marhum inspektor «Jasorat» medali bilan mukofotlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoniga muvofiq, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori, marhum kichik serjant Eshnazarov Hosilbek Beknazar o‘g‘li «Jasorat» medali bilan mukofotlandi.
Farmonda qayd etilishicha, u mamlakatimiz ichki ishlar organlaridagi fidokorona mehnati, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligi va xalq osoyishtaligini ta’minlash, yo‘llarda harakat xavfsizligini mustahkamlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda qoidabuzarliklar profilaktikasini samarali amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari uchun munosib taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 25 fevral kuni soat 21:48 larda Toshkent shahrida xizmat vazifasini bajarayotgan YPX inspektori kichik serjant Hosilbek Eshnazarovni 10-sinf o‘quvchisi — voyaga yetmagan haydovchi boshqaruvidagi «BMW» rusumli avtomashina urib yuborgan edi. Og‘ir tan jarohatlari olgan xodim uch kun davomida shifokorlar nazoratida bo‘lgan, ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kichik serjant Hosilbek Eshnazarov 2022 yildan buyon ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelgan. Uning ortidan ota-onasi, rafiqasi, ikki nafar o‘g‘il va bir nafar qiz farzandi qoldi.
Jamiyat
Toshkentda IIBBning ikki nafar tezkor xodimi pora bilan ushlandi
Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ichki ishlar organlarining ikki nafar mas’ul xodimi tomonidan sodir etilgan noqonuniy xatti-harakatlarga chek qo‘yildi.
Aniqlanishicha, Shayxontohur tumani IIO FMB Jinoyat qidiruv bo‘limi (JQB) katta tezkor vakili Toshkent shahar IIBB JQB katta tezkor vakili bilan o‘zaro jinoiy til biriktirgan. Ular 1982-yilda tug‘ilgan fuqaroning yonidan 3 gramm «gashish» moddasi topilganligi holati bo‘yicha yuritilayotgan tergovga qadar tekshiruv hujjatlari doirasida, gumonlanuvchini jinoiy javobgarlikka tortmaslik evaziga undan 2 200 AQSh dollari miqdorida pora talab qilishgan.
Shayxontohur tumani IIO FMB xodimi mazkur mablag‘dan 1 000 dollarini oldindan olgan, u qolgan 1 200 dollarni o‘z xizmat xonasida qabul qilib olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Tezkor tadbir davomida uning sherigi — shahar IIBB JQB katta tezkor vakili ham protsessual tartibda qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan har ikki xodimga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi (Pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchilarga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilib, hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Jamiyat
O‘zbekiston prezidenti bir guruh xotin-qizlarni mukofotladi
O‘zbekiston prezidentining farmoniga muvofiq, mamlakatimizda mo‘’tabar ayol zotiga ulkan ehtirom ko‘rsatish, davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, shuningdek, o‘zining samarali mehnati, boy bilim va tajribasi bilan yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida faol qatnashib, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida alohida tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgan, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, yoshlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qo‘shayotgan xotin-qizlardan bir guruhi mukofotlandi.
«O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri» faxriy unvoni bilan
Bobomurodova Xosiyat – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Kariyeva Bernara Raximovna – O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya kafedrasi professori
Toshova Moyra Nabiyevna – Buxoro shahridagi «Shayxul Olam» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Buxoro viloyati
Toshpulatova Klara Bekpulatovna – Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining texnik bo‘limi standartlash bo‘yicha yetakchi muhandis-texnologi, Qashqadaryo viloyati
Xalikova Mukaddas Shamaksudovna – O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori
«Do‘stlik» ordeni bilan
Abdrasuliyeva Juzimgul Matekovna – Chimboy tumanidagi «Gujimli» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Aliyeva Zafara Jumabayevna – O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining amaliy san’at ashyolari bo‘yicha eksperti
Axmedjanova Nasiba Muratovna – «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining «O‘ztemiryo‘lmashta’mir» aksiyadorlik jamiyati elektr mashina sexi izolyasiya ustasi
Axmedova Zarifa Nishonovna – Sharof Rashidov tumanidagi «Zomin asali» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati
Bakiyeva Narziniso Mirzoyevna – Bekobod tumanidagi «Boqiyeva Nazira» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati
Berdiyeva Barno Saitnazarovna – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi a’zosi
Bobanazarova Jamila Xolmurodovna – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator
Bryuxovetskaya Nadejda Vasilevna – «Uzbekistan Airways» aksiyadorlik jamiyatining texnologik bo‘limi boshlig‘i
Daminova Muxabbat Jabborovna – Sariosiyo tumanidagi «Orzu Daminzoda» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati
Ziganshina Dinara Ravilevna – Markaziy Osiyo davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasining ilmiy-axborot markazi direktori
Ibragimova Oliya Xojamberdiyevna – «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining 1-Gidrometallurgiya zavodi kran mashinisti, Navoiy viloyati
Karimova Feruza Baxtiyorovna – H.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutining petrologiya laboratoriyasi boshlig‘i
Matviyenko Irina Aleksandrovna – «Nemolchi.uz» ijtimoiy loyihasi rahbari
Muxiddinova Umida Tulkunovna – Ijtimoiy himoya milliy agentligining nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i
Ro‘zmetova Nasiba Sharipovna – Xiva tumanidagi «Qo‘shchi kattabog‘» va «Istiqlol» mahalla fuqarolar yig‘inlari xotin-qizlar faoli, Xorazm viloyati
Ubaydullayeva Nigoraxon Qurvonaliyevna – Quvasoy shahar hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati
Urunbayeva Gulchexraxon Shokirovna – Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining organik dehqonchilik va o‘rmon melioratsiyasi kafedrasi professori, Andijon viloyati
Xamrayeva Muatar Kabildjanovna – Chilonzor tumanidagi «Gavhar» mahalla fuqarolar yig‘inining «Oqila ayollar» harakati rahbari, Toshkent shahri
II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan
Adilova Feruza Saibjanovna – «Tong yulduzi» gazetasi bosh muharriri
Ashirova Gulchexra Olimovna – Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining Xorazm viloyati hududiy bo‘limi direktori
Imamova Dilbar Babaqulovna – Samarqand shahar nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Samarqand viloyati
Karimova Barno Patxullayevna – Toshkent shahridagi «Iffatli kelin» o‘quv markazi ta’sischisi
Raxmanova E’tiborxon Abduraufovna – O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo‘limi bosh mutaxassisi
Turayeva Salixa Dusanovna – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufidagi Guliston tumani axborot-kutubxona markazi direktori, Sirdaryo viloyati
Usmonova Xurinisa Sharapovna – Namangan davlat universitetining o‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori, Namangan viloyati
II darajali «Salomatlik» ordeni bilan
Abdullayeva Nilufar Ismatovna – Shofirkon tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining bosh patronaj hamshirasi, Buxoro viloyati
Qambarova Nigora Fattaxovna – Shahrixon tumanidagi «Shahrixon» oilaviy shifokorlik punkti oilaviy shifokori, Andijon viloyati
Mansurskaya Elvira Sabriyevna – Guliston shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi pediatri, Sirdaryo viloyati
Muxamedova Barno Farxadovna – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari
«Sog‘lom turmush» medali bilan
Boboyeva Yuliya Leonidovna – Namangan viloyati suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining suzish bo‘yicha murabbiysi
Kuanishova Jamila Seylbek kizi – Uchquduq tumanidagi «Qulquduq» oilaviy shifokorlik punkti katta hamshirasi, Navoiy viloyati
Pazilova Muxoyoxon Yakubjonovna – Farg‘ona viloyati «Miss fitness» ayollar sog‘lomlashtirish markazi rahbari
Xalikova Xurshida Narzullayevna – Samarqand viloyati yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining dzyudo bo‘yicha murabbiysi
«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan
Jumayeva Sadbaroy Axatovna – Denov tumani ichki ishlar boshqarmasining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati
Ismoilova Iroda Xotam qizi – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy qism mutaxassisi
«Kelajak bunyodkori» medali bilan
Muksinova Mahliyoxon Azizjon qizi – «Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktorining IT-xizmatlar eksportini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari
Muxtorova Madina In’omjon qizi – Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi talabasi, Jizzax viloyati
«Shuhrat» medali bilan
Abduvohidova Shaxnoza Abduganiyevna – «UZINFOCOM» mas’uliyati cheklangan jamiyatining raqamlashtirish bo‘yicha direktori
Azimova Zarnigor Shuxratovna – Navbahor tumanidagi «Beshrabot» mahalla fuqarolar yig‘inining kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimi, Navoiy viloyati
Atadjanova Yulduzxan Yuldashovna – Nukus ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining fortepiano o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Atayeva Mukaddas Matyakubovna – Urganch shahridagi yakka tartibdagi tadbirkor, gul yetishtiruvchi, Xorazm viloyati
Berdimbetova Gulsara Yesenovna – Qoraqalpog‘iston tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutining kimyo laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Bo‘ranova Aychurak Ravshanbekovna – Qo‘rg‘ontepa tumanidagi «Flowers Anya» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati
Butayeva Zulayxo – Boyovut tumanidagi «Boyovut agropilla» mas’uliyati cheklangan jamiyati pillachisi, Sirdaryo viloyati
Butayeva Inobat Yuldosh qizi – Chiroqchi tumani «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi bosh mutaxassisi, Qashqadaryo viloyati
Vohidova Noyira Rahimovna – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti laboratoriya mudiri
Jo‘rayeva Nilufar Davronovna – Boysun tumanidagi «Dream’s Shahrinaz» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, hunarmand-kashtachi, Surxondaryo viloyati
Zaxidova Nazira Saloxiddinovna – Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi gid-tarjimoni, Samarqand viloyati
Ikramova Tamila Alisherovna – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» ijodiy birlashmasi «Axborot» bosh muharririyati katta muharriri
Kambaridinova Noila Mexrojovna – Toyloq tumani hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Samarqand viloyati
Kudaybergenova Asiya Mirzali qizi – Zangiota tumani «Farobiy» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Toshkent viloyati
Kudratova Malika Mamatmuratovna – O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Do‘stlik tumani bo‘limi boshlig‘i, Jizzax viloyati
Mamadaliyeva Naibaxon Saydaminovna – O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar, davlat tili va ilmiy-tadqiqot masalalari bo‘yicha maslahatchisi
Mamatkulova Gulbaxorxon Axmedovna – Farg‘ona imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumining ishlab chiqarish ta’limi ustasi, Farg‘ona viloyati
Masimova Kunel Ilyasovna – Zarafshon shahridagi 15-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Navoiy viloyati
Muminova Zeboxon Rixsibayevna – Yunusobod tumanidagi «Nova school» nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Toshkent shahri
Normatova Lobarxon Xolmatovna – Rishton tumanidagi «Furqat» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati
Sozikina Yelena Gennadevna – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mutaxassisi
Tashbayeva Gulchexra Karabekovna – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mutaxassisi
Xalbayeva Gulandan Baltabayevna – Qo‘shko‘pir tumani ko‘zi ojizlar kutubxonasi mudiri, Xorazm viloyati
Xunarova Malaxat Xaydarovna – Angren shahridagi «Oydin central service» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
Xuramova Salima Jo‘rayevna – G‘uzor tumanidagi «G‘uzor qorako‘lchilik» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh cho‘poni, Qashqadaryo viloyati
Sharipova Laylo Frunzeyevna – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira
Shermatova Gulsara Tursunbayevna – Toshkent shahar Markaziy maydonlarni obodonlashtirish boshqarmasining ko‘kalamzorlashtiruvchi-gul ekuvchisi
Ergasheva Shaxnoza Agzamovna – Qibray tumanidagi «Po‘lat qadam» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Toshkent viloyati
Esanova Salomat Almardanovna – Qumqo‘rg‘on tumanidagi «Sayhon» oilaviy shifokorlik punkti doyasi, Surxondaryo viloyati
Yunusova E’tiborxon Abduxalilovna – Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Uychi tumani bo‘linmasi rahbari, Namangan viloyati.
Jamiyat
“Faqat Ramazonda ishlaydi” – Yovqochar bozoridan reportaj
Marg‘ilon shahrining Yovqochar mahallasida bir yilda faqat bir oy ishlaydigan bozor bor. U aholi orasida Yovqochar bozori nomi bilan mashhur. E’tiborlisi, bozor faqat Ramazon oyida ishlaydi. Mahalliy aholiga ko‘ra, bozor 50 yildan beri shunday tartibda faoliyat yuritib keladi.
Ëvqochar bozori uchun kimdir uyida shirmoy non yopib chiqargan, yana kimdir go‘shtli non, kimlardir somsa va nisholda. Xullas, u yerdan Ramazon taomlaridan tortib, salqin ichimlik-u kalla-pocha, yopgan non va no‘xat sho‘rva – barcha taomlarni topish mumkin. Bozor, ayniqsa asr namozidan keyin odamlar bilan gavjum bo‘ladi.
Mahalliy aholi iftorik paytigacha bozorni bir aylanib chiqib ketishni odat qilgan. Bozorining fayzi, tarovati boshqacha.
Jamiyat
16:18 Yo‘l o‘rtasidagi janjal voqeasi: ota va o‘g‘ilga hukm o‘qildi
16:18
Yo‘l o‘rtasidagi janjal voqeasi: ota va o‘g‘ilga hukm o‘qildi
Source link
-
Jamiyat5 days ago10:10 “Hovlimizda doim bahor” – angrenlik qulupnaychi
-
Jamiyat5 days ago
55 metrli shokoladli poyezd Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi
-
Jamiyat5 days ago1200 dollarga “prava” olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
-
Iqtisodiyot3 days agoYanvarda tashqi savdo aylanmasi 1,3 mlrd dollarga oshdi
-
Siyosat3 days agoEnergetika vazirligi 1 martdan tabiiy gaz narxi oshishi haqidagi mish-mishlarni rad etadi
-
Jamiyat5 days agoPrezidentga tomorqadan uch marta hosil olish amaliyoti ko‘rsatildi
-
Iqtisodiyot2 days agoTaxiatosh IES davlat ixtiyoriga qaytariladi
-
Dunyodan5 days ago
Turkiya Eronga bostirib kirish niyatida emas: Mudofaa vazirligi
