Connect with us

Jamiyat

«Oltiariqdagi issiq bog‘» – issiqxonada o‘rik yetishtirayotgan eskiarablik bog‘bon hikoyasi

Published

on


Abdulhamid ota Rahimberdiyev 73 yoshda. Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Eskiarab qishlog‘idan. Otaxon o‘rik gulini yaxshi ko‘rgani uchun 6 sotixli issiqxonasiga o‘rik ko‘chatini qadagan. Vodiyda odatda o‘rik Toshkent shahri va vohaga nisbatan kechroq gullaydi, ammo Abdulhamid otaning «issiq bog‘i»da o‘riklar fevral oyidayoq gullay boshlagan. Bog‘bon Kun.uz muxbiri bilan suhbatda issiqxonasi haqida gapirib berdi.

{Yii::t(}

O’tkazib yuborish 6s

O’tkazib yuborish

Oltiariqliklar dehqonchilik hadisini olgan. Bir yilda tomorqadan 3,4 martagacha hosil olishga ulgurishadi. Bahor, rediska, ko‘kat, chesnok hosili bilan boshlanib bodring va uzumga ulanib ketadi. 

Abdulhamid ota oilasi ham asosan tomorqasida ko‘kat, bodring, uzum yetishtirish bilan shug‘ullanadi. 3 yil avval 6 sotix maydonda issiqxona tashkil etib o‘rik ekildi. O‘riklar fevral oyidayoq gulladi. Ayni paytda gulini to‘kdi ham.


Abdulhamid ota Rahimberdiyev

«Issiqxonaga 130 tup o‘rik ko‘chatlari ekilgan. O‘rik gulini yaxshi ko‘raman. Qishdan chiqib ko‘klamda birinchilardan bo‘lib oppoq gullarni ko‘rish uchun ham issiqxonaga atay o‘riklar ekkanmiz. Vodiy sharoitida ayni shu kunlarda bodomlar endi gullashga keldi. Janub viloyatlaridan ko‘ra ancha ilgani hosil beradi bu o‘riklarimiz.

Bizning o‘riklarimiz esa fevral oyidayoq gullab gulini to‘kishga ulgurdi. Qishdan chiqib bahorni sog‘inib chiqqan odamlar, yaqinlarimiz, qo‘shnilar bularni tomosha qilib bahri dili ochilyapti.

O‘rik gulini boshqalardan erta ko‘rish uchun ham issiqxona tashkil qilib, ularga atay o‘rik ekkan edik. Mana endi ko‘zlarimiz quvnab o‘tiribmiz.

Eskiarabliklar juda mirishkor xalq. Har yili uzum, bodringdan yaxshigina daromad olamiz. Chesnoklarni sotib bo‘ldik.

Endi navbat pomidor ko‘chatlariga. Pomidor ko‘chatlarni sotib bo‘lib bodring, ko‘katlarga o‘tamiz. Bir so‘z bilan aytganda tinmaymiz.

Yerning har bir qarichidan unumli foydalanamiz», – deydi Abdulhamid ota Rahimberdiyev. 

Sarvar Ziyoyev,

Kun.uz

Operator va montajchi – Sardor Mamirov.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

2025 yilda metro yo‘lovchilari soni rekord darajaga yetdi

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda metropoliten orqali jami 286,8 million nafar yo‘lovchi tashilgan.

Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich 2000 yilga nisbatan 161,1 million nafarga yoki qariyb 2,3 barobarga oshgan. 2000 yilda metro orqali 125,7 million yo‘lovchi tashilgan.

Statistikaga ko‘ra, keyingi yillarda metropolitendan foydalanuvchilar soni izchil o‘sib bormoqda. Xususan, 2022 yilda 136,7 million, 2023 yilda 172 million, 2024 yilda 270,3 million yo‘lovchi metro xizmatlaridan foydalangan.

2020 yilda pandemiya sababli metro yo‘lovchilari soni 38,8 milliongacha kamaygan bo‘lsa, keyingi yillarda ushbu ko‘rsatkich keskin o‘sishni boshlagan.

2025 yilda esa metropoliten orqali tashilgan yo‘lovchilar soni 286,8 million nafarga yetib, kuzatuvlar davomidagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda “Gelik”ni katta tezlikda boshqargan haydovchiga chora ko‘rildi

Published

on


Poytaxt ko‘chalarida haydovchi mashinasini soatiga 200 kmdan ham ortiqroq tezlikda haydagan. Qoidabuzarlik holati tasvirga olinib, uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga ham joylangan.

Poytaxt YHXB holat yuzasidan tezkor o‘rganish o‘tkazgan. Mashina topilib, haydovchining shaxsiga aniqlik kiritilgan. Ma’lum bo‘lishicha, holat 9 martga o‘tar kechasi Sergeli tumani hududida sodir bo‘lgan. 

Mercedes-Benz mashinasiga “migalka” qo‘yib, yuqori tezlikda harakatlangani uchun haydovchiga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Mashina esa vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Idora e’lon qilgan videoda haydovchi qilgan xatti-harakati uchun uzr so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda BMW haydagan maktab o‘quvchisi yo‘l-patrul xodimini urib ketgan va hodisa oqibatida xodim vafot etgandi. Shundan so‘ng O‘zbekiston bo‘ylab keng ko‘lamli reydlar boshlandi. 

Xususan, 26 fevraldan 3 martgacha ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l bezoriligi aks etgan jami 107 ta videolavha aniqlangan. Bu videolar asosida 66 nafar haydovchiga nisbatan bayonnomalar rasmiylashtirilib, 62 ta avtomobil jarima maydoniga joylashtirilgan.




Source link

Continue Reading

Jamiyat

Rulda kamar taqmagan Sardor Mamadaliyev jarimaga tortildi

Published

on


Xonanda mashina boshqaruvi paytida xavfsizlik kamarini taqmagan. U asabiy holatda bo‘lgani uchun buni unutib qo‘yganini aytgan.

Sardor Mamadaliyev jarima to‘laydigan bo‘ldi. U xavfsizlik kamarini taqmagan holda mashina boshqargan.

Xonanda biroz asabiy holatda bo‘lgani uchun xavfsizlik kamarini taqishni unutib qo‘yganini aytgan.

“Sherali Jo‘rayevning qo‘shig‘ini aytib, sudlarga kirib-chiqib yurganimizda ozgina asabiylashib, remen taqish ham esimdan chiqib qolibdi. O‘zi remen taqmasdan yurmayman, qonunlarni hurmat qilaman. Endi jahl chiqqanda ham remen taqamiz”, degan Sardor Mamadaliyev. 

Yo‘l harakati qoidalariga amal qilmagani uchun xonandaga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. 

Amaldagi tartibga ko‘ra, xavfsizlik kamarini taqmasdan mashina boshqarish bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi (hozirda 206 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Faqat belgilangan kasalliklarga ega va tibbiy ma’lumotnomasi mavjud fuqarolarga xavfsizlik kamaridan foydalanmaslikka ruxsat beriladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Farg‘onada noqonuniy ravishda olib chiqilmoqchi bo‘lgan oltin musodara qilindi

Published

on


Farg‘ona viloyatida 2 milliard so‘mdan ortiq qiymatga ega bo‘lgan oltin quymalarini mamlakat hududidan noqonuniy ravishda olib chiqishga urinish fosh etildi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda bojxona idoralari xodimlari hamkorligida tovar-moddiy boyliklarning mamlakat hududidan noqonuniy olib chiqilishiga qarshi qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Farg‘ona tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtotransport vositasi Qirg‘izistonga chiqish maqsadida “Vodil-avto” chegara bojxona postiga kirib kelgan vaqtida tekshiruvdan o‘tkazildi.

Tekshiruv jarayonida avtomashina kuzov qismining ichiga yashirilgan 4 dona nostandart shakldagi oltin quymalar aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu oltin quymalarning sof og‘irligi 1 kilogramm 232 grammni tashkil etib, ularning umumiy qiymati 2 milliard 182 million 466 ming so‘mga teng ekani ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 182-moddasi (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar fuqarolardan bu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelgan taqdirda Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishni so‘raydi. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Navoiyda sirena o‘rnatgan haydovchi harakatlariga chek qo‘yildi

Published

on


Navoiy shahrida «Xavfsiz va sog‘lom yurt» tezkor profilaktik tadbirlari doirasida o‘tkazilgan reyd vaqtida yo‘l harakati qoidalarini qasddan buzish holati aniqlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Navoiy viloyat IIB axborot xizmati rahbari Fayozjon Qosimov ma’lum qildi.

Reyd davomida «Lasetti» rusumli avtomobil haydovchisi o‘zboshimchalik bilan transport vositasiga sirena moslamasini o‘rnatib, harakatlanib yurgan. YHXX inspektorlari tomonidan haydovchining harakati darhol to‘xtatilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 127-moddasiga asosan, bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Tekshiruv jarayonida sirena moslamasini haydovchiga yaqin tanishi noqonuniy ravishda o‘rnatib bergani ma’lum bo‘ldi. U «do‘sti so‘ragani uchun yordam qilgani»ni, sirena o‘rnatish qonun bilan cheklanganini esa bilmaganini bildirgan. Haydovchi va unga xizmat ko‘rsatgan shaxs IIB binosiga chaqirilib, qoidabuzarlar bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.

– Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan ikki shaxsga ham qonun talablari tushuntirildi, bu kabi harakatlar yo‘l harakati xavfsizligiga jiddiy tahdid solishi va og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligi qat’iy uqtirildi. Shu bilan birga, qayta qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ymasliklari qat’iy tarzda eslatib o‘tildi, – dedi Fayozjon Qosimov.

Navoiy viloyat IIB aholini qonunga rioya qilishga, transport vositalariga noqonuniy moslamalar o‘rnatmaslikka hamda YHXX inspektorlari talablariga qat’iy amal qilishga chaqiradi. Reyd tadbirlari esa jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida davom ettiriladi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.