Jamiyat

8 sotix yerni 130 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Published

on


Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida yer sotish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Foto: Jizzax viloyati IIB

Jizzax shahrida yashovchi X.N. fuqaro S.I.ga Sharof Rashidov tumanidagi tegishli hujjatlari bo‘lmagan 8 sotix bo‘sh yerni uning nomiga o‘tkazib berish va shahar kadastrlar palatasidagi tanishlari orqali kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

Buning evaziga 130 mln so‘m olgan vaqtida qo‘lga olindi. Hozirda X.N.ga nisbatan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Sharof Rashidov tumanida yashovchi H.A. davlat zaxirasidagi 0,6 gektar yer maydonini Jizzax shahrida yashovchi E.Z.ga 48 mln so‘mga sotgan vaqti ushlandi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version