Jamiyat
8 bosh lochinni noqonuniy olib chiqishga uringan shaxslar ushlandi
Bojxonachilar Bo‘stonliqda tabiat qo‘ynidan 8 bosh lochinni ovlab, respublikadan noqonuniy olib chiqishga uringan shaxslarni to‘xtatib qoldi.
Foto: Bojxona qo‘mitasi
Noqonuniy ravishda olib o‘tishda atrofdagilarga sezdirmaslik uchun qushlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lingan – qushlarning ko‘z va oyoqlari bog‘lab qo‘yilgan, qanotlari esa skotchlangan, shuningdek tor hajmdagi sumkaga zichlab joylangan.
Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi mutaxassislarining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu lochinlar O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Hozirda qushlar Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.