Jamiyat

7 ta do‘kon zarar ko‘rdi

Published

on


Navoiy viloyati Zarafshon shahrida joylashgan oziq-ovqat va savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar qayd etilmadi, yong‘in sababi va yetkazilgan zarar aniqlanmoqda.

Foto: Navoiy viloyati FVB

Bugun, 22 yanvar kuni soat 04:04 da 112 tizimi orqali Navoiy viloyati FVBga Zarafshon shahar 6-kichik tuman Amir Temur ko‘chasida joylashgan oziq-ovqat hamda savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, 3 ta qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 04:07 da yetib borib, yong‘in oqibatlarini bartaraf etish ishlariga kirishgan. Yong‘in soat 04:37 da to‘liq o‘chirilgan.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in oqibatida 3 ta savdo do‘koni to‘liq zararlangan, yana 4 ta savdo do‘koni qisman zararlangan. Hodisa oqibatida tan-jarohati olgan fuqarolar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Hozirda yong‘in sababi hamda yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version