Jamiyat

6 ta nomdagi tog‘ tizimalari, tog‘ va cho‘qqilar qayta nomlanyapti

Published

on


Ekologiya vazirligi tasarrufida bo‘lgan 121 ta geografik ob’yekt nomlarini davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirish rejalashtirilyapti. Shundan 6 tasiga yangi nom beriladi.

Qayd etilishicha, bu orqali tarixiy, madaniy va ilmiy asosga ega bo‘lgan nomlar saqlanadi va to‘g‘ri qo‘llaniladi. Loyihaga ko‘ra, mavjud ob’yektlar nomlari aniqlashtirilib, yangi nomlar beriladi va rasmiy hujjatlar, xaritalar hamda ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Hududlarda maxsus ishchi guruhlar tashkil etilib, tog‘lar va tabiiy ob’yektlar xatlovdan o‘tkaziladi.

Nomlari yangilanayotgan o‘yektlar quyidagilar:


Ohangaron tumani Chotqol tog‘ tizmasining sharqiy qismida, Kattasoy va Chiltonsoy daryolari yuqorisida joylashgan «Pioner» cho‘qqisi – «Yangiobod»;
Bo‘stonliq tumani Piskom tog‘ tizmasida joylashgan «Pingvin» cho‘qqisi – «Temirtosh»;
Ohangaron tumani Chotqol tog‘ tizmasida joylashgan «Anna77» cho‘qqisi –  «Egar»;
Bo‘stonliq tumani Piskom tog‘ tizmasining markaziy qismida joylashgan «Adelunga» cho‘qqisi – «Piskom»;
Qo‘shrabot tumani Nurota tog‘ining janubida joylashgan «G‘aybot» tog‘ tizmasi –«G‘oyibota»;
Nurobod tumani Zarafshon tog‘ tizmasining janubiy-g‘arbiy qismida joylashgan « Chalduxtaran» tog‘i – «Qirqqiz».



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version