Jamiyat

5,6 mm kalibrli patronlar aniqlandi

Published

on


Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi va ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘qotar qurollar hamda o‘q-dorilarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Konimex tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan shaxsga tegishli “Oniks” rusumli avtotransport vositasi ko‘zdan kechirildi. Natijada avtomashina yukxonasidan 500 dona 5,6 mm kalibrli, otish uchun yaroqli patronlar aniqlanib, belgilangan tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu shaxsning yashash xonadonidan ham noqonuniy saqlanayotgan 600 dona 5,6 mm kalibrli patronlar ashyoviy dalil sifatida olindi. Qayd etilishicha, jami 1100 dona patron musodara qilingan.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatma: tegishli litsenziya yoki ruxsatnomasi bo‘lmagan o‘qotar qurol, uning asosiy qismlari va o‘q-dorilarni ixtiyoriy ravishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirgan fuqarolar qonunchilikka muvofiq javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version