Jamiyat
50 nafar pedagogni attestatsiyasidan o‘tkazib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Gumon qilinuvchi 25 ming dollar hamda 30 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.
Foto: Jizzax viloyati IIB
Andijon viloyatining Shahrixon tumanida yashovchi I.A. 50 nafar jizzaxlik pedagogni davlat test markazidagi tanishlari orqali malaka attestatsiyasidan o‘tkazishni va’da qilgan.
Jizzax viloyati IIB xabariga ko‘ra, fuqaro pedagoglardan pul talab qilgan. Gumon qilinuvchi Sharof Rashidov tumanidagi maktablardan birining o‘qituvchisi G.U.dan 25 ming dollar hamda 30 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.
Holat yuzasidan surishtiruv o‘tkazilmoqda.