Jamiyat

3D seysmik-qidiruv ishlari 4 karra ortadi

Published

on


«O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan 2026-yil 1-chorak hamda «Dolzarb 100 kunlik» dasturi doirasida erishilgan natijalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, «Dolzarb 100 kunlik» dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar o‘zining amaliy samarasini berib, geologiya-qidiruv ishlaridan tortib, burg‘ilash, qazib chiqarish, qayta ishlash, investitsiya siyosati va ijtimoiy himoya yo‘nalishlarigacha bo‘lgan barcha bosqichlarda tizimli o‘zgarishlar kuzatilmoqda.

Dastur doirasida, eng avvalo, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va xarajatlarni maqbullashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan:


sarf-xarajatlarni tizimli qisqartirish va optimallashtirish natijasida ushbu chorakda 2,5 trln so‘m;
tovar-moddiy resurslar va xizmatlar narxlarini pasaytirish, debitor qarzdorliklarni undirish hamda ishlab chiqaruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish natijasida 1,8 trln so‘m;
sohaga oid bo‘lmagan aktivlarni tasarrufdan chiqarish orqali saqlash xarajatlaridan 30 mlrd so‘m;
qurilish va burg‘ilash loyihalari qiymatini optimallashtirish hisobiga esa yil boshidan 438 mlrd so‘m tejaldi.

Shuningdek, matbuot anjumanida 2026-yilda geologiya-qidiruv ishlari mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarili aytilib, zamonaviy 3D seysmik tadqiqotlari asosida yangi istiqbolli maydonlar aniqlanib, zahira bazasi kengaytirilishi ta’kidlandi.

«Respublikadagi kon va maydonlarning chuqur geologik tuzilishini o‘rganish hamda izlov burg‘ilashga yangi stukturalar aniqlash maqsadida jami 10 ming kv.km hajmda 3D seysmik ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 4 baravar ko‘p.

Shuningdek, yer qa’ridan samarali foydalanish maqsadida 42 ta investitsiya bloki bo‘yicha ruxsatnomalar olindi. Zamonaviy geofizik uskunalarni jalb etish, seysmik tadqiqotlar sifatini oshirish orqali resurs bazasini kengaytirish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda», – dedi kompaniya  Bosh geologi Nodirbek Muhiddinov.

Ta’kidlanishicha, pudratchilar bilan ilgari tuzilgan shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish natijasida narxlarni 20 foizgacha arzonlashtirishga va loyiha-smeta hujjatlarini takomillashtirish va ishlarni bajarish muddatini 3 oyga qisqartirish hisobiga umumiy hisobda 26,3 mlrd so‘m tejamkorlikka ham erishilgan.

Shu bilan birga, joriy yilda kompaniya tarixidagi eng katta burg‘ilash hajmi amalga oshirilishi rejalashtirilgani ham qayd etildi. Jami 102 ta quduq burg‘ilash ko‘zda tutilgan bo‘lib, shundan 57 tasi izlov-qidiruv, 45 tasi esa ishlatish quduqlaridir.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version