Jamiyat

29 dekabr kuni Yunusoboddagi ayrim mahallalarda elektr ta’minotida vaqtincha uzilish bo‘ladi

Published

on


Yunusobod tumanidagi «Ikarus» podstansiyasidan chiquvchi 10 kVli elektr uzatish tarmog‘ida mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Bu haqda Energetika vazirligi matbuot kotibi Dildora Hoshimova ma’lum qildi.

“Shu sababli Obod mahallasining Yuqori Salar, Bog‘ishamol va Namangan ko‘chalari hamda Oqtepa mahallasining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 15:00 gacha elektr ta’minotida vaqtincha uzilish bo‘ladi”, deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version