Jamiyat
2,5 mlndan 1 mlrd so‘mgacha – 100 ga yaqin olimpiadachi o‘quvchilar pul mukofoti bilan taqdirlandi
O‘tgan o‘quv yili davomida xalqaro fan olimpiadalarida faol ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan 83 nafar bola va ularning 107 nafar ustozi pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular O‘zbekistonga jami 210 ta medalni hadya qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, g‘oliblarni munosib taqdirlash uchun davlat budjetidan 12,4 mlrd so‘m pul ajratilgan.
{Yii::t(}
O’tkazib yuborish 6s
O’tkazib yuborish
2025 yilda o‘zbekistonlik o‘quvchilar 29 ta xalqaro olimpiadadan jami 210 ta medal: 40 ta oltin, 78 ta kumush, 92 ta bronza medal qo‘lga kiritdi. Ular qatorida dunyoning eng nufuzli fan olimpiadalari tarixida yangi natija qayd etilgani e’tiborga arzirli.
15 dekabr kuni Toshkentda 83 nafar g‘olib olimpiadachi va ularning 107 nafar ustozi pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Mukofotlanganlar orasida 1 mlrd so‘mdan ko‘prog‘iga loyiq ko‘rilganlari ham bor.
Taqdirlash marosimida eng nufuzli xalqaro olimpiadalardagi medallar uchun:
oltin medalga – 1 mlrd 30 mln so‘m, o‘qituvchisiga – 185,4 mln so‘m;
kumush medalga – 618 mln so‘m, o‘qituvchisiga – 103 mln so‘m;
bronza medalga – 412 mln so‘m, o‘qituvchisiga – 61,8 mln so‘m
Xalqaro olimpiadalardagi medallar uchun:
oltin medalga – 61,8 mln so‘m, o‘qituvchisiga – 20,6 mln so‘m;
kumush medalga – 41,2 mln so‘m, o‘qituvchisiga – 14,42 mln so‘m;
bronza medalga – 20,6 mln so‘m, o‘qituvchisiga – 12,36 mln so‘m
Mintaqaviy xalqaro olimpiadalardagi medallar uchun:
oltin medalga – 4,944 mln so‘m, o‘qituvchisiga – 20,6 mln so‘m;
kumush medalga – 3,296 mln so‘m, o‘qituvchisiga – 14,42 mln so‘m;
bronza medalga – 2,472 mln so‘m, o‘qituvchisiga – 12,36 mln so‘m berildi.
Ma’lumot uchun, joriy yilda xalqaro fan olimpidalari g‘oliblari va ularning ustozlarini munosib taqdirlash uchun davlat budjetidan jami 12 mlrd 424 mln so‘mga yaqin mablag‘ ajratilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘quvchisi mintaqaviy xalqaro olimpiada hamda asosiy olimpiadaning respublika bosqichi g‘olibi bo‘lsa, o‘qituvchi maoshiga 100 foiz har oylik ustama berilishi kerak.
Fan olimpiadalaridagi natijalar haqida
Bu yil BAAdagi xalqaro kimyo olimpiadasida 2 ta oltin, Boliviyadagi xalqaro informatika olimpiadasida birinchi kumush, Avstraliyadagi xalqaro matematika olimpiadasida 4 ta kumush, 1 ta bronza, Parij shahridagi xalqaro fizika olimpiadasida esa 2 ta bronza medallari olingan.
Qolaversa, qizlar ilk marta Yevropa qizlar matematika olimpiadalarida qatnashib, 3 ta: shundan 1 tasi kumush, 2 tasi bronza, yana boshqa xalqaro olimpiadalardan ham 13 ta medal olingan.
Xususan:
Iordaniyada 62 ta davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro ingliz tili olimpiadasida 7 ta kumush (3 ta kubok);
Tailandda 50 ta davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro geografiya olimpiadasida 2 ta bronza;
Boku shahrida 42 ta davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro iqtisod olimpiadasida 1 ta kumush, 1 ta bronza, shuningdek, 14 ta mintaqaviy olimpiadada umumiy hisobda 138 ta (27 ta oltin, 41 ta kumush, 70 ta bronza) medal qo‘lga kiritilgan.