Jamiyat

25 may kuni davlat tashkilot va idoralari xodimlarining xizmat avtomashinalaridan foydalanishi taqiqlanadi

Published

on


Ertaga, 25 may kuni “Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umumilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoniga muvofiq, respublikaning barcha hududlarida “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi.

Farmon bilan, 2026 yilning 1 may kunidan boshlab har oyning 10 va 25-sanalarida “Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkazib borilishi belgilangan.

Hujjatga ko‘ra, davlat tashkilotlari va idoralari xodimlari tomonidan aksiya o‘tkaziladigan kunlarda xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi va ushbu sanalar ish kunlariga to‘g‘ri kelganda haydovchilarning ish haqi saqlab qolinadi.

Aksiyani yuqori saviyada tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Maxsus komissiyaning tegishli bayoni qabul qilindi. Unga muvofiq davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan “Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyasi doirasida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish mazkur xodimlar tomonidan odob-axloq (etika) qoidalarining buzilishiga tenglashtirildi. Belgilangan talablarga rioya etmaslik davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga ular rahbarlik qilayotgan tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan davlat fuqarolik xizmatchilarini intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.

Ekoqo‘mita barcha davlat tashkilotlari xodimlari va fuqarolardan ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlash va unda faol ishtirok etish, atrof-muhit musaffoligini ta’minlash va yurtimizda sog‘lom ekologik muhitni shakllantirishga munosib hissa qo‘shishni so‘ramoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version