Iqtisodiyot

2,4 mlrd dollarlik aktivlarga ega Milliy investitsiya jamg‘armasi IPO o‘tkazishini e’lon qildi

Published

on


O‘zbekistonda transport, energetika, kommunal va telekommunikatsiya xizmatlari kabi sohalardagi 13 ta yirik davlat kompaniyasi ulushlarini qisman o‘zida jamlagan Milliy investitsiya jamg‘armasi Toshkent va London fond birjalarida IPO o‘tkazishini e’lon qildi.

Foto: Milliy investitsiya jamg‘armasi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” AJ Toshkent va London fond birjalarida aksiyalarning dastlabki joylashtiruvi kutilayotgani haqida e’lon berdi.

Kun.uz’ga taqdim etilgan press-relizda aytilishicha, kompaniya portfelidagi ulushlarning jami sof aktivlar qiymati 2025 yil 31 dekabr holatiga 2,44 mlrd dollarga baholangan.

Jamg‘arma 2024 yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda yagona aksiyadori Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisoblanadi. Vazirlik jamg‘armani AQShning Franklin Templeton kompaniyasiga (dunyo bo‘ylab 1,74 trln dollar qiymatdagi aktivlarni boshqaradi) ishonchli boshqaruvga bergan.

UzNIF portfeli – davlatga qarashli 13 ta kompaniyaning quyidagicha hajmdagi va qiymatdagi minoritar aksiyalaridan iborat:

Qayd etish lozim, prezident qaroriga asosan, UzNIF portfelidagi kompaniyalar 2030 yilga qadar o‘z sof foydasining kamida 50 foizi miqdorida dividend to‘lash majburiyatiga ega.

IPO sanalari va narx parametrlari keyinroq e’lon qilinadi.

IPO uchun obuna cheklangan vaqt davomida ochiq bo‘lishini inobatga olgan holda, chakana investorlar Toshkentdagi taklif doirasida buyurtma berish uchun oldindan O‘zbekistonda brokerlik hisobvaraqlarini ochishi tavsiya etiladi.

Ma’lumot uchun, UzNIF portfelidagi kompaniyalarning quyidagi 6 tasi 2028 yilgacha Franklin Templeton bilan hamkorlikda individual tarzda IPO o‘tkazishi ham ko‘zda tutilgan: Uzbekistan Airways, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari”, “O‘zbektelekom”, “O‘zbekgidroenergo”, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “Hududgazta’minot”.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version