Iqtisodiyot

23 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilishi aniqlandi

Published

on


Raqobat qo‘mitasi davlat xaridlari jarayonlarida qonunbuzilish holatlari aniqlanganini ma’lum qildi. Qo‘mitaga ko‘ra, umumiy qiymati 23 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan tanlov savdolarida «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun talablariga rioya qilinmagan.

O‘rganishlar davomida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan qiymati 9,1 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan 6 ta davlat xaridi tekshirilgan. Tahlillar natijasida savdolarda raqobatni cheklaydigan harakatlar aniqlangan.

Shuningdek, Innovatsion rivojlanish agentligi o‘tkazgan qiymati qariyb 8 milliard so‘mlik 6 ta tanlov savdolarida ham qonun talablari buzilgani ma’lum qilindi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga tegishli qariyb 6,7 milliard so‘mlik 10 ta tanlovda ham raqobat muhitiga salbiy ta’sir qiluvchi holatlar qayd etilgan.

Raqobat qo‘mitasi Maxsus komissiyasi tomonidan buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan. Ularga qonunbuzilishlarni bartaraf etish va bunday holatlarni kelgusida takrorlamaslik bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berilgan.

Shu bilan birga, davlat xaridlari jarayonida mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llash uchun materiallar tegishli sud organlariga yuborilgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version