Jamiyat

22-23 avgust kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Published

on


Mahallalar, aholi punktlari, ko‘cha va yo‘laklarni hamda bolalar maydonchalarini tartibga keltirish, daraxtlarni oqlash va butash ishlari tashkil etiladi. Majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmaydi.

Vazirlar Mahkamasi joriy yilning 22-23 avgust kunlari «Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki» shiori ostida umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish to‘g‘risida farmoyish qabul qildi.

Xayriya hasharini o‘tkazish doirasida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

– mahallalar, aholi punktlari, ko‘p kvartirali turar joylar, hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, ko‘cha va yo‘laklarni hamda bolalar maydonchalarini tartibga keltirish, daraxtlarni oqlash va butash ishlarini tashkil etish;

– ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, ayniqsa, ehtiyojmand, mehr-muruvvatga muhtoj, boquvchisiz qolgan keksa va nogironligi bo‘lgan fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashish;

– obodonlashtirish tadbiri ishtirokchilarini zarur texnika vositalari va anjomlar bilan ta’minlash;

– joylarda obodonlashtirish ishlarini o‘tkazish jarayonida to‘plangan chiqindilarning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa mutasaddi tashkilot tomonidan alohida belgilangan joylarga olib chiqilishini ta’minlash;

– avtomobil yo‘llari, harakatlanish tig‘iz bo‘lgan ko‘chalar, suv obektlari, qirg‘oqbo‘yi hududlari, qurilish maydonlari, bino va inshootlar tomlari, xavfli ishlab chiqarish obektlari, shuningdek, insonlarning hayoti yoki sog‘ligiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda ixtiyoriy tashabbus bilan tadbirlar va boshqa ishlarni amalga oshirish taqiqlanganini qat’iy nazoratga olish.

Ta’kidlanishicha, xayriya hasharini o‘tkazishda aholini boshqa turdagi jamoat ishlari, shu jumladan, qurilish-ta’mirlash va qishloq xo‘jaligi ishlariga majburiy jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Hashar tegishli tashkilotlar hududida obodonlashtirish ishlari mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etgan holda amalga oshirilishi ta’minlanadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version