Jamiyat
2027-yildan 1-sinf darsliklari yangi alifboda chop etiladi
Senatning 19-yalpi majlisida «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish kiritish haqidagi qonun muhokama qilindi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Anvarjonovichning ma’lum qilishicha, qonun kuchga kirgach, 2027-yildan 1-sinf darsliklari yangi alifboda chop etiladi.
Qolgan sinflar darsliklari esa amaldagi yangilanish davriyligi asosida bosqichma-bosqich yangi alifboga o‘tkaziladi. Xususan, 2–4-sinf darsliklari har 3 yilda, 5–11-sinf darsliklari esa har 5 yilda yangilanadi.
Shu tariqa, vazirlik rejasiga ko‘ra, 2027-yildan 2031-yilga qadar barcha maktab darsliklari yangi alifboga to‘liq o‘tkaziladi.
Vazir o‘rinbosari bu jarayon uchun qo‘shimcha mablag‘ talab etilmasligini ta’kidladi. Chunki darsliklar belgilangan muddatlarda baribir rejali ravishda yangilanadi.
Shuningdek, yangi alifboga o‘tish munosabati bilan o‘qituvchilarni tayyorlash ishlari ham boshlangan. 24–28 avgust kunlari maktab ta’limi tizimida o‘quv-seminarlar tashkil etilgan.
Senat raisi Tanzila Narbayeva esa qonun kuchga kirishini kutib o‘tirmasdan, tayyorgarlik ishlarini hozirdan boshlash zarurligini ta’kidladi.