Iqtisodiyot

​​​​​​​2026 yilning I choragida O‘zbekistonda «yashil» energiya ishlab chiqarish 40 foizga oshdi

Published

on


Joriy yilning yanvar-martida O‘zbekistonda 2,36 mlrd kVt/soat «yashil» energiya ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 40 foizga ko‘p.

2026 yil yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda yirik quvvatli quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2 mlrd 368,2 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 678,1 mln kVt/soatga yoki 40 foizga ko‘p.

Jumladan, quyosh fotoelektr stansiyalari 1 mlrd 159,6 mln kVt/soat, shamol elektr stansiyalari esa 1 mlrd 208,6 mln kVt/soat energiya ishlab chiqargan.

Qayd etilishicha, ushbu natijalar hisobiga 631 mln kub metr tabiiy gaz tejalgan va atmosferaga 1,3 mln tonna zararli moddalar chiqishining oldi olingan.

Taqqoslash uchun, 2025 yilning yanvar-mart oylarida quyosh va shamol elektr stansiyalari 1 mlrd 690,1 mln kVt/soat (quyosh — 971,8 mln, shamol — 718,4 mln kVt/soat) elektr energiyasi ishlab chiqargandi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning uch oyida ishlab chiqarilgan «yashil» energiya hajmi o‘rtacha 3,9 mln xonadonning 3 oylik yoki 986 ming xonadonning bir yillik ehtiyojini qoplashga yetadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version