Sport

2026 yildan paralimpiya jamoalarini shakllantirishning yangi tartibi joriy etiladi

Published

on


Prezident qaroriga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan paralimpiya sport turlari bo‘yicha respublika terma jamoalarini shakllantirishda sportchilarning musobaqa natijalari bilan birga sport normativlarini bajarishi ham inobatga olinadi.

Qarorda qayd etilishicha, terma jamoalarni shakllantirishda:

sportchilarning tegishli musobaqalardagi natijalariga qo‘shimcha ravishda sport normativlarini bajargani ham hisobga olinadi;

sport terma jamoalari sport normativlariga muvofiq shakllantiriladigan paralimpiya sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yoki kubogini o‘tkazish majburiy hisoblanmaydi; 

ERP-sport elektron boshqaruv tizimida paralimpiya sport turlari bilan shug‘ullanayotgan sportchilarning natijalari kiritib borilib, normativlarni bajarishi ustidan monitoring qilish uchun zarur texnik imkoniyatlar yaratiladi. 

Shuningdek, hujjatga muvofiq Paralimpiya terma jamoalari markazi tashkil etiladi. Markaz Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Olimpiya shaharchasiga joylashtirilishi belgilangan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version