Iqtisodiyot
2025 yilning 9 oyida hududlardagi soliq tushumlari 27 foizga ko‘paydi
2025 yilning yanvar-sentabr oylarida davlat budjetiga 158,7 trln so‘m soliq tushumlari amalga oshirilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23,8 trln so‘mga (18 foiz) ko‘p. Uchinchi chorakda hududlardagi soliq tushumlari 30 foizga, yil boshidan buyon esa 27 foizga o‘sgan. Hududlar kesimida Navoiy viloyatida soliq to‘lovlari 86 foizga, Farg‘ona viloyatida 39 foizga, Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida esa qariyb uchdan bir qismga ko‘paygan.
O‘zbekistonda yil boshidan beri yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hisobiga soliq tushumlari 27 foizga oshdi, deya xabar berdi Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.
Turli sohalarda raqamlashtirish, EHF, ONKM, raqamli markirovka, K MXIK, elektron yuk xati, jamoatchilikni jalb qilish orqali rag‘batlantirish institutlarining (keshbek) joriy etilishi yashirin iqtisodiyot ulushini 10−20 foizgacha «soya»dan chiqargan.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, korxonalarning rasmiy tovar aylanmasi joriy yilda 42 foiz ga o‘sib, 737 trln so‘mni tashkil etgan. 26,8 ming kompaniyaning aylanmasi ikki barobarga ko‘payib, 189 trln so‘mga yetgan. Shu bilan birga, ilgari aylanmaga ega bo‘lmagan 24,3 ming korxona 93,4 trln so‘mlik operatsiyalarni amalga oshirgan.
2025 yilning 9 oyida davlat budjetiga 158,7 trln so‘m soliq tushumlari ta’minlangan — bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23,8 trln so‘mga (18 foiz) ko‘p. Uchinchi chorakda hududlardagi soliq tushumlari 30 foizga, yil boshidan buyon esa 27 foizga o‘sgan.
Hududlar kesimida Navoiy viloyatida soliq to‘lovlari 86 foizga, Farg‘ona viloyatida 39 foizga, Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida esa qariyb uchdan bir qismga ko‘paygan.
Foyda solig‘i bo‘yicha tushumlar 1,5 barobarga, qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bo‘yicha esa 28 foizga oshgan. Umumiy ovqatlanish sohasida QQS 44 foizga o‘sgan — bu qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xaridini elektron amalga oshirish va QQSni keshbek sifatida qaytarish instituti joriy etilishi bilan izohlanmoqda.
Yil boshidan o‘tgan yili umuman ishchi ko‘rsatmagan 17,8 mingta korxona 96,1 mingta ishchisini hisobotida aks ettirgan. Shuningdek, 14,5 mingta korxonada ishchilari soni 2 va undan ortiq ko‘payib, 255 mingtani tashkil etgan.