Iqtisodiyot

2025 yilda O‘zbekiston 131 ta mamlakatga o‘z mahsulotlarini eksport qildi

Published

on


2025-yilda O‘zbekiston eksporti 33,4 mlrd dollarga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 23 foizga oshdi. 2026-yil uchun prognoz esa 40 mlrd dollarni tashkil etadi (+55 foiz).

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston eksport geografiyasi 131 ta mamlakatni qamrab oldi.

Eksport hajmining o‘sishi, avvalo, yangi yo‘nalishlar hisobiga ta’minlangan. Jumladan, IT-xizmatlar (940 mln dollar), turizm (5 mlrd dollar), shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari va qurilish materiallari (har biri 1,1 mlrd dollardan) eksportning muhim manbalariga aylangan.

«Mazkur yo‘nalishlar eksport tarkibining barqaror kengayishi va diversifikatsiyasini ta’minlamoqda», – deyiladi vazirlik axborotida.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version