Jamiyat

200 dollarlik «xizmat»ning achchiq bahosi: Sirdaryoda xavfli qahvalar to‘xtatildi

Published

on


Sirdaryoda tarkibida «Sibutramin» kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan ozdiruvchi qahvalarni olib o‘tayotgan haydovchi qo‘lga olindi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining «Malik» chegara maskani orqali yurtimizga kirib kelgan fuqaro boshqaruvidagi «Lacetti» avtomobili belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi. Ushbu transport vositasi yuklari orasida nazoratdan yashirilgan, 8 va 10 grammlik paketchalarga qadoqlangan 3 xildagi kofe mahsulotlari topildi.

Surishtiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, haydovchi 2 258 dona mazkur biologik faol qo‘shimchani 200 AQSh dollari evaziga yashirincha olib o‘tishga uringan. Mutasaddi idoraning markaziy laboratoriyasi ekspert xulosasiga ko‘ra, ushbu ichimlik tarkibida «Sibutramin» kuchli ta’sir qiluvchi moddasi mavjudligi tasdiqlandi.


Foto: Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

Eslatma: O‘zbekistonda muomalasi cheklangan mazkur vositaning hattoki yarim grammi ham jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version