Jamiyat

20 ta mikroavtobus yo‘nalishga chiqarildi

Published

on


Yangi transport vositalari tog‘li hududlar aholisiga ham xizmat ko‘rsatadi.

Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida transport infratuzilmasini yaxshilash va turizmni rivojlantirish maqsadida “Chinorkent–Yusufxona–Chimyon–Amirsoy” yo‘nalishida zamonaviy yo‘lovchi tashish tizimi joriy etilmoqda.

Tog‘li yo‘llar sharoitida xavfsizlikni ta’minlash uchun mas’ul tashkilotlar va tajribali tashuvchilar ishtirokida sinov qatnovlari o‘tkazildi. Natijada “Ford” rusumli mikroavtobuslar tanlandi.

Shu asosda “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi “Toshavtobustrans” MChJ tomonidan 20 ta mikroavtobus xarid qilinib, ular O‘zbekistonga olib kelindi.

Yangi transport vositalari tog‘li hududlar aholisiga xizmat ko‘rsatish bilan birga, Chinorkent, Chimyon va Amirsoy kabi sayyohlik maskanlariga qatnaydigan turistik yo‘nalishlarda ham foydalaniladi. Bu ekoturizm salohiyatini oshirish va hududda qulay jamoat transporti xizmatini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version