Mahalliy

2-sentyabrdan barcha maktablarda o‘qish boshlanadi

Published

on


Yurtimiz maktablarida 2025-2026 o‘quv yili 2-sentyabrdan boshlanadi. 

Respublikamiz bo‘ylab barcha umumta’lim maktablarida yangi – 2025-2026-o‘quv yili dars jarayonlari joriy yilning 2 sentyabridan (seshanba kuni) boshlanadi. 

Maktablardagi o‘quv jarayonining birinchi dars soatlarida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Kelajak soati” darslari o‘tkaziladi. 

Shuningdek, joriy yilda birinchi sinfga qabul qilinadigan 738 ming nafardan ortiq o‘quvchiga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” tantanali topshiriladi. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version