Sport

2 nafar o‘zbekistonlik yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Published

on


Gretsiyaning Afina shahrida sport kurashlari bo‘yicha U-17 yosh toifasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Milliy Olimpiya qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur dunyo birinchiligida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi ham ishtirok etayapti.

Quvonarlisi, yunon-rum kurashi bo‘yicha kechgan dastlabki kun bahslaridayoq O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Xususan, -48 kg vaznda kurashgan Bunyod Hasanov va -80 kg vaznda gilamga chiqqan Abdulaziz Xolmirzayev barcha raqiblarini yengib jahon chempioni degan nomga erishdi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version