Jamiyat
2 dekabrdan yangilangan Kichik halqa avtomobil yo‘li foydalanishga topshiriladi
Jamiyat | 11:32
342
1 daqiqa o‘qiladi
Poytaxtda Kichik halqa avtomobil yo‘lini yangilash loyihasi doirasida 15,7 km ikki tomonlama yo‘l to‘liq ta’mirlanib, drenaj tizimi yangilandi va yo‘l bo‘ylab yangi bordyurlar o‘rnatildi. Yangilangan yo‘l 2 dekabrdan foydalanishga topshirildi.
Foto: Videodan kadr
Ma’lumotlarga ko‘ra, loyihaning eng muhim qismi sifatida 15,7 km masofadagi ikki tomonlama Kichik halqa avtomobil yo‘li to‘liq ta’mirdan chiqarildi.
Asosiy ishlar doirasida:
yo‘lga yuqori sifatli va mustahkam PShMA asfalt qatlami yotqizildi — 15,7 km;
18 750 metr masofada drenaj tizimi to‘liq yangilandi;
yo‘l bo‘ylab 39 045 metr yangi bordyurlar o‘rnatildi.
Hozirda Uchtepa tumanidagi bir tomonlama yo‘lning 2,5 km (umumiy 5 km) qismida ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Yangilangan asosiy uchastka esa 2 dekabrdan foydalanishga topshiriladi.