Jamiyat
16 mln so‘mni qo‘lga kiritgan shaxs aniqlandi
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida avtomaktab rahbari fuqarolarning ishonchiga kirib, haydovchilik guvohnomasini tayyorlab berishni va’da qilgan holda 16 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlandi. Mablag‘ning bir qismi qaytarilgan.
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning G‘ijduvon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.A.” MChJ avtomaktabi rahbari fuqarolar D.R. va S.R.ning ishonchiga kirgani ma’lum bo‘ldi.
U, ularning farzandlariga “V, S” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘qiganligi to‘g‘risida imtihon varaqasi va guvohnoma tayyorlab berishi evaziga 16 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Qayd etilishicha, mazkur mablag‘ning 6 mln so‘m qismi qaytarilgani protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.