Jamiyat

1200 dollarga “prava” olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Published

on


Yakkabog‘ tumanida 1200 AQSh dollari evaziga haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilgan fuqaro ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.M. qo‘lga olindi.

Ma’lum qilinishicha, muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan ushbu shaxs fuqaro Sh.B.ga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan. 

U haydovchilik o‘quv kursini tamomlaganligi to‘g‘risida hujjat tayyorlab berish orqali guvohnoma olib berishi evaziga 1200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version