Sport

10 nafar o‘zbekistonlik bokschi finalda

Published

on


Tailandda boks bo‘yicha o‘tayotgan U19 yosh toifasidagi Osiyo chempionati bahslarida yarim final bellashuvlari o‘tkazildi. Quvonarlisi, unda qizlar terma jamoamizning 4 nafari, yigitlarimizdan esa 6 nafari final bosqichiga yo‘l oldi.

Shuningdek, bugungi janglardan so‘ng Abdurahmon Mahmudjonov, Maftuna Yangiyeva hamda Ruxshona Parpiyeva o‘z vazn toifalarida bronza medali bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval O‘zbekiston U22 terma jamoasining 14 nafar a’zosi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

Final bellashuvlari 10-11 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version