Jamiyat

10-iyuldan subsidiya uchun arizalar qabul qilish boshlanadi

Published

on


10-iyuldan boshlab ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun arizalar qabul qilinadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi. 

Arizalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali topshirish mumkin.

Talablar:

– Kamida 30 ball (ijtimoiy mezonlar asosida);

– O‘rtacha daromad (oyiga) hududlarda: 3 118 500 – 9 240 000 so‘m; Toshkentda: 3 118 500 – 10 626 000 so‘m.

Ariza beruvchi va turmush o‘rtog‘i nomida uy-joy bo‘lmasligi lozim.

Ijtimoiy himoyaga muhtojlar uchun alohida mezonlar mavjud.

Eslatma: Subsidiya olish uchun ariza beruvchining ijtimoiy mezonlar asosida kamida 30 ball to‘plagan bo‘lishi lozim. 

 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version