Jamiyat

1 martdan nizosiz talablarni undirishda notarial mexanizm ishga tushadi

Published

on


2026 yil 1 martdan qonunchilikka muvofiq, BHMning 1 000 baravarigacha bo‘lgan ayrim nizosiz talablar bo‘yicha notariuslar tomonidan ijro xatlari yozish tartibi joriy etiladi. Bu mexanizm ayrim qarzdorliklarni sudga murojaat qilmasdan undirish imkonini beradi.

Qonunchilikda belgilangan yangi tartibga ko‘ra, belgilangan mezonlarga javob beradigan nizosiz (ya’ni taraflar o‘rtasida bahs mavjud emas deb hisoblanadigan) talablar yuzasidan notarius ijro xati rasmiylashtirishi mumkin. Ijro xati esa belgilangan tartibda ijro ishlarini qo‘zg‘atish uchun asos bo‘ladi.

Yangi tartib doirasida notarial ijro xati yozilishi mumkin bo‘lgan talablar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

notarial tasdiqlangan bitimlarga asoslangan talablar;

yozma va notarial tasdiqlangan bitim mavjud bo‘lgan taqdirda, qarzdorning majburiyatlari bajarilishini ta’minlovchi ko‘char mol-mulkka undiruv qaratish to‘g‘risidagi talablar;

ijara to‘lovlari, ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlarining majburiy badal va to‘lovlari, shuningdek kommunal va aloqa xizmatlari bo‘yicha qarzdorlikni undirish haqidagi talablar.

Ma’lum qilinishicha, mazkur mexanizmning asosiy maqsadi — amalda tez-tez uchraydigan ayrim qarzdorliklarning undiruvini soddalashtirish, ortiqcha vaqt va xarajatlarni kamaytirish, shu bilan birga hisob-kitoblar intizomini mustahkamlashdan iborat.

Yangi tartib BHMning 1 000 baravarigacha bo‘lgan talablarga nisbatan qo‘llanilishi belgilangan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version