Jamiyat
1 kilogramm osh tayyorlash qaysi viloyatda qanchaga tushadi?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bir kilogramm palovning hududlar kesimida hisoblangan qiymatlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi (2025 yil oktyabr oyi uchun):
Qoraqalpog‘iston R. – 100 196 so‘m
Andijon viloyati – 107 407 so‘m
Buxoro viloyati – 110 043 so‘m
Jizzax viloyati – 111 628 so‘m
Qashqadaryo viloyati – 113 693 so‘m
Navoiy viloyati – 111 410 so‘m
Namangan viloyati – 111 027 so‘m
Samarqand viloyati – 114 836 so‘m
Surxondaryo viloyati – 113 704 so‘m
Sirdaryo viloyati – 106 834 so‘m
Toshkent viloyati – 115 130 so‘m
Farg‘ona viloyati – 117 746 so‘m
Xorazm viloyati – 108 758 so‘m
Toshkent shahri – 119 423 so‘m
Bir kilogramm palov uchun kerakli mahsulotlar:
kungaboqar yog‘i — 0,3 l
piyoz — 300 gr
mol go‘shti — 700 gr
sabzi — 1 kg
guruch — 1 kg
no‘xat — 100 gr
zira — 10 gr
osh tuzi — 20 gr
Eslatma: yuqoridagi raqamlar hududlarda sotilayotgan bir kilogramm palovning narxiga to‘g‘ri kelmaydi. Ularda palov tayyorlash va boshqa xizmatlar haqi ham qo‘shib hisoblanadi.