Connect with us

Jamiyat

Toshkent va Surxondaryoda advokatlar qo‘lga olindi

Published

on


Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik firmasi advokati qo‘lga olindi.

U Toshkent viloyati Pskent tumanida yashovchi fuqaroga nisbatan Yashnobod tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168- va 211-moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishida unga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasini o‘zgartirib berganligini aytib va ishni sud organlarida ishlovchi tanishlari orqali ijobiy hal etib, unga yengillik qilib berish evaziga 3700 AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda advokatga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Advokatlar bilan bog‘liq noqonuniy holat Surxondaryo viloyatida ham qayd etildi.

Jumladan, Davlat xavfsizlik xizmati hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Denov tumanida faoliyat yurituvchi advokatlik firmasi advokati noqonuniy ravishda fuqarodan 60 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, advokat o‘zining sud tizimidagi tanishlari orqali JIB Denov tuman sudida ko‘rib chiqilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchiga nisbatan yengil turdagi jazo tayinlanishida yordam berishni va’da qilgan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Andijonda 4 milliard so‘mga yaqin giyohvandlik vositalari aniqlandi

Published

on


14 kg dan ortiq giyohvandlik vositalari hamda 9 ming 509 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari olindi.

Foto: IIB axborot xizmati

«Xavfsiz va sog‘lom yurt» keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri doirasida Andijon viloyati IIB, DXX Andijon viloyati boshqarmasi hamda Bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 4 milliard so‘mga yaqin bo‘lgan 14 kg dan ortiq giyohvandlik vositalari hamda 9 ming 509 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari olindi.

Shu bilan birga, «Xavfsiz va sog‘lom yurt» keng qamrovli tezkor-profilaktik oyligining dastlabki 15 kunida respublika bo‘yicha uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishida 1048 ta jinoyat aniqlanib, 242 kg narkotik moddalarning noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

AQSh Ukrainaga kuchli bosim o‘tkazyapti

Published

on


Vashington Kiyevdan Rossiya tomoni talab qilayotgan hududlarning bir qismini rasman berishga tayyorligini bildirishni so‘rayapti.

Bu haqda Axios nashriga ukrainalik ikki rasmiy ma’lum qilgan.

Manbalarning aytishicha, AQSh Ukrainaga nisbatan bosimni Rossiyaga qaraganda kuchliroq qo‘llamoqda. Ayniqsa, Zelenskiydan aniq hududiy voz kechishlarga rozilik talab qilinyapti. AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va Donald Trampning kuyovi Jared Kushner bilan telefon orqali suhbatda Vashington Kiyevni shunday qarorga undagan.

«Turli yo‘llar bilan bizga Rossiyaning butun Donbassni egallash niyatini qabul qildirishga urinishdi. AQSh tomoni Zelenskiydan shuni suhbatdayoq qabul qilishini istagandek tuyuldi», – deydi manbalardan biri.

8 dekabr kuni ana shu bosim haqida France24 telekanali ham AFP ma’lumotlariga tayanib xabar berdi. Manbaga ko‘ra, AQSh Ukrainaga ayni masalada tezroq bir qarorga kelishni xohlab, bosimni kuchaytirgan. Biroq Ukraina «barcha shartlarni detallashtirmasdan qabul qilib bo‘lmasligini» ma’lum qilgan.

Kuzatuvchilarning fikricha, Tramp ma’muriyati uchun urushni tezda tugatish – geosiyosiy ustuvor maqsad bo‘lib turibdi. Moskva esa Donbass bo‘yicha talablaridan qaytmayapti. Shu sabab AQSh Kiyevni «muzokaraviy yumshoqlikka» chaqirayotgan bo‘lishi mumkin.

Ukraina tomoni esa yirik hududiy voz kechishlarni tayyorgarliksiz qabul qilib bo‘lmasligini ta’kidlamoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Humans ilovasida ruxsatsiz pul yechib olingan. Holatga rasmiy munosabat bildirildi

Published

on


Ijtimoiy tarmoqlarda Humans ilovasiga biriktirilgan bank kartalaridan foydalanuvchilarning ruxsatisiz pullar yechib olingani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.

Markaziy bankning ma’lum qilishicha, «Humans companies» AJ va «Octagram» AJ tashkilotlari o‘rtasida 2025-yil 10-aprelda 32-sonli shartnoma imzolangan bo‘lib, unga muvofiq, Humans agent sifatida o‘z mijozlariga to‘lov xizmatlarini (to‘lov va P2P pul o‘tkazmalari) yetkazib berishni boshlagan.

Kecha, 8-dekabr kuni soat 08:30 atrofida esa Markaziy bankka fuqarolar tomonidan Humans ilovasi orqali mablag‘lar yechib olingani haqida murojaatlar kelib tushgan. Ushbu holat yuzasidan Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida «Octagram» AJ (Paylov – savdo belgisi) bilan bog‘lanib, xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash va ehtimoliy zaifliklarni bartaraf etish maqsadida P2P amaliyotlarini to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

9-dekabr holatiga ko‘ra, Humans mobil ilovasi orqali «Octagram» AJ (Paylov – savdo belgisi) tomonidan olib borilayotgan barcha to‘lov xizmatlari vaqtincha to‘xtatilgan.

Markaziy bank, o‘z navbatida, Uzcard va Humo kartalari orqali amalga oshiriladigan to‘lov va o‘tkazmalar odatiy tartibda ishlayotgani va kartalardan boshqa bank hamda to‘lov tashkilotlari ilovalarida foydalanish imkoniyati ham saqlanib qolganini ma’lum qildi.

«Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tezkor tekshiruv ishlari boshlangan bo‘lib, barcha shubhali tranzaksiyalar, texnik jarayonlar va platformalar o‘rtasidagi amaliy hamkorlik to‘liq o‘rganilmoqda.

Tekshiruv natijalari bo‘yicha qo‘shimcha rasmiy axborot taqdim etiladi.

Yuqoridagi holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga belgilangan tartibda murojaat qilishingiz mumkin», – deyiladi rasmiy axborotda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda 31 yoshli erkak xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida vafot etdi

Published

on


Xususiy klinika shifokorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Klinika faoliyati esa rasman to‘xtatilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bemorning o‘limiga anafilaktik shok sabab bo‘lgan. Marhumning yaqinlari unga narkoz ko‘p berib yuborilganini aytmoqda.

Olmazor tumanidagi xususiy klinikada 31 yoshli erkak burun operatsiyasi vaqtida vafot etdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, erkak joriy yil 12 noyabr kuni burnini operatsiya qildirish uchun xususiy klinikaga borgan. Marhumning yaqinlariga ko‘ra, u nafas olishga qiynalgani uchun burnini operatsiya qildirmoqchi bo‘lgan.

“Qoraqamishda bir klinika bor ekan, dedi. O‘sha kuni kelinim, men va o‘g‘lim birga ketdik. Soat 11:30 da olib kirib ketishdi. Juda unaqa vahimali operatsiya emas, deyishdi. Negadir yuragim siqildi. Soat 14:00 dan oshyapti hamki, jim-jit. Olib kirishgan vaqti joni uzilgan ekan. Biz soat 15:30 larda bildik. O‘z oyog‘i bilan borib shu ahvolga tushib o‘tiribdi bolam”, degan marhumning onasi.

“Men ahamiyat berganimda “operatsionniy” kiyim umuman yo‘q. Qora futbolka va eski shalvarida yotibdi. Yordamchi apparatini ham ko‘rmadim. Yuzlari, qonlari artilmagan. Bir oilaning boshlig‘i ketdi. Ikkita norasida go‘dak qoldi. Bilasizlarmi, dunyoda eng og‘ir narsa nima, bolasining tobutini ko‘tarish. Men buni dushmanimga ham ravo ko‘rmayman”, degan marhumning otasi ko‘zda yosh bilan.

Erkak operatsiyadan oldin analiz topshirgan va shifokorlar jarrohlik amaliyotiga ruxsat berishgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bemorning o‘limiga anafilaktik shok sabab bo‘lgan, yurak noma’lum sababga ko‘ra to‘xtab qolgan. Marhumning yaqinlariga ko‘ra esa unga narkozni ko‘p berib yuborishgan. Ular ushbu klinika faoliyatini davom ettirayotganidan, voqeadan so‘ng shu paytgacha hamdardlik ham bildirmaganidan norozi ekanini aytgan.

Ayni paytda Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergov ishlari olib borilayotgani bildirilgan.

Holat yuzasidan bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, 2025 yil 29 noyabr kuni xususiy klinika shifokorlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, Olmazor tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limining tegishli qaroriga asosan xususiy klinika faoliyati rasman to‘xtatilgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, tergov harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.  



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Andijonda qator tayinlovlar amalga oshirildi

Published

on



Andijonda qator tayinlovlar amalga oshirildi



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.