Connect with us

Iqtisodiyot

Saudiya OPEC yetakchisi sifatida AQSh va Rossiya o‘rtasida qolib ketdi

Published

on


Ar-Riyod Vashington va Moskva tufayli murakkab geosiyosiy vaziyatda qolmoqda: AQSh Rossiya neft kompaniyalariga sanksiya kiritgani ortidan, Rossiya OPEC’dan ishlab chiqarishni kamaytirishni so‘rayapti, Tramp esa 18 noyabr kuni Oq uyda Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan uchrashuvda buning teskarisini talab qilishi kutilyapti.

O‘tgan hafta AQSh Rossiyaning eng yirik neft kompaniyalari – “Rosneft” va “Lukoil”ga sanksiyalar joriy qildi. Bu ikki kompaniya jahon neft ta’minotining taxminan 5 foizini ishlab chiqaradi. AQShning maqsadi – Rossiya budjetiga tushadigan neft daromadlarini qisqartirish va Kremlni Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarga qaytarishdir.

Bu sanksiyalar tufayli 23 oktyabrdan buyon neft narxi 5 foizga oshib, barreliga 66 dollar atrofida savdolar ketyapti. Investorlar sanksiyalar va Rossiyaning mumkin bo‘lgan javob choralaridan qo‘rqmoqda – bu esa global ta’minot zanjirini qisqartirishi mumkin.

Saudiya Arabistoni uchun diplomatik bosim

Bu vaziyat Saudiya uchun murakkab diplomatik muammoga aylandi, deb yozmoqda Reuters. Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti – OPEC’ning yetakchisi sifatida u o‘z strategik manfaatlarini saqlab qolish bilan birga, Rossiya va boshqa yirik ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikni davom ettirishga majbur.

OPEC+ yig‘ilishi va qarama-qarshi manfaatlar

OPEC+ a’zolari 2 noyabr kuni dekabr oyidagi ishlab chiqarish kvotasini belgilash uchun yig‘ilish o‘tkazadi.

Reuters’ning 28 oktyabrdagi xabariga ko‘ra, guruh ishlab chiqarishni birozgina – kuniga 137 ming barrelga oshirishi ehtimolga yaqin, lekin taklifni ko‘paytirish imkoniyati atigi bir nechta davlat, xususan Saudiyada bor.

Apreldan buyon OPEC+ ishlab chiqarish maqsadini 2,7 million barrelga oshirdi, bunga global iqtisodiyotdagi o‘sish va yoqilg‘iga talabning ko‘tarilishi sabab bo‘ldi.

Biroq bu o‘sish ortiqcha ta’minotni keltirib chiqardi. Xalqaro energetika agentligi (IEA) bu muvozanatsizlik kamida yana bir yil davom etishini taxmin qilmoqda.

Rossiya esa OPEC+dan ishlab chiqarishni to‘xtatish yoki kamaytirishni so‘ramoqda, chunki bozorga ortiqcha neft chiqarish uning daromadlarini qisqartiradi.

Ammo Tramp 18 noyabrda Oq uyda Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan uchrashuvda buning teskarisini talab qilishi kutilmoqda.

Tramp energiya narxlarini pasaytirish maqsadida OPEC’ni ko‘p marta ishlab chiqarishni oshirishga chaqirgan. Shu sababli, Saudiyaning hozirgi qarorlari qisman AQSh bosimi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Sanksiyalarning ta’minotga ta’siri noma’lum

Rossiyaning yil boshidan beri ishlab chiqargan 9,2 mln barrel/kun hajmidagi neftining yarmidan ko‘pi “Rosneft” va “Lukoyl”ga qarashli. Rossiya dengiz orqali eksport qiladigan neft hajmi esa 3,5 mln barrel/kun bo‘lib, shundan 47 foizi shu ikki kompaniyaga to‘g‘ri keladi .

Tramp sanksiyalar e’lon qilgach, Hindiston va Xitoydagi yirik xaridorlar AQSh sanksiyalaridan qo‘rqib Rossiya neftini xarid qilishni vaqtincha to‘xtatdi. Ammo bu qisqa muddatda Rossiya ishlab chiqarishi kamayadi degani emas.

Katta ehtimol bilan Rossiya nefti “soyadagi flot” deb ataladigan kemalarda vaqtincha saqlanib, keyinchalik Xitoyning kichik neft zavodlari yoki sanksiyalarga amal qilmaydigan xaridorlarga yetkaziladi.

Reuters hisob-kitobiga ko‘ra, bu jarayon kuniga 1,5 mln barrelga yaqin neftni sanksiyalarga rioya qiluvchi bozordan chiqarib tashlashi mumkin.

Shuningdek, bu bozorning bo‘linishiga, transport xarajatlari va logistika murakkabligining oshishiga olib keladi – natijada umumiy ta’minot kamaymasa ham, narxlarni oshiradi.

Saudiya uchun sinov davri

OPEC+ ittifoqi 2016 yilda tuzilgan edi va hozirda u o‘z tarixidagi eng muhim sinovlardan biriga duch kelyapti.

Saudiya – dunyodagi eng yirik neft eksportchisi – ishlab chiqarishni oshirib, Trampning “narxni past ushlab turish” talabini qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Biroq bu Rossiya bilan ittifoqni zaiflashtiradi va OPEC+ birligiga putur yetkazadi.

Shunday bo‘lsa-da, hatto kichik qarorlar ham Saudiya strategiyasi uchun juda katta oqibatlarga olib kelishi mumkin.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61 mlrd dollardan oshdi

Published

on


Noyabr oyida zaxiralar 1,9 milliard dollarga o‘sdi, yil boshidan esa ular 20 milliard dollarga oshdi. Bu, avvalo, oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.

2025 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61,23 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Noyabr oyida zaxiralar 1,9 milliard dollarga o‘sdi, yil boshidan esa ular 20 milliard dollarga oshdi. Bu, avvalo, oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.

Oltinning fizik hajmi ketma-ket ikkinchi oy oshdi. Noyabrda u 310 ming troya unsiyaga (9,64 tonna) oshib, 12,23 million unsiyaga (380,4 tonna) yetdi.

Oltin zaxiralarining qiymati 3 milliard dollarga oshib, 50,86 milliard dollarga yetdi.

Zaxiralarning valuta qismi esa 1,1 milliard dollarga kamayib, 9,8 milliard dollarni tashkil etdi.

Qimmatli qog‘ozlar hajmi avvalgi oyga nisbatan 503,3 million dollarga ko‘payib, 1,53 milliard dollarni tashkil etdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlashga qariyb 17 trln so‘m sarfladi

Published

on


O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar uchun 10 oyda 16,5 trln so‘m sarflagan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida sog‘liqni saqlash sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 16,5 trln so‘mga yetdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 15,4 % ga oshgan. Jami ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmida ushbu xizmat turining ulushi 2 % ni tashkil etgan.

Hududlar kesimida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi:

Toshkent shahri – 7,7 trln so‘m

Toshkent viloyati – 1,6 trln so‘m

Samarqand viloyati – 1,2 trln so‘m

Farg‘ona viloyati – 1,1 trln so‘m

Namangan viloyati – 747,7 mlrd so‘m

Andijon viloyati – 739 mlrd so‘m

Buxoro viloyati – 640,1 mlrd so‘m

Qashqadaryo viloyati – 612,8 mlrd so‘m

Xorazm viloyati – 557,8 mlrd so‘m

Surxondaryo viloyati – 416,8 mlrd so‘m

Jizzax viloyati – 398,8 mlrd so‘m

Sirdaryo viloyati – 293,1 mlrd so‘m

Qoraqalpog‘iston Resp. – 285,6 mlrd so‘m

Navoiy viloyati – 269 mlrd so‘m. 



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Xitoylik investorlar Jizzaxdagi volfram konini ishga tushirmoqda

Published

on


Qayd etilishicha, Nurota tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu kon O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik obektlardan biri hisoblanadi.

Jizzax viloyatida 2,5 million tonna volfram zaxirasiga ega Qo‘ytosh koni ishga tushish arafasida, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, xitoylik investorlar yil oxirigacha konni tozalash ishlarini tugallaydi. Kelasi yilda esa ruda qazib olish jarayonlari boshlanadi. 

Kon hududida volframni ajratib olish bo‘yicha zamonaviy qayta ishlash zavodi barpo etiladi.

Qayd etilishicha, Nurota tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu kon O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik obektlardan biri hisoblanadi.

Loyihaning birinchi bosqichida 100 nafarga yaqin fuqaro ish bilan ta’minlanadi va yiliga 150 ming tonna ruda qazib olinadi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 61,23 mlrd dollarga yetdi

Published

on


O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari, 1-dekabr holatiga, 61,23 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.

Zaxiralar noyabrda 1,9 mlrd dollarga (+3,2 foiz) o‘sdi, yil boshidan esa 20 mlrd dollarga (+48,7 foiz) oshdi. Bu avvalo oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.

Qolaversa, Markaziy bank sotib olgan qimmatli qog‘ozlar qiymati ham sezilarli darajada oshgan — noyabrda 503 mln dollarga ko‘payib, $1,52 mlrdga yetgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonliklarni Koreyaga ishga jo‘natishga tayyorlaydigan maxsus o‘quv ustaxonalari ochiladi

Published

on


Uch oylik dasturda koreys tili va madaniyati, texnika xavfsizligi, Koreya metodikasi asosida amaliy avtomobil servisi o‘rgatiladi. O‘quvni muvaffaqiyatli tamomlaganlar Koreyaga ishga jo‘natiladi.

Foto: Migratsiya agentligi

Janubiy Koreyaning “KIA Auto” kompaniyasi rahbariyati Migratsiya agentligida bo‘ldi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, 2026 yil boshidan Migratsiya agentligi tomonidan KIA AUTO standartlariga mos maxsus o‘quv ustaxonalari ochiladi. Uch oylik dasturda koreys tili va madaniyati, texnika xavfsizligi, Koreya metodikasi asosida amaliy avtomobil servisi o‘rgatiladi.

O‘quvni muvaffaqiyatli tamomlaganlar E-7 vizasi (malakali ishchi) bilan Koreyaga ishga joylashtiriladi. E-7 vizasining asosiy talabi — koreys tilini TOPIK 1 darajasida bilish.

“Koreya Adliya vazirligi 2025 yildan boshlab avtomobil kuzovini bo‘yash yo‘nalishiga xorijlik mutaxassislarni jalb qilishga ruxsat berdi. Shu vaqtga qadar faqat mahalliy aholi ishlagan. O‘zbekiston ushbu loyihaga birinchi bo‘lib jalb etilmoqda”, deyiladi Migratsiya agentligi xabarida.

KIA Auto — Koreyaning yetakchi avtomobillarga xizmat ko‘rsatish tarmog‘i bo‘lib, mamlakat bo‘ylab 600 ga yaqin servis markazi bor. Yiliga 1 milliondan ortiq avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatadi va malakali kadrlarga ehtiyoj yuqori.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.