Connect with us

Jamiyat

“Qaytib olarkan, nega berdi?” Surxondaryoda nogironligi bor shaxslarga “sovg‘a” deb berilgan uylar tortib olinish arafasida

Published

on


Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidan bir guruh jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar najot izlab Toshkentga kelishdi. 2018 yilda ularga “davlat tomonidan sovg‘a” sifatida berilgan uylar aslida kreditga taqdim qilingani keyinroq ma’lum bo‘lgan. Avvaliga uyning kreditini homiylar qoplab turgan. Bu ham to‘xtagach muammolar boshlangan. “1 mln so‘m pensiya olaman, kredit to‘lovi esa oyiga 2 mln so‘m, buni to‘lay olmasligim aniqku” deydi umid bilan poytaxtdan najot istab kelgan fuqaro.

{Yii::t(}

O’tkazib yuborish 6s

O’tkazib yuborish

Sovg‘a deyilgandi, ammo…

2018 yilda aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash dasturi doirasida ko‘plab oilalar, xususan, nogironligi bor va imkoniyati cheklangan fuqarolar uylar bilan ta’minlangan edi.

Surxondaryoning Qo‘mqo‘rg‘onidan Toshkentga kelgan bir guruh nogironligi bo‘lgan fuqarolarning ishonch bilan aytishicha, bu uylar ularga davlatning tuhfasi bo‘lgan. Ularning xotirlashicha, nafaqat uylar, balki ichidagi gilam va televizorlarni o‘sha paytdagi viloyat hokimi Erkinjon Turdimov “Prezident sovg‘asi” deya shaxsan topshirgan. Bu e’tibor ularga quvonch va yashashga umid bag‘ishlagan edi. Ulardan biri farzandlari uchun nihoyat boshpana topilganidan baxtiyor bo‘lganini eslaydi.

Ammo bu xursandchilik uzoqqa cho‘zilmagan: xonadonlar kredit asosida berilgani va ular endi har oy kredit to‘lashlari aytilgan.

“Uylarimizni ham, ichidagi gilam-televizorlargacha ‘Prezident sovg‘asi’ deb berishgan edi. Ammo hozir bizni qiynashyapti”, — deya ta’kidlaydi Mastura Muhammadiyeva

To‘lab bo‘lmas qarz

Nogironligi sabab ular ishlashga qodir emas, davlat beridagan nafaqa hisobiga kun kechiradi. Shu bois ular nihoyatda og‘ir ahvolga tushib qolganini aytishmoqda. Oylik 2,5-2,7 million so‘mgacha bo‘lgan kredit to‘lovlari ularning imkoniyatidan ancha yuqori. Misol uchun, ba’zi fuqarolar 1 million so‘m nafaqa oladi, bu esa kommunal xarajatlarni qoplagandan so‘ng kredit to‘lovini amalga oshirishni mutlaqo imkonsiz qiladi. Ular uylarning kredit asosida berilishi haqida hech qachon ogohlantirilmaganliklarini va o‘zlari tushunmagan hujjatlarga aldov yo‘li bilan imzo chektirilganini da’vo qilishmoqda.

“Olayotganim atigi 1 million so‘m pensiya. 2 milliondan oshiq pul to‘la , deydi. To‘lamasang, uydan chiqasan, ishla, deydi. Qanday ishlayman?!” — deydi nogironligi bor boshqa vatandosh Alisher Boltayev. Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlab xarajatlar homiylar tomonidan qoplanishi aytilgan.

Endi esa nafaqalarining 50 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushlab qolinmoqda, bu esa ularning tirikchiligini imkonsiz qilgan. Uylarning kadastr hujjatlari kabi mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar bank tomonidan garov sifatida olib qo‘yilgani esa ularning tashvishini yanada oshirgan.

“Toshkentga kelishga majbur bo‘ldik”

Uydan chiqarib yuborilish xavfi ostida qolgan nogironlar turli idoralarga ko‘p marotaba murojaat qilganini, natija bo‘lmagandan keyin, Toshkentga kelishganini bildirishdi. “Boring, hokimingizga ayting. Sizlarga hokimingiz to‘lab beradi, deyishdi”, — deydi nogironlardan biri Baxriddin Almuradov.

“Qochib keldik”

Nogironlarning aytishicha, shikoyatlarini bildirish uchun poytaxtga kelish ham “detektiv” bo‘ldi: mahalliy hokimiyat vakillari ularning safariga to‘sqinlik qilishga uringan, birinchi urinish ichki ishlar xodimlari tomonidan to‘xtatilish bilan kechgan.

“Murojaat qilmaysizlar, masalani o‘zimiz hal qilib beramiz, deyishdi, ammo keyin va’dalarida turishmadi” – deydi Mastura Muhammadiyeva.

Kun.uz vaziyat yuzasidan viloyat hokimligi bilan bog‘lanib, izoh olishga urindi.

Qumqo‘rg‘on tuman hokimiyati matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2018 yilda Bog‘aro-2 massivida 25 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ikki sotixli namunaviy uy-joylar ajratilgan. Mazkur fuqarolarga berilgan uy-joylarning umumiy narxi 4 milliard 128 million so‘m bo‘lib, shundan ipoteka kreditlarining boshlang‘ich badallari uchun jami 413,0 million so‘m mablag‘ tuman hokimligi tashabbusi bilan homiylar tomonidan to‘lab berilgan.

“Bugungi kungacha ushbu ipoteka kreditlari bo‘yicha oylik to‘lov jadvaliga asosan umumiy hisobda 1 milliard 884 million so‘m mablag‘ homiylar hisobidan to‘langan. Hozirda 25 nafar fuqarodan 1 nafari olingan kredit qarzdorlikni to‘liq yopgan va qolgan 24 nafar fuqarolarning jami 918,2 million so‘m oylik grafik qarzdorligi mavjud. Ushbu qarzdorligi bor shaxslarga kreditni yopishga yordam sifatida tuman hokimligi tomonidan yordam berilyapti, ularning oilasida ishga yaroqli bo‘lganlar kasbga yo‘naltirilgan, ayollarga tikuv mashinalari berilgan. Ko‘ngillilar topilmayotgani hisobiga nogironlarga berilgan uy-joylarni homiylik mablag‘lari asosida to‘lashga ko‘maklashish ishlari ayni vaqtda to‘xtab turibdi”, – deydi viloyat hokimligi matbuot kotibi Murodbek Davlatov

Shokir Sharipov



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Toshkentda narkokuryyerlik bilan shug‘ullanib kelgan ikki talaba ozodlikdan mahrum etildi

Published

on


Ma’lum bo‘lishicha, ular sintetik giyohvandlik moddalarini tanishi tashlab bergan geolokatsiyalardan olib, universitet yotoqxonasida dozalarga qadoqlab, aytilgan lokatsiyalarga yuborishgan.

Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ikki nafar talaba xolislar ishtirokida tekshirilganda,yonidan 120 gr Alfa PVP sintetik giyohvandlik moddalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, 2007 yilda tug‘ilgan talabaning vaqtincha yashab kelayotgan universitet yotoqxonasidagi xonasi ko‘zdan kechirilganda 400 gr Alfa PVP sintetik giyohvandlik moddalari borligi aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, bu talabalar ushbu sintetik giyohvandlik moddalarini tanishi tashlab bergan geolokatsiyalardan olib, universitet yotoqxonasida dozalarga qadoqlab, aytilgan lokatsiyalarga yuborishgan.

Tezkor tadbirlar natijasida bir marotabalik 2600 ta dozaga teng bo‘lgan jami 520 gr sintetik giyohvandlik moddalarining noqonuniy muomalasi oldi olindi.

Mazkur holat yuzasidan talabalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismiga ko‘ra 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasi qo‘llanilgan.

Shuningdek, sintetik giyohvandlik vositalarining manbaini hamda qolgan jinoiy sheriklarini aniqlash maqsadida tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Hokimlik Nurafshonda prokuratura uchun 4,5 mlrd so‘mga avtoturargoh qurilayotgani haqidagi xabarlar bo‘yicha izoh berdi

Published

on


Toshkent viloyati hokimining qaroriga muvofiq, Nurafshonda viloyat prokuraturasiga qarashli salkam 1 gektar maydonda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha kompleks loyiha moliyalashtirilmoqda.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda Nurafshon shahrida Toshkent viloyati prokuraturasi uchun avtoturargoh qurilishi yuzasidan tarqalgan muhokamalar bo‘yicha munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, shaharda viloyat prokuraturasiga qarashli salkam 1 gektar maydonda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha kompleks loyiha moliyalashtirilyapti. Bu bo‘yicha viloyat hokimining qarori qabul qilingan.

Qarorda hududda avtoturargoh, xizmat ko‘rsatish, elektromobillarni zaryadlash nuqtalari, yashil maydonlar, piyodalar yo‘laklari, drenaj va irrigatsiya tizimlari qurilishi, quyosh panellarini o‘rnatish nazarda tutilgan.

“Ajratilayotgan 4,5 milliard so‘mni faqatgina avtoturargoh uchun deb talqin etmaslik to‘g‘ri bo‘lardi. Qaror matnida muayyan sabablarga ko‘ra, mablag‘ ajratish maqsadi “avtoturargoh majmuasi qurish uchun” deb emas, “avtoturargoh qurish uchun” deb izohlangani shunday bahsli muhokamalarga sabab bo‘lganini tushungan holda qo‘shimcha izoh berishni lozim topdik”, deyiladi hokimlik munosabatida.

Ta’kidlanishicha, loyiha qiymati 5,9 mlrd so‘mga baholangan. Viloyat hokimligi va buyurtmachi xizmati mutahassislari tarafidan obektning kurilish-montaj ishlari qiymati qayta ko‘rib chiqilib, ayrim ish turlari muvofiqlashtirilishi natijasida umumiy xarajat miqdori 4,5 mlrd so‘mga maqbullashtirilgan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

20:47 O‘zbekistonliklar Yaponiyadagi qurilishlarga ishga yuboriladi

Published

on



20:47

O‘zbekistonliklar Yaponiyadagi qurilishlarga ishga yuboriladi



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya kuni munosabati bilan 615 kishini afv etdi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan davlatimiz tomonidan olib borilayotgan insonparvarlik siyosatining amaliy tasdig‘i sifatida «Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida»gi Farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 615 nafar shaxs afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 220 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 123 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 97 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 175 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

Afv etilganlarning 9 nafarini chet el fuqarolari, 29 nafarini ayol, 23 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 264 nafarini yoshlar (shulardan, 2 nafari voyaga yetmaganlar) hamda 9 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya bayrami arafasida 615 kishini afv etdi

Published

on


Prezident Konstitutsiya kuni munosabati bilan qilmishiga pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga o‘tgan 615 nafar shaxsni afv etdi. Ulardan 9 nafari xorijlik, 29 nafari ayol, 264 nafari 30 yoshgacha bo‘lgan (jumladan, ikki nafar bola) va to‘qqiz nafari taqiqlangan tashkilotlarga a’zo bo‘lgan shaxslardir.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan «Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 615 nafar shaxs afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 220 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 123 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 97 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 175 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

Afv etilganlarning 9 nafarini chet el fuqarolari, 29 nafarini ayol, 23 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 264 nafarini yoshlar (shulardan, 2 nafari voyaga yetmaganlar) hamda 9 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

«Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi», – deyiladi farmonga sharhda.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.