Jamiyat
payme Yangi yil arafasida ayollar biznesini qo‘llab-quvvatlashga chorlamoqda
payme #AyolTadbirkorligiTarafida loyihasini davom ettirmoqda. Yangi yil arafasida kompaniya nafaqat o‘zi korporativ sovg‘alarni ayol tadbirkorlardan xarid qildi, balki ilova ichida maxsus bo‘lim ham yaratdi. Bu bo‘lim orqali foydalanuvchilar ayol ijodkorlar tomonidan tayyorlangan o‘ziga xos sovg‘alarni topishlari mumkin.
O‘zbekistonda ayol tadbirkorlar yangi ish o‘rinlari yaratib, barqaror iste’mol madaniyatini shakllantirmoqda. Ammo ular hanuz korporativ buyurtmalar va sotuv kanallaridan foydalanishda ayrim muammolarga duch kelishadi. paymeʼning yangi loyihasi esa bu vaziyatni o‘zgartirishga qaratilgan: kompaniya o‘z platformalaridan sovg‘alarga talab yuqori bo‘lgan davrda ayol ijodkorlarning mahsulotlarini kengroq auditoriyaga ko‘rsatish, qo‘shimcha e’tibor yaratish va haqiqiy savdolarni oshirish uchun foydalanadi.
— Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash — bu to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya bo‘lib, u nafaqat mamlakatning kreativ sanoatini rivojlantirishga, balki oilalarning daromadlarini oshirishga va kichik biznesni mustahkamlashga xizmat qiladi, — deydi TBC Uzbekistan raqamli banking ekotizimi tarkibiga kiruvchi payme kompaniyasining marketing bo‘yicha direktori Nodira Sultonxo‘jayeva. — Biz biznes ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshiruvchi kuch bo‘lishi mumkinligiga ishonamiz. O‘zbekistonda biznes yuritayotgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash bizning strategiyamizning muhim qismidir. Biz ayollar tadbirkorligiga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirishga intilamiz va ayniqsa korporativ hamkorlarga yetib borishi qiyin bo‘lgan ayollar uchun yangi imkoniyatlarni yaratishga harakat qilamiz.
Loyiha hamkori Teplo Store — o‘z ichida o‘nlab yosh o‘zbek brendlarini birlashtiradi. Ularning aksariyati ayollar tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, ular vitraj oyna bezaklari, aksessuarlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, shamlar, qo‘lda yasalgan sovunlar, kanselyariya jihozlari, to‘qimachilik mahsulotlari va boshqa o‘ziga xos buyumlarni ishlab chiqaradi.
— Kichik mahalliy brendlar uchun ular haqida gapirish va mehnatlari ko‘proq ko‘zga tashlanishi ayniqsa muhim, — deydi Teplo Store asoschisi Charos Kamalova. — Yangi yil sovg‘alarini tanlashda yanada mas’uliyatli yondashuv — mahalliy ishlab chiqarish va ijodkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash katta ahamiyatga ega. Biz paymeʼga hamkorlik va O‘zbekistonda kichik biznesni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz.
Siz odatiy sovg‘a o‘rniga yoqimli sovg‘a sotib olishingiz va shu bilan birga ayollar biznesini qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin. Korporativ mijozlar uchun sovg‘alarni payme ilovasining maxsus bo‘limida ko‘rib, buyurtma qilish mumkin.
payme ayollar biznesini qanday qo‘llab-quvvatlamoqda?
#AyolTadbirkorligiTarafida — bu paymeʼning 2023 yilda boshlangan ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli tashabbusi. O‘sha yili payme biznesdagi ayollarga mijozlar, investorlar va hamkorlar topishda, shuningdek, o‘z ishlarini kengroq tanitishda yordam berish maqsadida growth.payme.uz platformasini ishga tushirgan. payme o‘z media-resurslari, tajribasi va raqamli vositalarini taqdim etish orqali ayol tadbirkorlar hamjamiyatini shakllantirishga, ularning bizneslarini taniqliroq qilishga va mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shayotgan hissalarini oshirishga yordam beradi.
Reklama huquq asosida
Jamiyat
Toshkentda 31 yoshli erkak xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida vafot etdi
Xususiy klinika shifokorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Klinika faoliyati esa rasman to‘xtatilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bemorning o‘limiga anafilaktik shok sabab bo‘lgan. Marhumning yaqinlari unga narkoz ko‘p berib yuborilganini aytmoqda.
Olmazor tumanidagi xususiy klinikada 31 yoshli erkak burun operatsiyasi vaqtida vafot etdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, erkak joriy yil 12 noyabr kuni burnini operatsiya qildirish uchun xususiy klinikaga borgan. Marhumning yaqinlariga ko‘ra, u nafas olishga qiynalgani uchun burnini operatsiya qildirmoqchi bo‘lgan.
“Qoraqamishda bir klinika bor ekan, dedi. O‘sha kuni kelinim, men va o‘g‘lim birga ketdik. Soat 11:30 da olib kirib ketishdi. Juda unaqa vahimali operatsiya emas, deyishdi. Negadir yuragim siqildi. Soat 14:00 dan oshyapti hamki, jim-jit. Olib kirishgan vaqti joni uzilgan ekan. Biz soat 15:30 larda bildik. O‘z oyog‘i bilan borib shu ahvolga tushib o‘tiribdi bolam”, degan marhumning onasi.
“Men ahamiyat berganimda “operatsionniy” kiyim umuman yo‘q. Qora futbolka va eski shalvarida yotibdi. Yordamchi apparatini ham ko‘rmadim. Yuzlari, qonlari artilmagan. Bir oilaning boshlig‘i ketdi. Ikkita norasida go‘dak qoldi. Bilasizlarmi, dunyoda eng og‘ir narsa nima, bolasining tobutini ko‘tarish. Men buni dushmanimga ham ravo ko‘rmayman”, degan marhumning otasi ko‘zda yosh bilan.
Erkak operatsiyadan oldin analiz topshirgan va shifokorlar jarrohlik amaliyotiga ruxsat berishgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bemorning o‘limiga anafilaktik shok sabab bo‘lgan, yurak noma’lum sababga ko‘ra to‘xtab qolgan. Marhumning yaqinlariga ko‘ra esa unga narkozni ko‘p berib yuborishgan. Ular ushbu klinika faoliyatini davom ettirayotganidan, voqeadan so‘ng shu paytgacha hamdardlik ham bildirmaganidan norozi ekanini aytgan.
Ayni paytda Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergov ishlari olib borilayotgani bildirilgan.
Holat yuzasidan bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, 2025 yil 29 noyabr kuni xususiy klinika shifokorlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, Olmazor tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limining tegishli qaroriga asosan xususiy klinika faoliyati rasman to‘xtatilgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, tergov harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
Jamiyat
Andijonda qator tayinlovlar amalga oshirildi
Andijonda qator tayinlovlar amalga oshirildi
Source link
Jamiyat
O‘zbekistondagi muzey va ziyoratgohlarga «virtual sayohat» qilish imkoni yaratiladi
Madaniy meros agentligi tarixiy obidalar va muzeylarga sayyohlar oqimini ko‘paytirish va xizmatlar ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqdi.
Mazkur hujjat O‘zbekistonda madaniy meros va muzeylar sohasini yanada rivojlantirish, madaniy meros ob’yektlari va muzeylarga kirish chiptalarini raqamlashtirish va oldindan xarid qilish imkoniyatini yaratish, madaniy meros ob’yektlari va muzeylarga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimini keskin oshirish, shuningdek, yangi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda muzeylar sohasini rivojlantirishga xizmat qilishi kerak.
Hujjat loyihasiga ko‘ra, davlat muzeylari va madaniy meros ob’yektlariga «virtual sayohat» qilish imkonini beruvchi dastur ishlab chiqiladi va yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, madaniy meros ob’yektlari va muzeylarga kirish chiptalari raqamlashtiriladi va oldindan onlayn xarid qilish imkoniyati yaratilib, bunda, bilet operatsiyalarining yagona elektron tizimi bilan integratsiya qilinadi.
Loyihada, tajribali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda har bir muzeyning shaxsiy brendini («Museum brandbook»), muzeylarning rasmiy veb-saytlarini zamon talablaridan kelib chiqqan holda to‘liq yangilash va ularning mobil ilovalarini yaratish ham nazarda tutiladi.
Pullik xizmat ko‘rsatiladigan madaniy meros ob’yektlari va muzeylarga kirish chipta narxlarini optimallashtirish bo‘yicha esa yagona tartibni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, sayyohlik mavsumida turistlar oqimi yuqori bo‘lgan madaniy meros ob’yektlari va davlat muzeylarining tungi vaqtda (soat 22:00 gacha) faoliyat yuritishini hamda tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish choralar ko‘rish nazarda tutilmoqda.
Qayd etilishicha, mazkur qaror loyihasining qabul qilinishi natijasida madaniy meros ob’yektlari va muzeylarga kirish chiptalarini raqamlashtiriladi va oldindan xarid qilish imkoniyatini yaratiladi, madaniy meros obektlari va muzeylarga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimini keskin oshishiga hamda yangi zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishiga erishiladi.
Jamiyat
Yuqori Chirchiqda buvi va nevara is gazidan vafot etdi
68 yoshli ayol va uning ikki nevarasi noma’lum etiologik moddadan zaharlanib, tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ulardan faqat birining hayoti saqlab qolingan.
Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida bir oilaning uch a’zosi uyida hushsiz holda topilgan. Ularning ikki nafari shifoxonada vafot etgan. Holatni Bosh prokuror matbuot kotibi Kun.uz’ga tasdiqladi.
Ma’lum qilinishicha, 2025 yil 25 noyabr kuni Yuqori Chirchiq tumani Gulobod mahallasida yashovchi 68 yoshli U.A., 2017 yilda tug‘ilgan D.U. va 2013 yilda tug‘ilgan N.A. (o‘g‘il bola) shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ularga noma’lum etiologik moddadan zaharlanish tashxisi qo‘yilgan.
Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay ayol va uning 8 yoshli qiz nevarasi vafot etgan. N.A.ning hayoti esa saqlab qolingan. Hozirda uning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.
Holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Yuqori Chirchiq tumani hokimi tomonidan ushbu baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish yuzasidan qaror qabul qilinib, komissiya tuzilgan.
Avvalroq Andijonda ichki ishlar xodimi va uning voyaga yetmagan qizi, Buxoroda esa bir oilaning 4 a’zosi is gazidan vafot etgandi.
Jamiyat
Ucell va Raqamli texnologiyalar vazirligi IT-mutaxassislarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda
Bu yil Ucell Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda IT sohasini rivojlantirish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan uchta muhim loyihani amalga oshirdi. Kompaniya O‘zbekiston jamoasining Informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasi — EGOI 2025 musobaqasida ishtirokini qo‘llab, yosh iqtidorlarning xalqaro maydonga chiqishi uchun sharoit yaratdi.
Shuningdek, «Muhammad al-Xorazmiy vorislari» loyihasi doirasida o‘tkazilgan Milliy IT-hakaton muhim bosqichlardan biri bo‘lib, u olis hududlardagi yoshlarni raqamli texnologiyalarni o‘rganishga va real IT-loyihalarda qatnashishga jalb etish imkonini ochdi. Yil yakunida esa kelajak IT-mutaxassislarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan Coursera for Campus ta’lim dasturining eng muvaffaqiyatli ishtirokchilarini rag‘batlantirish loyihasi mantiqiy yakun bo‘ldi.
Yaqinda mamlakat IT hamjamiyati uchun yilning asosiy voqealaridan biri — GDG Tashkent DevFest 2025 raqamli texnologiyalar festivali bo‘lib o‘tdi. Unda Coursera for Campus dasturi ishtirokchilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekistonning raqamli ekotizimini rivojlantirishga intilayotgan dasturchilar, ekspertlar va yosh mutaxassislarni bir maydonga jamladi.
O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovning ta’kidlashicha, bunday tashabbuslar onlayn ta’lim imkoniyatlarini kengaytirib, yangi avlod IT-kadrlarini shakllantiradi. Festival sahnasida u o‘zining faolligi, izchil mehnati va raqamli yo‘nalishlarni chuqur o‘rganishga bo‘lgan intilishi bilan ajralib turgan ishtirokchilarga mukofotlar topshirdi.
Alohida ta’kidlash joizki, bu jarayonlarning barchasida mamlakatning eng yirik mobil operatori — Ucell faol ishtirok etmoqda. Kompaniya ta’lim loyihalarini izchil qo‘llab-quvvatlab, O‘zbekiston yoshlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda.
-
Iqtisodiyot5 days agoO‘zbekiston oktyabrda oltinning eng yirik xaridorlaridan biri bo‘ldi
-
Sport3 days agoТуркия Суперлигаси. «Башакшеҳир» – «Фенербаҳче». Шомуродов ва Файзуллаев — асосий таркибда
-
Turk dunyosi4 days agoTurkiya Rossiya quvur liniyali gaz ta’minotini bir yil davomida kengaytirmoqda
-
Turk dunyosi5 days agoTurkiya qimor o’yini-onaviy tergovning bir qismi sifatida futbolchilar va sheriklar hibsga olingan
-
Hayot tarzi4 days agoDemi Xestemanning Jessi Gatikaulaning “Me’blari” ga qanday munosabatda bo’ldi
-
Iqtisodiyot3 days agoXitoylik investorlar Jizzaxdagi volfram konini ishga tushirmoqda
-
Iqtisodiyot3 days agoBMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bilan hamkorlikda qator loyihalar amalga oshiriladi
-
Turk dunyosi4 days agoTüriyatiye: 29 futbolchi o’yinchi janjalida hibsga olingan
