Iqtisodiyot
O‘zbek oziq-ovqat mahsulotlari Kuvayt supermarketlariga chiqmoqda
Mamlakatning Kuvaytdagi elchixonasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi, The Sultan Center Group va JAMEIA Dot Com Food Stores kompaniyalari o‘rtasida videokonferensiya o‘tkazilib, Al-Kuvayt shahrida “O‘zbekiston oziq-ovqat festivali”ni tashkil etish hamda o‘zbek mahsulotlarini Kuvayt bozoriga supermarket tarmoqlari va onlayn platforma orqali chiqarish masalalari kelishib olindi.
Mamlakatning Kuvaytdagi elchixonasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda mahalliy The Sultan Center Group kompaniyasi vakillari o‘rtasida videokonferensiya tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Onlayn uchrashuvda shu yil 16–17 dekabr kunlari Al-Kuvayt shahrining The Sultan Center supermarketlari tarmog‘ida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston oziq-ovqat festivali”ga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, The Sultan Center savdo tarmog‘i hozirgi kunda 4 ta mamlakatda jami 70 ta supermarketga ega. Shulardan Kuvaytda – 40 dan ortiq do‘kon va onlayn xarid xizmatlari, Ummonda – 7 ta, Iordaniyada – 17 ta, Bahraynda – 3 ta supermarket faoliyat yuritmoqda.
Muzokaralar davomida Kuvayt tomoni bilan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlarini The Sultan Center tarmog‘ida sotish bo‘yicha shartnoma imzolash, yetkazib berish, qadoqlash va to‘lov shartlari yuzasidan kelishuvga erishildi.
Shuningdek, uchrashuvda Kuvaytning JAMEIA Dot Com Food Stores kompaniyasi vakillari bilan ham ushbu festival doirasida amalga oshiriladigan qo‘shma loyihalar yuzasidan fikr almashildi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur kompaniyaga tegishli Jameia.com onlayn savdo platformasida Kuvayt aholisining 50 foizdan ortig‘i – 2,1 million mijoz ro‘yxatdan o‘tgan. Kompaniyaning yillik daromadi 40 million dollardan ortiq bo‘lib, platforma orqali 500 dan ortiq chakana savdo do‘koni va 700 ta yetkazib beruvchi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Uchrashuvda o‘zbek tadbirkorlarining Jameia.com onlayn savdo platformasida tashkil etilayotgan Made in Uzbekistan oynasiga mahalliy mahsulotlarni joylashtirish imkoniyatlari ham muhokama etildi. Ilk bosqichda platformada O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlarini sotishni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Shuningdek, ushbu mahsulotlarni Kuvaytga yetkazish, narxlar bo‘yicha kelishuvlar, O‘zbekistondan keltirilgan tovarlarni Jameia.com’ga tegishli omborlarda saqlash hamda ularning savdosini tashkil etishga oid amaliy masalalar ko‘rib chiqildi.
Iqtisodiyot
Dollar va yevro qiymatlari oshdi
Markaziy bank 2025-yil 10-dekabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 13,09 so‘mga oshib, 12 003,18 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 12,86 so‘mga oshdi va 13 987,31 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 16 020,64 so‘m (+18,67).
Rossiya rubli 156,68 so‘m etib belgilandi (-1,27).
Iqtisodiyot
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61 mlrd dollardan oshdi
Noyabr oyida zaxiralar 1,9 milliard dollarga o‘sdi, yil boshidan esa ular 20 milliard dollarga oshdi. Bu, avvalo, oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.
2025 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61,23 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Noyabr oyida zaxiralar 1,9 milliard dollarga o‘sdi, yil boshidan esa ular 20 milliard dollarga oshdi. Bu, avvalo, oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.
Oltinning fizik hajmi ketma-ket ikkinchi oy oshdi. Noyabrda u 310 ming troya unsiyaga (9,64 tonna) oshib, 12,23 million unsiyaga (380,4 tonna) yetdi.
Oltin zaxiralarining qiymati 3 milliard dollarga oshib, 50,86 milliard dollarga yetdi.
Zaxiralarning valuta qismi esa 1,1 milliard dollarga kamayib, 9,8 milliard dollarni tashkil etdi.
Qimmatli qog‘ozlar hajmi avvalgi oyga nisbatan 503,3 million dollarga ko‘payib, 1,53 milliard dollarni tashkil etdi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlashga qariyb 17 trln so‘m sarfladi
O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar uchun 10 oyda 16,5 trln so‘m sarflagan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida sog‘liqni saqlash sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 16,5 trln so‘mga yetdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 15,4 % ga oshgan. Jami ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmida ushbu xizmat turining ulushi 2 % ni tashkil etgan.
Hududlar kesimida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi:
Toshkent shahri – 7,7 trln so‘m
Toshkent viloyati – 1,6 trln so‘m
Samarqand viloyati – 1,2 trln so‘m
Farg‘ona viloyati – 1,1 trln so‘m
Namangan viloyati – 747,7 mlrd so‘m
Andijon viloyati – 739 mlrd so‘m
Buxoro viloyati – 640,1 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati – 612,8 mlrd so‘m
Xorazm viloyati – 557,8 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati – 416,8 mlrd so‘m
Jizzax viloyati – 398,8 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati – 293,1 mlrd so‘m
Qoraqalpog‘iston Resp. – 285,6 mlrd so‘m
Navoiy viloyati – 269 mlrd so‘m.
Iqtisodiyot
Xitoylik investorlar Jizzaxdagi volfram konini ishga tushirmoqda
Qayd etilishicha, Nurota tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu kon O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik obektlardan biri hisoblanadi.
Jizzax viloyatida 2,5 million tonna volfram zaxirasiga ega Qo‘ytosh koni ishga tushish arafasida, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Xabarga ko‘ra, xitoylik investorlar yil oxirigacha konni tozalash ishlarini tugallaydi. Kelasi yilda esa ruda qazib olish jarayonlari boshlanadi.
Kon hududida volframni ajratib olish bo‘yicha zamonaviy qayta ishlash zavodi barpo etiladi.
Qayd etilishicha, Nurota tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu kon O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik obektlardan biri hisoblanadi.
Loyihaning birinchi bosqichida 100 nafarga yaqin fuqaro ish bilan ta’minlanadi va yiliga 150 ming tonna ruda qazib olinadi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 61,23 mlrd dollarga yetdi
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari, 1-dekabr holatiga, 61,23 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.
Zaxiralar noyabrda 1,9 mlrd dollarga (+3,2 foiz) o‘sdi, yil boshidan esa 20 mlrd dollarga (+48,7 foiz) oshdi. Bu avvalo oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.
Qolaversa, Markaziy bank sotib olgan qimmatli qog‘ozlar qiymati ham sezilarli darajada oshgan — noyabrda 503 mln dollarga ko‘payib, $1,52 mlrdga yetgan.
-
Iqtisodiyot5 days agoO‘zbekiston oktyabrda oltinning eng yirik xaridorlaridan biri bo‘ldi
-
Sport3 days agoТуркия Суперлигаси. «Башакшеҳир» – «Фенербаҳче». Шомуродов ва Файзуллаев — асосий таркибда
-
Turk dunyosi4 days agoTurkiya Rossiya quvur liniyali gaz ta’minotini bir yil davomida kengaytirmoqda
-
Turk dunyosi5 days agoTurkiya qimor o’yini-onaviy tergovning bir qismi sifatida futbolchilar va sheriklar hibsga olingan
-
Hayot tarzi4 days agoDemi Xestemanning Jessi Gatikaulaning “Me’blari” ga qanday munosabatda bo’ldi
-
Iqtisodiyot3 days agoXitoylik investorlar Jizzaxdagi volfram konini ishga tushirmoqda
-
Iqtisodiyot3 days agoBMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bilan hamkorlikda qator loyihalar amalga oshiriladi
-
Turk dunyosi4 days agoTüriyatiye: 29 futbolchi o’yinchi janjalida hibsga olingan
