Connect with us

Iqtisodiyot

May oyida inflatsiya 1,5 foizgacha tezlashdi. Bunga elektr va gaz narxlarining oshishi katta ta’sir ko‘rsatgan

Published

on


Joriy yil may oyida O‘zbekistonda inflatsiya darajasi 1,5 foizni tashkil etib, aprel oyiga nisbatan 0,8 foiz bandga tezlashgan. O‘tgan oyda respublika bo‘yicha elektr energiyasi narxi o‘rtacha 18,8 foizga, tarmoq gaz narxi 39,2 foizga, suyultirilgan gaz narxi 25 foizga qimmatlashgan. O‘z navbatida, qator sabzavotlar va dukkakli mahsulotlar narxida tushish kuzatilgan.

2025 yilning may oyida O‘zbekistonda inflatsiya darajasi 1,5 foizni tashkil etib, aprel oyiga nisbatan 0,8 foiz bandga tezlashdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

O‘z navbatida, yillik inflatsiya aprel oyidagi 10,1 foizdan 8,7 foizgacha sekinlashgan. Bu 2024 yilning may oyida energiya narxlarining keskin o‘sishi natijasida paydo bo‘lgan yuqori bazaning umumiy inflatsiyadan chiqib ketishi bilan bog‘liq.

O‘tgan oyda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi inflatsiya darajasi respublikadagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan baland shakllangan. Yillik nisbatda esa Qashqadaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida yuqori inflatsiya kuzatilyapti.

Hisobot oyida mavsumiy omillar ta’sirida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 0,8 foizga arzonlashgan bo‘lsa, nooziq-ovqat mahsulotlari narxi 1,7 foizga, xizmatlar narxi 5,9 foizga (kommunal xizmatlar sohasidagi tariflarning qimmatlashishi hisobiga) oshgan.

1 maydan boshlab, aholi iste’moli uchun elektr energiyasi va tarmoq gazining yangilangan tariflari joriy qilingandi. Respublika bo‘yicha elektr energiyasi narxi o‘rtacha 18,8 foizga (salmoq vazni +2,4 foiz, INI o‘sish sur’tiga ta’siri +0,45 foiz f.d), tarmoq gaz esa 39,2 foizga (salmoq vazni +1,5 foiz, INI o‘sish sur’tiga ta’siri +0,6 f.d) oshishi kuzatilgan.

Shuningdek, may oyidan maishiy foydalanish uchun suyultirilgan gaz narxi 25 foizga (salmoq vazni 0,5 foiz, INI o‘sish sur’tiga ta’siri + 0,11 f.d) oshdi. Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida sovuq suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari uchun to‘lovlar qimmatlashgan. Boshqa hududlardagi barqarorlikni hisobga olgan holda, ushbu xizmat turi bo‘yicha oylik inflatsiya 10,2 foiz (INI o‘sish sur’tiga ta’siri +0,10 f.d.) bo‘lgan.

Transport bo‘limida narxlarning sezilarli o‘sishiga transport vositalari uchun metan narxining o‘tgan oyga nisbatan 27 foizga (salmoq vazni +1,7 foiz, INI o‘sish sur’tiga ta’siri +0,45 f.d) qimmatlashishi sabab bo‘ldi. May oyida benzin va propan narxlarida 0,1-2,7 foiz oralig‘ida tushish kuzatilgan. Yo‘lovchi tashish xizmatlari bo‘yicha oylik inflatsiya +1 foiz bo‘lgan. Shu jumladan, avtomobil transporti xizmatlari 2,4 foizga, temiryo‘l transporti xizmatlari esa 0,1 foizga qimmatlashgan. Shu qatorda havo transportida yo‘lovchi tashish xizmatlari o‘rtacha 5,4 foizga arzonlashgan. Bu O‘zbekiston havo yo‘llarida ichki qatnovlar uchun ekonom klass tariflarining pasayishi bilan bog‘liq.

Oy davomida narxlarning tushishi asosan sabzavotlar, ildizmevalilar va dukkakli mahsulotlarda (-10,7 foiz) kuzatilgan bo‘lib, bu bozorlarda yangi hosil mahsulotlarining ko‘payishi bilan bog‘liq. Shu jumladan, asosiy turdagi sabzavotlardan bodring (-61,1 foiz), pomidor (-27,1 foiz), karam (-14 foiz), kartoshka (-1,9 foiz), piyoz (-1,2 foiz) arzonlashishi kuzatilgan. Shu bilan birga, sabzi narxlarida (+15 foiz) oshish qayd etilgan.

Shuningdek, oy davomida o‘simlik yog‘i 4 foizga, shakar 2,2 foizga qimmatlashgan, go‘sht mahsulotlari narxi esa barqarorlashgan. Jumladan, mol go‘shti va qo‘y go‘shti narxlari qimmatlashishi 0,8 foizdan oshmagan, parranda go‘shtida biroz tushish kuzatilgan (0,3-0,5 foiz oralig‘ida). Bundan tashqari, tuxum (-4 foiz), guruch (-0,5 foiz) va xom sut (-0,2 foiz) narxlari ham pasaygan. 



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61 mlrd dollardan oshdi

Published

on


Noyabr oyida zaxiralar 1,9 milliard dollarga o‘sdi, yil boshidan esa ular 20 milliard dollarga oshdi. Bu, avvalo, oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.

2025 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61,23 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Noyabr oyida zaxiralar 1,9 milliard dollarga o‘sdi, yil boshidan esa ular 20 milliard dollarga oshdi. Bu, avvalo, oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.

Oltinning fizik hajmi ketma-ket ikkinchi oy oshdi. Noyabrda u 310 ming troya unsiyaga (9,64 tonna) oshib, 12,23 million unsiyaga (380,4 tonna) yetdi.

Oltin zaxiralarining qiymati 3 milliard dollarga oshib, 50,86 milliard dollarga yetdi.

Zaxiralarning valuta qismi esa 1,1 milliard dollarga kamayib, 9,8 milliard dollarni tashkil etdi.

Qimmatli qog‘ozlar hajmi avvalgi oyga nisbatan 503,3 million dollarga ko‘payib, 1,53 milliard dollarni tashkil etdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlashga qariyb 17 trln so‘m sarfladi

Published

on


O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar uchun 10 oyda 16,5 trln so‘m sarflagan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida sog‘liqni saqlash sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 16,5 trln so‘mga yetdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 15,4 % ga oshgan. Jami ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmida ushbu xizmat turining ulushi 2 % ni tashkil etgan.

Hududlar kesimida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi:

Toshkent shahri – 7,7 trln so‘m

Toshkent viloyati – 1,6 trln so‘m

Samarqand viloyati – 1,2 trln so‘m

Farg‘ona viloyati – 1,1 trln so‘m

Namangan viloyati – 747,7 mlrd so‘m

Andijon viloyati – 739 mlrd so‘m

Buxoro viloyati – 640,1 mlrd so‘m

Qashqadaryo viloyati – 612,8 mlrd so‘m

Xorazm viloyati – 557,8 mlrd so‘m

Surxondaryo viloyati – 416,8 mlrd so‘m

Jizzax viloyati – 398,8 mlrd so‘m

Sirdaryo viloyati – 293,1 mlrd so‘m

Qoraqalpog‘iston Resp. – 285,6 mlrd so‘m

Navoiy viloyati – 269 mlrd so‘m. 



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Xitoylik investorlar Jizzaxdagi volfram konini ishga tushirmoqda

Published

on


Qayd etilishicha, Nurota tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu kon O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik obektlardan biri hisoblanadi.

Jizzax viloyatida 2,5 million tonna volfram zaxirasiga ega Qo‘ytosh koni ishga tushish arafasida, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, xitoylik investorlar yil oxirigacha konni tozalash ishlarini tugallaydi. Kelasi yilda esa ruda qazib olish jarayonlari boshlanadi. 

Kon hududida volframni ajratib olish bo‘yicha zamonaviy qayta ishlash zavodi barpo etiladi.

Qayd etilishicha, Nurota tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu kon O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik obektlardan biri hisoblanadi.

Loyihaning birinchi bosqichida 100 nafarga yaqin fuqaro ish bilan ta’minlanadi va yiliga 150 ming tonna ruda qazib olinadi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 61,23 mlrd dollarga yetdi

Published

on


O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari, 1-dekabr holatiga, 61,23 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.

Zaxiralar noyabrda 1,9 mlrd dollarga (+3,2 foiz) o‘sdi, yil boshidan esa 20 mlrd dollarga (+48,7 foiz) oshdi. Bu avvalo oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.

Qolaversa, Markaziy bank sotib olgan qimmatli qog‘ozlar qiymati ham sezilarli darajada oshgan — noyabrda 503 mln dollarga ko‘payib, $1,52 mlrdga yetgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonliklarni Koreyaga ishga jo‘natishga tayyorlaydigan maxsus o‘quv ustaxonalari ochiladi

Published

on


Uch oylik dasturda koreys tili va madaniyati, texnika xavfsizligi, Koreya metodikasi asosida amaliy avtomobil servisi o‘rgatiladi. O‘quvni muvaffaqiyatli tamomlaganlar Koreyaga ishga jo‘natiladi.

Foto: Migratsiya agentligi

Janubiy Koreyaning “KIA Auto” kompaniyasi rahbariyati Migratsiya agentligida bo‘ldi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, 2026 yil boshidan Migratsiya agentligi tomonidan KIA AUTO standartlariga mos maxsus o‘quv ustaxonalari ochiladi. Uch oylik dasturda koreys tili va madaniyati, texnika xavfsizligi, Koreya metodikasi asosida amaliy avtomobil servisi o‘rgatiladi.

O‘quvni muvaffaqiyatli tamomlaganlar E-7 vizasi (malakali ishchi) bilan Koreyaga ishga joylashtiriladi. E-7 vizasining asosiy talabi — koreys tilini TOPIK 1 darajasida bilish.

“Koreya Adliya vazirligi 2025 yildan boshlab avtomobil kuzovini bo‘yash yo‘nalishiga xorijlik mutaxassislarni jalb qilishga ruxsat berdi. Shu vaqtga qadar faqat mahalliy aholi ishlagan. O‘zbekiston ushbu loyihaga birinchi bo‘lib jalb etilmoqda”, deyiladi Migratsiya agentligi xabarida.

KIA Auto — Koreyaning yetakchi avtomobillarga xizmat ko‘rsatish tarmog‘i bo‘lib, mamlakat bo‘ylab 600 ga yaqin servis markazi bor. Yiliga 1 milliondan ortiq avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatadi va malakali kadrlarga ehtiyoj yuqori.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.