Connect with us

Jamiyat

«Byurokratiyani bartaraf etish – 2030» dasturi ishga tushiriladi. Uning vazifalari nimalardan iborat?

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatlarini ko‘rsatish bosqichlarini maqbullashtirish, jismoniy va yuridik shaxslarga ortiqcha majburiyatlar yuklatilishining oldini olish, davlat tashkilotlari, aholi va biznes o‘rtasida raqamli muloqotni to‘laqonli yo‘lga qo‘yish va bu boradagi islohotlar samaradorligini oshirish maqsadida 2026-yil 1-yanvardan boshlab davlat boshqaruvini raqamli transformatsiya qilish va samaradorligini oshirishga qaratilgan «Byurokratiyani bartaraf etish – 2030» dasturini ishga tushirishga doir farmoyishini imzoladi.

Dasturning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanmoqda:


davlat xizmatlaridan tez va qulay foydalanish orqali fuqarolarning hayot sifatini yaxshilash;
tadbirkorlikni rag‘batlantirish, mamlakatning xorijiy investitsiyalar uchun jozibadorligini oshirish;
raqamli boshqaruv va davlat boshqaruvi sohalarida mamlakatimizning ijobiy imijini shakllantirish;
ortiqcha tartib-taomillarni bartaraf etish va jarayonlarning shaffofligini oshirish orqali suiiste’molchilik xavfini kamaytirish.

Dasturning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish maqsadida Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi huzurida loyiha ofisi tashkil etiladi hamda uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:


Dasturni muvaffaqiyatli amalga oshirish masalalari bo‘yicha xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
Dastur doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rejalashtirish va rivojlanish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga kiritish;
har yil yakunida vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari (keyingi o‘rinlarda – davlat tashkilotlari) tomonidan davlat boshqaruvida byurokratiyani bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligini baholash, e’lon qilish hamda davlat tashkilotlari va tashabbuskorlarni rag‘batlantirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritish.

Hujjatga muvofiq, byurokratiyani bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ko‘rib chiqish, bu borada amalga oshirilgan ishlarning samaradorligini baholash Agentlik operatori va mulkdori hisoblanadigan «Zero Bureaucracy» raqamli platformasi orqali amalga oshiriladi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Navoiyda portlovchi modda sotgan shaxs qamaldi 

Published

on


Zarafshon shahrida yashovchi 43 yoshli shaxs 775 gr miqdordagi NDSI-2K markali portlovchi moddani 1,5 mln so‘mga sotgan vaqtida tezkor tadbirda qo‘lga olingan. U sud hukmi bilan 5,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.  

Navoiy viloyati Zarafshon shahrida portlovchi modda sotgan ovchi jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanishdi.

Sud hukmida keltirilishicha, 1982 yilda tug‘ilgan J.I. Zarafshon shahrida istiqomat qilib, kirakashlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan. U 2017 yildan ovchilik jamiyati a’zosi bo‘lgan.

J.I. 2025 yil 4 iyul kuni Zarafshon shahrida shartli xaridorga 1,5 mln so‘mga portlovchi modda sotgan vaqtida tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazining xulosasiga ko‘ra, ovchi sotgan modda 775 gr og‘irlikdagi NDSI-2K markali portlovchi modda bo‘lgan. 

J.I. sudda aybiga iqror bo‘lgan va portlovchi moddani Buxoro viloyati Shofirkon tumani hududida ov qilib yurganida topib olganini aytgan.

“2017 yildan ovchilik jamiyatiga a’zoman. IJ-27 markali, 12 kalibrli, ikki stvolli ov qurolini nomimga rasmiylashtirib olganman. Shundan buyon ov mavsumida ovga chiqib turaman. Ovda ishlatadigan patronlarni ovchilik do‘konidan sotib olaman. Ko‘pincha o‘zim qo‘lbola usulda yasab foydalanaman.

2023 yilda Shofirkon tumanida zovur atrofida ov qilib yurgan vaqtimda yerdan 2 dona uzinligi taxminan 35-40 sm bo‘lgan porox tayoqchalarini topib oldim. Ularni ovda patron tayyorlash uchun Zarafshon shahriga olib keldim. So‘ngra porox tayoqchalaridan birini o‘zimning yashash xonadonimda pichoq bilan maydalab, patron yasab, ovda foydalandim”, degan u suddagi ko‘rsatmasida.

Ovchi sodir etgan qilmishi jinoyat ekanini bilmaganini aytib, pushaymonlik bildirgan hamda suddan yengillik so‘ragan.

J.I.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi JIB Zarafshon shahar sudida ko‘rib chiqildi. Sudning hukmi bilan J.I. Jinoyat kodeksining 248-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni (o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, portlovchi moddalarni yoki portlash qurilmalarini o‘tkazish) sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llagan holda 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan. 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

33 ta hokimlikda tajriba tariqasida yangicha boshqaruv yo‘lga qo‘yiladi

Published

on


“Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Ma’lumot uchun: Boshqaruv samaradorligi agentligi (Agentlik) Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi negizida tashkil etilgan.

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomidagi 33 ta tuman (shahar) hokimliklarida tajriba-sinov tariqasida quyidagilarni nazarda tutuvchi natijaga asoslangan boshqaruv tizimi joriy etiladi:


davlat organlari faoliyatining maqsadli ko‘rsatkichlari va indikatorlari ularga qo‘yilgan vazifalar asosida Agentlik tomonidan shakllantiriladi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
Agentlik:

– natijaga asoslangan boshqaruv modelini ishlab chiqadi hamda uning joriy etilishini uslubiy jihatdan muvofiqlashtiradi;

– maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilganligini “samaradorlik.gov.uz” elektron platformasi orqali baholashni tashkil etadi;

– tegishli vazifalarni bajarish va maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishda kadrlar salohiyatini rivojlantirishga ko‘maklashadi;

– davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash uchun tanlovlarda zamonaviy yondashuv, zarur hollarda, qo‘shimcha bosqichlarni joriy etadi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Ayrim hududlardagi davlat organlarida kadrlar rotatsiya qilinadi

Published

on


O‘zbekiston prezidentining “Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, davlat organlarining vazifa va funksiyalari quyidagi 5 ta darajaga ajratiladi:


konstitutsiyaviy va milliy daraja;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari darajasi;
hududiy daraja;
tuman (shahar) darajasi;
mahalla (qishloq, ovul) fuqarolar yig‘ini darajasi.

2026-yil 1-yanvardan “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomidagi 33 ta tuman (shahar)da faoliyat yurituvchi davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi. Bunda:


respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuman (shahar) bo‘linma rahbari hamda tuman (shahar) hokimi va uning o‘rinbosarlari har 5 yilda, qoida tariqasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri doirasida boshqa tuman (shahar)ga rotatsiya qilinadi;
rotatsiya qilinadigan rahbarlar Agentlikning “hrm.gov.uz” elektron platformasi orqali aniqlanadi;
rahbar yangi hududga o‘tishdan oldin hududning iqtisodiy va ijtimoiy holati bo‘yicha intensiv kursda o‘qitiladi;
rotatsiya qilingan rahbar faoliyati Agentlik tomonidan elektron platforma orqali onlayn tarzda monitoring qilinadi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda katta miqdorda psixotrop dori biologik qo‘shimcha idishlariga solingan holda topildi

Published

on


DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida biologik faol qo‘shimcha idishlariga solib, yashirin tarzda sotishga mo‘ljallangan katta miqdorda psixotrop dori vositalari aniqlandi.

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda bojxona idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir doirasida avvaldan kuzatuvda bo‘lgan, poytaxtda yashovchi 1970 yilda tug‘ilgan shaxsning Uchtepa tumanida joylashgan yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Ko‘rik vaqtida unga tegishli uydan 1 835 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari topilib, belgilangan tartibda daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirib olindi.

Tarkibida katta miqdorda pregabalin moddasi bo‘lgan ushbu psixotrop dorilar biologik faol qo‘shimchalar idishlariga solingan holda saqlangani va kelgusida ularni dorixonalarda yashirin tarzda sotish rejalashtirilgani aniqlandi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 251¹-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Akademik Abdulla Ubaydullayev olamdan o‘tdi

Published

on


Taniqli pulmonolog olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tibbiyot xodimi Abdulla Muharramovich Ubaydullayev 91 yoshida olamdan o‘tdi.

«Xabar.uz» jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.