Connect with us

Jamiyat

Buxoro kentlari nomi orasida yashiringan sirlar

Published

on


Ibodat Rajabova. Peshko‘ tumanida tug‘ilgan. Samarqand davlat universitetining filologiya va Toshkent davlat universiteti (hozir O‘zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetlarini tugatgan. «Osmondagi farishta», «Qush kiprigi», «Buxornur yoki yetti pir», «Buxoroda gujum gulladi» va boshqa to‘plamlari nashr etilgan. Ko‘plab tarixiy-ilmiy-nazariy materilallar yozgan. Respublikamizning turli hududlaridan ko‘plab faylasuf, filolog, mudarris va tarixchi olimlar bilan birga, tarixiy izlanishlar olib borgan.

Jurnalist, tarixiy-ilmiy-nazariy tadqiqotchi bilan Buxorodagi qadimiy shahar va qabristonlar tarixi borasidagi izlanish va o‘rganishlari borasida suhbatlashamiz.

Buxoro viloyati, Kogon tumanida qadimiy shahar qoldiqlari bor. U qabristonga aylantirilgan. Nomi – Xoja Axbor Vali. Suhbatdosh ushbu ish yuzasidan ko‘p izlanishlar o‘tkazgan. U Abdulkarim as-San’oniy Buxoro qishloqlari, shu yerdan chiqqan olimlar haqida ma’lumot beradi. Izlanib, Azg‘un nomini topgan. Shakli o‘zgargan. Qabriston atrofida O‘rg‘un, Org‘un, Metanrabot nomli qishloqlar bor.

Jurnalist: Bu joylardagi nomlar o‘zaro bog‘liqdek tuyuladi. Azg‘un va uning atrofidagi qishloq nomlarining kelib chiqishi qanday aniqlandi?

Ibodat Rajabova: So‘zning kelib chiqish o‘zagini «Shohnoma»dan oldik. Firdavsiy o‘zining mashhur kitobida «Afrosiyobning ukasi Ag‘reg‘az o‘ziga topshirilgan asirlarni, bir ishga chalg‘ib, qarovsiz qoldirgani uchun ular qochib ketdilar»,-deydi. Demak, Azg‘un. Ag‘reg‘az qurgan 150 gektarlik shahar bo‘lgan. «Nasabnoma» kitobida «Azg‘un – Buxoro qishloqlaridan. Bu yerdan ko‘p olimlar yetishib chiqqan», deb xabar beradi. Tugun ochildi. Demak, Ag‘zun qal’a Afrosiyob ukasining qurgan shahri bo‘lib, shahar buzilgandan keyin Org‘un, O‘rg‘un, Metanrabot qishloqlari suvli yerlarga ko‘chib o‘tgan. Lekin, qal’a nomini olib ketib, yangi qishloqlariga shu nomni qo‘yganlar. Nomlanish shakli o‘zgargan. Qadimiy shahar qoldiqlari – qabristonga arab vakillari Xoja Qabul Axbori Vali, deb nom qo‘yganlar. Bu noto‘g‘ri.

Jurnalist: Ya’ni, ba’zi nomlar vaqt o‘tishi bilan o‘zgargan, hatto, boshqa ma’nolar bilan almashib ketgan, shundaymi?

Ibodat Rajabova: Ha. Shu tumanda Guljonqal’a, degan tepalik bor. Xoja Bahouddin Naqshband xaziralariga juda yaqin. Yarim kilometrcha uzoqlikda. Shu atrofda O‘rjon, Orjon, Orijon nomli sakkizga yaqin qishloqlar bor. Nomlanishni esa hech kim bilmaydi. Bizga Firdavsiy yordam berdi. Firdavsiyning «Shohnoma»si bu joy nomlarini izohlashda katta ahamiyat kasb etdi. U o‘zining «Shohnoma» asarida shunday ma’lumot beradi: «Afrosiyobning beshta o‘g‘li bor edi. Ularga Qoraxon, Afrosiyob, Surxa, Gurdi Jovidon, Sheda, deb nom qo‘ydi». Demak, Afrosiyobning to‘rtinchi o‘g‘lining ismi Gurdi Jovidon. «Gurd» – so‘g‘dcha so‘z. Botir, bahodir» ma’nosiga ega. Gurdi Jovidon so‘zining eskirgan ko‘rinishi esa Gurjon, Orjon, Orifon. O‘rmon qishlog‘i ham shu atrofda. Lekin, u yerda hech qachon o‘rmon bo‘lmagan. Bu nomlanish ham Gurjonqal’a tarkibidan kelib chiqqan.

Jurnalist: Demak, bugungi Orifon va atrofdagi qishloqlar o‘sha Gurdi Jovidon shahridan qolgan ildizlarga ega, shundaymi?

Ibodat Rajabova: Ha, tarixiy kitoblar: «Hazrat Xoja Bahouddin Bog‘i Mozorning bir chekkasidan o‘zlariga kulba qurdilar», deydi. Demak, Afrosiyobning o‘g‘li Gurdi Jovidon Kogon tumanining shu yerida shahar qurgan. Shahar katta. 120 gektar. Xoja Bahouddin xazirasi ham shu hududga kirgan. qal’aning mozori bog‘i ham bo‘lgan. Hazrat xoki turbat bo‘lib yotgan joy nomi Orifon. Gurdi Jovidon so‘ziga yaqinligi haqiqat. Hozir ham Gurdi Jovidon shahrining qoldiqlari bor. Tepalik mavjud.

Jurnalist: Sizning izlanishingiz, aynan, nomlanish usuliga tayangani bilan o‘ziga xos…

Ibodat Rajabova: Biz Firdavsiy izidan borib, Buxoro viloyati hududidan ko‘p qadimiy joylarning nomlanish o‘tmishini topdik. Qadimshunoslik fanida 3 ta yo‘l bilan izlanishlar amalga oshiriladi. Ya’ni, soha olimlari arxeologik qazuv, manbalarga asoslanib va nomlanishga tayanib, ish ko‘radilar. Biz nomlanish asosida Afrosiyob davrida qad ko‘targan diza, kent, shaharlarni topishga erishdik. G‘ijduvon tumanidagi bir mavze nomi Qoraxoniylar, deb ataladi. Bu Qoraxoniylar o‘tmishi Afrosiyobning Qoraxoni o‘g‘liga borib bog‘lanmaydimi? Tepaligi ham bor. Qabriston qilingan. Qabriston – qadimiy kent qoldig‘i. Ko‘rinishidan tepalik baland, shahar istehkomi bo‘lganligi ochiq-oydin ko‘rinib turibdi. Ko‘plab qabristonlar, aslida, qadimgi shaharlar va kentlar qoldiqlari ekanligini aytish mumkin. Buxoro shahristonining janubida Safed mo‘y qabristoni bor. Keng-keng joyni egallagan edi. Bu joyni Abdulla Safed mo‘y ham derdilar. U Somoniylar vaziri bo‘lib, shu kentda yashagan. Qabriston juda qadimiyligi sabab 2024-yil buzib, ekobog‘ qilib, manzarali ko‘chatlar o‘tqazdilar. Joyning tarixi bilan qiziqdik. Xoja Bahouddin Naqshband kitobida nomi Safed mosha, deb berilgan. Buxoro amirining soliq yig‘ish daftarida Siplon kenti shaklida ro‘yxatda bor. Qishloqlarning kelib chiqish joyi bo‘lgan Siplon Kentidan bo‘lgan 220 ga yaqin qishloqlar ro‘yxati soliq daftarida mavjud. Buxoro amiri shu ro‘yxat asosida soliq yig‘dirgan.

Jurnalist: Ajoyib, demak, bu ma’lumotlar, nafaqat, nom ildizini, balki, tarixiy boshqaruv tizimini ham yoritib beradi. Ko‘p joy nomlari vaqt va talaffuz ta’sirida shaklan o‘zgargan bo‘lsa-da, ularning ma’nosi va tarixiy ildizi saqlanib qolgan ekan-da? Izlanuvlaringizga ko‘ra, Siplon Kentidan bo‘lgan qishloqlar ro‘yxati qanday ma’lumotlarni taqdim etadi va ularning tarixi haqida nimalarni ko‘rsatadi?

Ibodat Rajabova: Izlanishni davom ettirdik. Haqiqatning jamoli go‘zal ekan. Afrosiyobning o‘g‘li Ark qo‘rg‘oni janub tomonida shu kentni qurib, unga o‘z nomini qo‘ygan ekan – Surxa. Zamon, davr o‘tishi bilan so‘z shakli o‘zgargan. Safed mosha – Surxa mulki, degani. Safed mo‘y, Siplon ham shu ma’noda kelgan. Shu o‘rinda, Ajinatepa qabristoni va uning nomi Afrosiyob avlodlari bilan qanday bog‘langani xususida ham to‘xtalib o‘tsam. Biz, Firdavsiy izidan, ko‘rsatmasiga asosan, ish olib borib, ko‘pdan ko‘p yangi faktlarga duch keldik. Bu g‘aroyib topilmalardan o‘zimiz ham behad sevindik. Romitan tumanida Ajinatepa qabristoni bor. Bu hududda yashab kelayotgan xalq sal hadiksirab gapiradi. Go‘yoki, bu yerda g‘ayrioddiy kuchlar bor emish. Aslida, bunday emas. As-Sam’oniy bu shahardan yetishib chiqqan olimlarga «Ajinasiy», deb murojaat qiladi. Ularning nom, nasabini keltiradi. Biz Ajinatepa o‘tmishi ildizlarini topdik. Kent Afrosiyobning nabirasi – Arjostning shahri ekanligi yuz ko‘rsatdi. Bundan tashqari, tarixga boy G‘ijduvon tumanida Armechak tepaligi va qishlog‘i bor. Armechakliklar bu joy nomi ifodasini «to‘rtta masjidi bor qishloq», deb sharhlaydilar. So‘z qobig‘i yillar, asrlar shamoli ta’sirida o‘zgargan. Aslida, shahar Arjost qurgan kent bo‘lgan. Shuningdek, Peshku tumanining Varaxsha cho‘li etagiga tutash qishloq bor. Shavgon. Nomi o‘ta qadimiy. Qishloq xalqi iltimosi asosida izlanish olib bordik. Ko‘plab lug‘atlarni, jumladan, «Burxoni qo‘te», «G‘iyos ul-lug‘ot», «Farhangi Shohnoma», «Qutadg‘u bilik», Gardiziy, Muqaddamiy, Tabariy, Malexoi Samarqandii, «Ashkol ul-olam» (Jayhoniy), «Farhangi zaboni tojiki” kitoblaridan izladik. Lekin, ularning hech birida «Shavgon» so‘ziga duch kelmadik. Shavgon qishlog‘i ahli ko‘p intizorlik tortgan kunlarning birida Shavgon nomlanishi jamoli muborakini ko‘rsatdi. Firdavsiy aytdi, Afrosiyob o‘g‘li Sheda ham shahar qurgani yodimizga keldi. Qishloq shimolida katta qabriston ham bor. Ana o‘sha qabriston joyi Shedaning kenti bo‘lgan. Shedagon – Sheda avlodi maskani – Shavgon. «Gon» so‘g‘d tilida ko‘plikni bildiruvchi qo‘shimcha. Arablar ko‘p kentlarning nomini o‘zgartirib, o‘zlari, vakillarining nomlarini qo‘yib, aholini chalg‘itganlar. Shavgon – eski shahar qoldiqlari nomi bugun Bo Arab qabristoni, deb ataladi.

Jurnalist: Ali Safiy o‘zining «Rashaxot» kitobida Hoja Orif Mohitobonning muridi va Shovre qishlog‘ining tarixi haqida ma’lumot beradi. Siz, bu qishloqni tiklagan Afrosiyobning Sheda ismli o‘g‘li va uning Hasani Balohur kabriston bilan bog‘liqligi haqida kengroq ma’lumot bersangiz.

Ibodat Rajabova: Ali Safiy o‘zining «Rashaxot» kitobida piru murshidlar haqida ma’lumot beradi va Xoja Orif Mohitobonning muridi to‘g‘risida xabar beradi. «Hasan Shovre Shovre dehasidandir» deydi. Shovre maqola muallifi tug‘ilib o‘sgan qishloq shimolidagi qadimiy qishloq. Yaxshiyamki, bu qishloqni kim tiklaganini «Shohnoma» shahodat berdi. Afrosiyobning Sheda ismli o‘g‘li asos solgan ekan. Shu kecha-kunduzda bu joy qabriston. Nomi – Hasani Balohur… Ali Safiy o‘zining «Rashaxot» kitobida piru murshidlar haqida ma’lumot berib, Xoja Orif Mohitobonning muridi to‘g‘risida xabar beradi. «Hasan Shovre Shovre dehasidandir», deydi. Shovre maqola muallifi tug‘ilib o‘sgan qishloq shimolidagi qadimiy qishloq. Yaxshiyamki, bu qishloqni kim tiklaganini «Shohnoma» shahodat berdi. Afrosiyobning Sheda ismli o‘g‘li asos solgan ekan. Shu kecha-kunduzda bu joy qabriston. Nomi – Hasani Balohur.

Jurnalist: Vobkent tumani tarixi va nomining paydo bo‘lishi haqida ham to‘xtalsangiz. Bilishimizcha, ayrim qishloqlar nomini zamonaviylashtirish harakatlari amalga oshmagan. Sizning-cha, aholi ota-bobolardan meros bo‘lgan nomlarni himoya qilishda qanday fikrda?

Ibodat Rajabova: Vobkent. Oldin tuman nomi Komot bo‘lgan. Suv xazinasi bo‘lmish Zarafshon daryosining sersuv irmog‘i tuman quyosh chiqaridan oqib o‘tgani sababli ariq, rud, komalar ko‘p, nomlanishi ham shunga qarab bo‘lgan. Ya’ni, Komot. Koma – ariq, «ot» esa, ko‘plik shaklini bildiruvchi so‘g‘d tilidagi qo‘shimcha. Ariqlari ko‘p joy ma’nosini bildirgan. Keyinchalik esa, nomlanish shaklini o‘zgartirgan, lekin, ma’no o‘sha: Vobkent – Obkent. Ob – suv, kent – shahar, qal’a, hisor, diza, aniqroq qilib aytsak, suv, daryo, rud, irmoq yonida joylashgan shahar, degani. Shu sababli ham tumanda suv bilan bog‘liq qishloq, guzar, shaharchalar ko‘p uchraydi. Millat, elat, kasb-korni bildiruvchi joy nomlari ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Tumanda juda qadimiy qishloqlar mavjud. Nomlanishini zamonaviylashtirmoqchi bo‘lgan ayrim mutasaddilarning niyati amalga oshmadi. Chunki, odamlar ota-bobolari yashab, nom qo‘yib, meros qilib qoldirib ketganlari tabarruk-da. Masalan, Sakbiyon. So‘z shaklini o‘zgartirgan. Ayrim odamlar tushunmay, Sakgo‘yon, deganlar. Ya’ni, itni bu qishloq ahli sak, deydi, deb. Aslida, bu nomlanish juda qadimiy bo‘lib, ma’nosi Sug‘diyondir. So‘g‘d elati yashaydigan qishloq ma’nosida.

Jurnalist: Vobkentning «Shakarkent» qishlog‘i ham bor. Vaqt o‘tishi bilan Shikorkentdan Shakarkentga o‘zgargan, deyishadi?

Ibodat Rajabova: Shakarkent. Bu nom Vobkentda mashhur. Katta hududni qamrab olgan Shakarkent Vobkent markazining quyosh chiqar, ariq, ko‘klik yarim o‘rmoni bor tomonida joylashgan. Bu yerda ovchilar qal’asi joylashgan bo‘lgan. Suv serob, baliq, suv mushugi, yarim o‘rmon bag‘rida yovvoyi jonzotlar ko‘pligi sabab ovchilar rizqi tayin bo‘lganligi uchun qal’a nomi «Ovchilar shaharchasi» deb nomlangan. So‘g‘d-tojik tilida ovchini shikorchi, deyiladi. Yillar o‘tib, nomlanishi Shikorkent emas, Shakarkent bo‘lib qolgan.

Jurnalist: Ma’lumki, Buxoro tarixida Bonobiy, degan olim o‘tgan. Uning namoz va vijdoniga sodiqligi haqidagi bir voqea borki, u Vobkent tarixida hali-hanuz e’tiborga ega…

Ibodat Rajabova: Vobkentda ikkita qishloq bor. Zarafshon katta irmog‘ining yuqori, pastida joylashgan. Yuqori tomondagisi – Bonob (Boloi ob – suvning yuqori qismidagi qishloq degani), pastdagisi – Ponob (Poyoni ob – suv arig‘ining pastida joylashgan yashash maskani, degani).

Tarixda Bonobiy (Boloi Obi), degan katta olim o‘tgan. U umrida bir marta bo‘lsin, vijdoniga xilof ish qilmagan, parhezkor odam bo‘lgan. Qishlog‘ining masjidida imom bo‘lib, har kuni azonni aytar ekan. Bir kuni peshin namozida azon aytib tursa, chopar Buxoro podshohidan uning nomiga noma keltiribdi. Bonobiy azonni aytib bo‘lib, masjidga kirayotsa, xat xabarini unga aytibdilar. Bonobiy xatni qo‘liga ham olmabdi va: «Mening shodshoh bilan gapu harfim yo‘q, men bunday shaxs yozgan maktubni olmayman», deb namoz o‘qishga kirib ketibdi. Chopar xatni olib, ortiga qaytibdi. Buxoroga yetib olib, xatni podshohga qaytarib berayotib: «Bonobiyning siz bilan ishi yo‘q ekan. Podshoh men bilan qachon yaxshi bo‘lgan ekankim, menga xat yozadi. Men bunday shubhali xatni olib, o‘qimayman», desa, podshoh qornini ushlab kulibdi. «Mening xatimni o‘qimaydigan odam bor ekanmi?»- deb. Bu hodisa Bonobiyning shaxsiyat va e’tiqodini ochib beradi…

Albatta, Buxoroda olimdan ko‘p va xo‘b bo‘lgan. Sizga ma’lummi-yo‘qmi, xuddi shunday yana bir qishloq bor, Bisbiriy. Shu qishloqdan tarixchi olimlar chiqqan. Qishloq nomini nasablariga qo‘shganlar. Bisbiriy, bisbiriylik, deb. Ushbu qishloq oldida bir tepalik bor. Tepalik nomi Boski Biruloniy. Qishloq nomi shundan kelib chiqqan. Ma’nosi Birulon qurgan bino, qal’a, hisor, degani. Kim u Birulon? Tarixning, «Shohnoma» kitobining ma’lumot berishicha, Afrosiyobning turk vazirining nomi Birulon ekan. O‘sha vazir qurdirgan bino bugun qishloq nomi, Olimlar nasabi bo‘lib turibdi. Qadimiylikni qarang. Yana bir qishloq bor. Nomi So‘fidehqon. Qabristoni ham bor. 18 ta tug‘ ko‘tarilgan qabristonda. Aslida-chi, qishloq nomi so‘g‘dcha bo‘lib, dala hovli ma’nosini bildiradi.

Jurnalist: Anjir Fag‘naviy nomi qanday afsonalar va xalq e’tiqodi bilan bog‘langan?

Ibodat Rajabova: Anjir Fag‘naviy. Bu ibora buyuk pir nomiga tegishli masnad. Aslida, ajir – botirlar, fag‘na – paxsa devorli qal’a, degani. Bu Afrosiyob davridagi shahar nomi bo‘lib, Ajir Fag‘na – Bahodiri ko‘p devori paxsadan bo‘lgan kent, degani. Chunki, «anjir» so‘zi lug‘atda bo‘lmagan. Anjir – ajirning eskirgan shakli. Bu qishloq ahli esa, pir nomiga har xil ertaklar bog‘lab yuribdilar. Shunga hamohang Pirmast qishlog‘i bo‘lib, bunda ham biz ko‘p izlanishlar olib bordik. Bu qishloq tarixi borib, Afrosiyobning o‘sha turk vaziri Birulonga taqaladi. Shu nomli ariq bor – Pirmast arig‘i. Aniqlasak, eramizdan ilgari yashagan Afrosiyob vaziri Birulon qazdirgan ariq, degani ekan. Pirmas – Birmas, Birulon tashkil etgan yashash joyi, degani ekan.

Shuningdek, Vobkent tumanida ham eski kent joyi bor. Bu Narshaxqal’adir. Buyuk tarixchi Narshaxiy shu dizada tug‘ilib, o‘sgan. Somoniylar tarixnavisi bo‘lgan. Xo‘sh, kent nomi nega Narshaxqal’a? Tojikiston FA akademigi Asror Muxtorov shunday ma’lumot beradi. «Somoniylar Bahromi Cho‘binaning Oliy Somon nomli o‘g‘lidan tarqalgan avlod. Ular Buxoroda 102 yilu 20 yarim kun podshohlik qildilar. Ular shu yillar davomida uchta shahar (qal’a) qurdilar. Uchta shaharning ikkitasi Tojikiston hududida borligi ma’lum, bitta shaharlari noma’lum». («Somoniylarning amir va vazirlari» kitobi. 1997 yil, Dushanbe, «Oliy Somon» nashriyoti) Shu yerda yana bir narsani aytib o‘tishim kerak. Izlanishlar davomida «Osor ul-vuzaro» kitobini varaqlashga to‘g‘ri keldi. Muallifi – Sayfiddin Hojiy. U o‘z asarida somoniylar haqida ham (5-bobda) ma’lumot bergan. Bizning-cha, Sayfiddin Hoji Gardiziy, Istariy, Firdavsiy, Muqaddamiy kabi tarixchilar kitobidan foydalangan. Hoji somoniylar haqida yozib, shunday misralarni (fors tilida) qalamga oladi: «No‘h tan bu dand zi Oli Somon mazkur, Ismoilu Ahmadi (savim) Nasr Du No‘hu du Abdumaliku du Mansur». Tarjimasi: Mazkur Oliy Somon avlodidan 9 kishi edilar. Xuroson mamlakatini boshqarish (obod etish)da mashhur Ismoil, Ahmad (uchinchisi), Nasr, iiki No‘h, ikki Abdulmalik, ikki Mansur. Bu axborotni nomlanish nuqtasi nazaridan ko‘rsak, No‘h – Shohi Muzaffari Oli. 9 ta zafar (podshohlik)ga erishgan shoh, podshoh bo‘lib chiqadi. Yillar o‘tishi bilan so‘zlar nomlanishiga aylangan Narshax, Narchoh, No‘hshohi muzaffari oliy. Bu bizning Narshaxqal’a nomi. Demak, somoniylarning 3 qurgan kentlari bu bizning Narshohqal’amiz bo‘lib, uning hududi 200 ga bo‘lgan. Vobkent daryochaning shundoq yuqori qismida joylashgan.

Jurnalist: Qiziqarli suhbat uchun rahmat. Yana albatta, sizdan mana shunday tarixiy izlanishlar yuzasidan ajoyib suxbatlar kutib qolamiz. Charchamang!

 

 

 

 

 



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Zamon sarhadlariga sig‘magan Parfyonov

Published

on


Bizning ajdodlar ilgari zamonlardan Zarautda yashashgan. 45 yillik umrini shu yerda o‘tkazgan otam usta Rahmonberdi o‘tgan asrning 30-yillarida Zarautni eng so‘ng tark etganlardan biri bo‘ldi. Qayerda bo‘lmasin, Zaraut haqida gap ketar ekan, u o‘zgacha ruh olar va bir-biridan qiziq hikoyat-rivoyatlarni zavq-shavq ila aytib berardi: Zarautsoyning tillarang do‘ngliklarida sayr etuvchi zar kokilli parilar, Boburxon (otam tasvirida Movurxon) tilsimlab ketgan qirq xachirga yuklangan boylik, mazkur xazina tilsimini ocholmay, quruq qo‘l bilan qaytib ketgan hindiy, xazinani haqiqiy sohibi uchun avloddan-avlodga saqlagan zarautliklar…

Oradan ko‘p yillar o‘tganda tushundimki, Zarautsoyda ilgaridan tosh qizil suratlarining mavjudligi odamlar xayolini o‘g‘irlab tilsimlangan xazina haqidagi afsonalar to‘qilishiga olib kelgan.

Ibtidoiy ajdodlar mezolit (o‘rta tosh), neolit (yangi tosh) va bronza davrlarida – bir necha o‘n mingyilliklar mobaynida – Zarautsoy tasvirlarini yaratganlar, ushbu g‘aroyib maskanga odamlar tashrifi haqidagi keyingi bir necha yuz yilliklarning xabarlari ham bugun bizning ixtiyorimizda. X–XIII asrlarga oid arab yozuvlari, XV asrda hazrat Alisher Navoiy shu yerlardan o‘tib, o‘z taassurotlarini «Sab’ai sayyor» dostonida aks ettirgani, XVI asrga oid Mirzo Bobur Zarautsoyda qoldirgan izlar, 1912-yilda harbiy topograf Fyodorov Zarautkamar suratlaridan nusxalar olgani va boshqalar…

Ammo, Zarautsoyning ilmiy o‘rganila boshlangani va uning dunyoga mashhur bo‘lishi haqli ravishda Gavriil Vasilevich Parfyonovning nomi bilan bog‘lanadi.

Parfyonov birinchi bo‘lib Zarautsoy rangtasvirining bebaho ekanini aniqladi, ilmiy jamoatchilik e’tiborini unga qaratdi, o‘rganilishi, muhofazasi va saqlab qolinishi uchun zarur ishlarni amalga oshirdi. O‘sha payt mutaxassis olimlarning umumiy fikriga ko‘ra: «Bu O‘rta Osiyoda eng qadimiy qizil qoya rasmlarining birinchi bor topilishi edi».

Parfyonovning tashabbusi va tashkilotchiligi bilan Zarautsoyga 1940, 1943 va 1945-yillarda ekspeditsiya uyushtirildi va u jahonda mashhur bo‘ldi. Mazkur qoya suratlari bugungi kunda ham mamlakatimizning eng qadimiy tarix va san’at yodgorligi hisoblanib turibdi. U ma’naviyatimizning ilk beshigi, fan uchun tabiiy-tarixiy manba, ijodkorlarga ilhom chashmasi, yosh avlodlarga ta’lim-tarbiya o‘chog‘i…

Parfyonov 1944-yili viloyat o‘lkashunoslik muzeyida maxsus Zarautsoy zalini jihozladi, viloyat ijroiya qo‘mitasining qarori bilan Zarautsoy kompleks qo‘riqxonasi tashkil etilishiga erishdi, 1946-yil 8-iyulda Zarautsoy Davlat kompleks qo‘riqxonasi chegaralarini tasdiqlash to‘g‘risida Sherobod rayoni ijroiya qo‘mitasining qarorini chiqartirdi…

Afsus, G.V.Parfyonovning «Zarautsoy qoya rangtasviri» deb nomlangan asosiy ilmiy ishi nashr etilmay qoldi.

Xullas, Zarautsoy Parfyonovning asosiy xizmati bo‘lgan edi.

Shu bilan birga, Parfyonov o‘tgan asrning 30–50 yillarida yurtimiz moddiy madaniyat yodgorliklarini o‘rganish, ularni saqlash va kelgusi avlodlarga yetkazish, Surxondaryo viloyat o‘lkashunoslik muzeyi va hayvonot bog‘ini tashkil etish, xalqimiz, ayniqsa yosh avlodni o‘tmish merosiga muhabbat ruhida tarbiyalash va boshqa shu kabi ishlarda matonat, fidoyilik, kerak bo‘lsa jasorat ko‘rsatib, ilm-fan, madaniyatni rivojlantirish yo‘lida beminnat, beg‘araz xizmat qilib, zahmat chekib faoliyat yuritgan insondir. Shuningdek, bu inson tashabbusi bilan tuzilgan Sheroboddaryo kompleks arxeologik ekspeditsiyasi Boysun tog‘larida 25 ta g‘or va kamar (shularning ichida Teshiktosh va Amir Temur g‘orlari ham bor edi) topdi, Ko‘hitangda 7 ta g‘orni aniqladi. Zarautsoy ulardan biri. Uning kuch-g‘ayrati bilan viloyat muzeyi qoshida boy ilmiy kutubxona tashkil topdi. Jasoratli va fidoyi insonning qat’iyligi tufayli viloyat hududidagi ko‘pgina yodgorliklar buzib yuborilishdan saqlab qolindi. Masalan, Sulton Saodat me’moriy majmuasi Parfyonov bo‘lmaganida yo‘q bo‘lib ketishi shubhasiz edi.

Gavriil Vasilevich Parfyonov yagona tabiat, tarix, madaniyat va san’at kompleks yodgorligi sifatida qaragan Zarautsoy va uning yon-atrofidagi hudud o‘sha paytlardanoq insonning yovuzlarcha aralashuvidan ozor chekardi. Masalan, Ko‘hitang tog‘larida brakonerlarning yovvoyi burama shoxli echki va arxarlar hamda jayronlarga qiron keltiruvchi harakatlariga tegishli idoralarning e’tiborini jalb etdi, jalb etdigina emas, balki bong urdi. U matbuotda suvni tejash, yerlarni buzilishdan saqlash masalalarida ko‘plab chiqishlar qilgan…

Parfyonov viloyatimizda ommaviy-o‘lkashunoslik harakatini avj oldirdi. Uning eng yaqin yordamchilari maktab o‘quvchilari edi. To‘garaklardan birining ishini shaxsan Parfyonov olib borardi. Termiz shahridagi ana shunday to‘garak a’zolaridan biri jahonga taniqli rassom bo‘lib yetishdi. Bu Ro‘zi Choriyev edi va uning ijodkor rassom sifatidagi birinchi qadami Parfyonov boshchiligida chiqib borishgan Zarautsoy suratlarini chizishdan boshlangandi.

Familiyasi qadimda o‘ggan davlat Parfiyaga kelishib ketishi, turgan-turishi g‘ayrioddiy insonning beqiyos ishlarini afsonadek hayratomuz eshitib, ulug‘dan ulug‘ sarhadlarga yondashgan kabi anglab, shunday odamlar ham bo‘lib o‘tganini ajib bir tug‘yonlar aro sezib yurganmiz. Ammo ming eshitgandan ko‘ra bir ko‘rgan afzal, deydilar. Shu ma’noda «Zarautsoy tilsimlari» kitobi uchun material yig‘ib kutubxona, muzey fondlari, eski davriy nashrlar taxlamlarini varaqlaganda, Parfyonov nomiga shunchalar ko‘p duch keldimki, bunday xizmatlarni bajo etishga har kim ham qodir emasligini anglaganman.

Parfyonovning hayoti hazrati inson har qanday sharoit, har qanday holatda ham ma’naviy kamolot yo‘lida charchamasligini anglatuvchi o‘rnak-namuna bo‘lib tuyuladi mening nazarimda.

Ushbu satrlar muallifi ancha vaqtlardan beri Zarautsoy bo‘yicha izlanishlar olib boraman, mavzuga oid o‘nlab maqolalar yozdim, maxsus kitob chiqardim, tarix va san’at yodgorligini targ‘ib etish, muhofaza qilish maqsadida tashkil etilgan «Zarautsoy» jamoatchilik markazini boshqaryapman, O‘Zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi jamoat Fondining Zarautsoyga oid davlat grantini amalga oshirgan odam o‘z tajribamda bunga iymon keltiraman.

Yurtimiz madaniyati va ma’naviyati uchun eng bebaho xizmatlar qilgan, olamshumul kashfiyotlarning boshida turgan, osori atiqalarimizning qo‘riqchisi bo‘lgan, Sulton Saodatdek muqaddas ziyoratgohni saqlab qolgan, zamon sarhadlariga sig‘magan orzular sohibi Gavriil Vasilevich Parfyonovning tarjimai holini tuzukroq bilmadik, u haqdagi ma’lumotlarni uzoq yillar izladik.

Toshkentlik yozuvchi Yuriy Fliginning qo‘limizga tushgan kitobi orqali Gavriil Vasilevich Parfyonov 1897-yil 23-mart kuni Rossiyaning Smolensk shahrida tug‘ilgani, gimnaziyada o‘qigani, armiyada xizmat qilgani, 1927-yildan Smolensk o‘lkashunoslik muzeyida ishlagani, yoshlik orzusini amalga oshirib, 1930-yilda Samarqandga va keyin esa Surxondaryoga kelganini bildik. Surxondaryodagina uning chin tadqiqotchilik va tashkilotchilik qobiliyatlari ochiladi, pedagogik mahorati namoyon bo‘ladi, faqat shu yerdagi xizmatlari uchun G.V.Parfyonovga «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi» faxriy unvoni beriladi, «Shavkatli mehnati uchun» medali bilan ham mukofotlanadi.

Parfyonov 1967-yili og‘ir xastalikdan so‘ng vafot etadi.

Gavriil Vasilevich Parfyonovdek insonning xotirasi biz uchun ta’zim bajo keltirishga arzigulikdir.

Abdulla Xolmirzayev.

 

 

 

 

 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Avtohalokatga uchragan mashinadan katta miqdordagi dori topildi

Published

on


Ko‘p miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari egalariga yetib bormadi. 

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bojxona qo‘mitasi hamkorligida Andijon viloyatida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda dorifurushlar tomonidan Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilgan katta miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasining noqonuniy muomilasi oldi olindi. 

Xususan, Andijon shahri hududida avtohalokatga uchragan «Changan CL03» rusumli avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, avtomashina salon qismida 5071 dona «Regapen» nomli kuchli ta’sir qiluvchi vositasi borligi aniqlanib, prosessual tarzda rasmiylashtirib olindi. 

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 251 prim 1-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 2 nafar O‘zbekiston fuqarolari gumonlanuvchi tariqasida jinoyat ishiga jalb qilindi. 

Tergov harakatlari davom ettirilmoqda. 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Bugun ikki hududda yomg‘ir yog‘ishi kutiladi

Published

on


Bugun kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda qor yog‘adi. Toshkent viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° iliq, shimolda 3-8° iliq bo‘ladi. 

Poytaxtimizda kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-13° iliq bo‘ladi. 

 Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq bo‘ladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Sobiq deputat, multi-millioner va avtobloger. Sanjar Karimov kim o‘zi?

Published

on


Ijtimoiy tarmoqda Real Sanjik taxallusi bilan tanilgan Sanjar Karimov atrofidagi mojaro yangi bosqichga ko‘tarildi. Hashamatli hayotini ko‘z-ko‘z qilib, o‘zini juda boy inson sifatida ko‘rsatuvchi Karimovga nisbatan jiddiy ayblovlar qo‘yilib, qamoqqa olindi. Ayrimlar hibsni “toshkentlik bir qizning oilasidan uyi olib qo‘yilishi voqeasi” bilan bog‘lashyapti. Xo‘sh, Real Sanjik kim va nima ish bilan shug‘ullangan?

{Yii::t(}

O’tkazib yuborish 6s

O’tkazib yuborish

Real Sanjik kim?

Xalq orasida Real Sanjik nomi bilan tanilgan tadbirkorning asl ismi – Sanjar Karimov. U 1990 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. Intervyularidan birida yoshligida professional karate bilan shug‘ullangani, hatto O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi tarkibiga ham jalb qilingani haqida aytib o‘tgan. Talabalik yillarida bir muddat AQShda yashagan.

Uning omma e’tiboriga tushishi bo‘lajak turmush o‘rtog‘iga “Bunyodkor” stadionida baxosi taxminan 300 ming dollar turadigan Bentley Continental avtomobilini sovg‘a qilishidan boshlanadi. O‘sha voqeadan so‘ng uning shaxsi bilan qiziquvchilar ko‘payadi.

Karimov, shuningdek, bir muddat Bektemir tumani deputati ham bo‘lgan.

4 mln dollarlik villa va 35 ta mashinali “garaj”

2024 yilda bloger Jahongir Latipovga bergan intervyusida Real Sanjik 4 million dollarlik villa va 35 ta mashinadan iborat avtoparki borligini aytgan.

Shov-shuvli suhbat davomida 35 yoshli Karimov asosan avtomobillari, qimmatbaho saotlar, ko‘chmas mulk ta’miri, hashamatli hayot tarzi va shunga o‘xshash narsalar haqida gapirgan.

Jahongir Latipov uni “O‘zbekistonning eng boy fermeri” deya ta’riflagan.

Ko‘rsatuvda boylik va xashamatga yo‘g‘rilgan hayot tarzini ko‘z-ko‘z qilarkan, hikoyamiz qahramoni aynan nima ish qilishi va asosiy daromadi qayerdan kelishi haqida aniq ma’lumot bermagan.

Sanjar Karimov qanday boyigan?

Ochiq manbalarga ko‘ra, Karimov Sanjar Baxrom o‘g‘li O‘zbekistonda tashkil etilgan bir qancha korxona va tashkilotlarning ta’sischisi va rahbari hisoblanadi.

Xususan, u g‘alla, urug‘lar va hayvonlar uchun ozuqalarning ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi “Agro Export Group Incorporation” MChJda 99,9 foiz, “Agro Martis” MChJda 100 foiz, yog‘och, qurilish materiallari va sanitariya-texnik uskunalar ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi “Property Clouds” MChJda 50 foiz ulushga egalik qiladi.

 

Bundan tashqari, Karimov Agro Export Group orqali Trade&Production International’da 24 foiz, PetroGroup NRG’da 52,5 foiz, shuningdek, Agro Export Group va Agro Martis’lar orqali O‘zbekiston Urug‘chilar assotsiatsiyasida 33,3 foiz ulushni nazorat qilib keladi.

 

Tadbirkor asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun ozuqalar, qurilish mahsulotlari hamda yoqilg‘i ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarda ta’sischi yoki ulushdor sifatida keltirilgan.

Nizoli uy voqeasi

Shu yilning oktyabr oyida Toshkentda yashovchi Jamila Olimboyeva o‘zi va oilasi firibgarlik qurboni bo‘lganini ma’lum qilib, ijtimoiy tarmoqlarda videomurojaat qoldirdi. Qizning so‘zlariga ko‘ra, yigiti Shahzod Rismatov qariyb 70 yoshga kirgan ota-onasini uyni 12 kunga vaqtincha “garovga qo‘yishga” ko‘ndirgan, shundan so‘ng turar joy oldi-sotdi sifatida rasmiylashtirilib, Sanjar Karimov nomiga o‘tkaziladi.

Oradan ko‘p o‘tmay Shahzod Rismatov yo‘qolib qolgan. Keyinchalik uning qochib ketgani ma’lum bo‘ladi. Olimboyevaning ushbu da’vosidan so‘ng Sanjar Karimov uyni egalaridan 240 ming dollar naqd to‘lov evaziga sotib olganini aytib chiqdi.

Rismatovga nisbatan firibgarlikning bir nechta epizodlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va qochoq “kuyov” 21 noyabr kuni 9 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Nizoli uy masalasi fuqarolik ish yuritish tartibida hal etilishi belgilandi.

Gazeta’ning yozishicha, jabrlanuvchi Aliboyevlar oilasi advokatlari ish doirasida Sanjar Karimovning harakatlariga ham huquqiy baho berishni talab qiladi. Sudya iltimosnomani qanoatlantirib, prokurorni xabardor qilishga qaror qilgan.

Sud hukmidan keyin Jamila Olimboyeva barcha bosimlarga qaramay, uni qo‘llab-quvvatlagani va adolat uchun kurashgani uchun Diyora Usmonovaga minnatdorchilik bildirib, post joyladi

Real Sanjik’ning qamoqqa olinishi

Shahzod Rismatovning qamalishidan bir necha kun o‘tgach, jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining 28 noyabrdagi ajrimi bilan Sanjar Karimovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi. U o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish hamda giyohvandlik vositalari tayyorlash yoki saqlashda gumonlanyapti.

Uni qamoqqa olish haqidagi iltimosnomani Mirobod tuman sudiga Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari kiritgan. Sudning 2025 yil 28 noyabrdagi ajrimi bilan, iltimosnoma qanoatlantirilib, ayblanuvchi Karimovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanishi va tergov hibsxonasiga joylashtirilishi belgilangan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Buxoroda dorixona mudirining uyidan qariyb 335 mln so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari topildi

Published

on


Olot tumanidagi ijtimoiy dorixona mudiri 17 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini fuqaro A.J.ga sotgan vaqtida ushlangan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olot tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida tumandagi ijtimoiy dorixona mudiri S.B. chakana realizatsiya uchun litsenziyaga ega bo‘lmasa-da 17 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini fuqaro A.J.ga sotgan vaqtida ushlangan.

S.B.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, 73 turdagi umumiy bahosi 334,6 mln so‘mlik dori vositalarini saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.