Iqtisodiyot
Amerikaning Chevron kompaniyasi “Lukoyl” aktivlarini sotib olishni o‘ylayapti
AQShning Chevron neft kompaniyasi sanksiyalar ostida qolgan Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasining chet eldagi ayrim aktivlarini sotib olish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Reuters agentligi beshta manbaga tayanib 17 noyabr kuni shunday xabar berdi.
Foto: Emin Djafarov / Kommersant’
Manbalar ma’lumotiga ko‘ra, Amerika energetika giganti “Lukoyl”ning barcha emas, faqat Chevron bilan aloqador yoki kesishuvchi aktivlarini sotib olish variantlarini o‘rganmoqda. Masalan, ikki kompaniya ham Qozog‘istondagi Qarachaganak va Tengiz konlarida neft qazib oladi. Bundan tashqari, “Lukoyl”ning Nigeriyadagi OML-140 dengiz shelfida joylashgan loyihada ulushi bor, bu yerda operator sifatida Chevron faoliyat yuritadi.
Amerika kompaniyaning Reuters so‘roviga javoban “Lukoyl” aktivlarini ehtimoliy sotib olish haqidagi ma’lumotlarni izohlashdan bosh tortdi, faqat kompaniya o‘z faoliyatiga taalluqli barcha qonun va qoidalarga rioya qilishini ta’kidlash bilan cheklandi.
Bundan oldin Reuters “Lukoyl” aktivlarining ehtimoliy xaridorlaridan biri sifatida AQShning Carlyle investitsiya kompaniyasini tilga olgan, uning bitimni o‘rganishi jarayoni “ilk bosqichda” ekani qayd etilgan edi.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, xalqaro bozorda Rossiya kompaniyalari orasida eng keng tarmoqqa ega korxona aynan “Lukoyl” hisoblanadi. Rossiya neft giganti Yevropada neftni qayta ishlash zavodlarida ulushlarga, shuningdek Iroqdan tortib Qozog‘istongacha bo‘lgan hududlarda joylashgan neft konlarida katta ulushlarga ega. Kompaniya brendi AQShdan to Belgiya va Ruminiyagacha bo‘lgan hududdagi AYoQSh (avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari) tarmoqlarida ham mavjud.
Rossiyaning “Lukoyl” va “Rosneft” neft qazib oluvchi kompaniyalari, shuningdek, ularning 34 ta shu’ba tuzilmasi joriy yil oktyabr oyida AQSh va Britaniya sanksiyalari ostiga tushgan. Bu qaror Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan urushi fonida qabul qilingan.
Shundan so‘ng “Lukoyl” o‘zining chet eldagi aktivlarini sotishga qaror qildi. Dastlabki xaridor sifatida, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning do‘sti Gennadiy Timchenko hammuassislaridan biri bo‘lgan Shveytsariyaning Gunvor kompaniyasi ko‘rib chiqilgan edi.
Vashington bu bitimni to‘sdi, Gunvor’ning Moskva bilan yaqin aloqalariga ishora qilib, Ukrainadagi urush tugamaguncha bu kompaniyaga biznes yuritishi uchun litsenziya bermasligini ma’lum qildi.
Iqtisodiyot
Dollar va yevro qiymatlari oshdi
Markaziy bank 2025-yil 10-dekabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 13,09 so‘mga oshib, 12 003,18 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 12,86 so‘mga oshdi va 13 987,31 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 16 020,64 so‘m (+18,67).
Rossiya rubli 156,68 so‘m etib belgilandi (-1,27).
Iqtisodiyot
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61 mlrd dollardan oshdi
Noyabr oyida zaxiralar 1,9 milliard dollarga o‘sdi, yil boshidan esa ular 20 milliard dollarga oshdi. Bu, avvalo, oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.
2025 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61,23 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Noyabr oyida zaxiralar 1,9 milliard dollarga o‘sdi, yil boshidan esa ular 20 milliard dollarga oshdi. Bu, avvalo, oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.
Oltinning fizik hajmi ketma-ket ikkinchi oy oshdi. Noyabrda u 310 ming troya unsiyaga (9,64 tonna) oshib, 12,23 million unsiyaga (380,4 tonna) yetdi.
Oltin zaxiralarining qiymati 3 milliard dollarga oshib, 50,86 milliard dollarga yetdi.
Zaxiralarning valuta qismi esa 1,1 milliard dollarga kamayib, 9,8 milliard dollarni tashkil etdi.
Qimmatli qog‘ozlar hajmi avvalgi oyga nisbatan 503,3 million dollarga ko‘payib, 1,53 milliard dollarni tashkil etdi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlashga qariyb 17 trln so‘m sarfladi
O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar uchun 10 oyda 16,5 trln so‘m sarflagan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida sog‘liqni saqlash sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 16,5 trln so‘mga yetdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 15,4 % ga oshgan. Jami ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmida ushbu xizmat turining ulushi 2 % ni tashkil etgan.
Hududlar kesimida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi:
Toshkent shahri – 7,7 trln so‘m
Toshkent viloyati – 1,6 trln so‘m
Samarqand viloyati – 1,2 trln so‘m
Farg‘ona viloyati – 1,1 trln so‘m
Namangan viloyati – 747,7 mlrd so‘m
Andijon viloyati – 739 mlrd so‘m
Buxoro viloyati – 640,1 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati – 612,8 mlrd so‘m
Xorazm viloyati – 557,8 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati – 416,8 mlrd so‘m
Jizzax viloyati – 398,8 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati – 293,1 mlrd so‘m
Qoraqalpog‘iston Resp. – 285,6 mlrd so‘m
Navoiy viloyati – 269 mlrd so‘m.
Iqtisodiyot
Xitoylik investorlar Jizzaxdagi volfram konini ishga tushirmoqda
Qayd etilishicha, Nurota tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu kon O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik obektlardan biri hisoblanadi.
Jizzax viloyatida 2,5 million tonna volfram zaxirasiga ega Qo‘ytosh koni ishga tushish arafasida, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Xabarga ko‘ra, xitoylik investorlar yil oxirigacha konni tozalash ishlarini tugallaydi. Kelasi yilda esa ruda qazib olish jarayonlari boshlanadi.
Kon hududida volframni ajratib olish bo‘yicha zamonaviy qayta ishlash zavodi barpo etiladi.
Qayd etilishicha, Nurota tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu kon O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik obektlardan biri hisoblanadi.
Loyihaning birinchi bosqichida 100 nafarga yaqin fuqaro ish bilan ta’minlanadi va yiliga 150 ming tonna ruda qazib olinadi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 61,23 mlrd dollarga yetdi
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari, 1-dekabr holatiga, 61,23 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.
Zaxiralar noyabrda 1,9 mlrd dollarga (+3,2 foiz) o‘sdi, yil boshidan esa 20 mlrd dollarga (+48,7 foiz) oshdi. Bu avvalo oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.
Qolaversa, Markaziy bank sotib olgan qimmatli qog‘ozlar qiymati ham sezilarli darajada oshgan — noyabrda 503 mln dollarga ko‘payib, $1,52 mlrdga yetgan.
-
Sport3 days agoТуркия Суперлигаси. «Башакшеҳир» – «Фенербаҳче». Шомуродов ва Файзуллаев — асосий таркибда
-
Turk dunyosi5 days agoTurkiya qimor o’yini-onaviy tergovning bir qismi sifatida futbolchilar va sheriklar hibsga olingan
-
Turk dunyosi5 days agoTurkiya Rossiya quvur liniyali gaz ta’minotini bir yil davomida kengaytirmoqda
-
Hayot tarzi4 days agoDemi Xestemanning Jessi Gatikaulaning “Me’blari” ga qanday munosabatda bo’ldi
-
Iqtisodiyot3 days agoBMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bilan hamkorlikda qator loyihalar amalga oshiriladi
-
Iqtisodiyot3 days agoXitoylik investorlar Jizzaxdagi volfram konini ishga tushirmoqda
-
Turk dunyosi5 days agoTüriyatiye: 29 futbolchi o’yinchi janjalida hibsga olingan
-
Jamiyat4 days ago«Samarqand HET» turk kompaniyasi boshqaruviga beriladi
