Connect with us

Jamiyat

Abonentlarga sanitar tozalash xizmatini ko‘rsatishda cheklovlar mavjudmi?

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 fevraldagi “Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 95-son qaroriga muvofiq chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish tartibi belgilangan. 

 Mazkur qaror (1-ilova)ga ko‘ra “qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish” qoidalari tasdiqlangan. 

Qoidaga binoan sanitar tozalash korxonalari tomonidan abonentlarga qattiq maishiy chiqindilar ya’ni jismoniy shaxslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaxslarning faoliyati natijasida hosil bo‘luvchi organik va noorganik chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatiladi.

Ularning tarkibiga quyidagi: hududda va obodonlashtirish ob’yektlaridagi tabiiy jarayonlar natijasida hosil bo‘luvchi (oziq-ovqat, o‘simlik, yog‘och, shisha, rezina, qog‘oz, plastmassa, to‘qimachilik mahsulotlari, o‘rash-joylash (qadoqlash) materiallari, o‘zining foydalanish xususiyatini yo‘qotgan uy-ro‘zg‘or buyumlari), supurindi shuningdek, (qattiq yoqilg‘ida ishlovchi maishiy pechkalar va isitish bug‘qozonlaridan foydalanish natijasida hosil bo‘luvchi) chiqindilar kiradi. 

Shu o‘rinda, olib chiqib ketiladigan qattiq maishiy chiqindilarning miqdori cheklanmagan bo‘lib, xizmat sifatiga hududlarga xizmat ko‘rsatishda biriktirilgan sanitar tozalash korxonalari mas’ul ekanligini ma’lum qilamiz. 

Shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning minimal davriyligi ko‘p qavatli uylar yonidagi chiqindi to‘plash shoxobchalaridan — bir kunda bir marotaba hamda yakka tartibdagi turar joy sektori ya’ni mahallalardan “signal” usulida — uch kunda bir marotabani tashkil qiladi. 

 Ta’kidlash joizki, qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvali fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan kelishilgan holda belgilanadi. Bunda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq maishiy chiqindilarni saqlashning cheklangan muddati o‘tib ketmasligi lozimligiga ahamiyat qaratiladi. 

Qattiq maishiy chiqindi tarkibiga kirmaydigan quyidagi: suyuq va yirik gabaritli maishiy, chorvachilik, qurilish, tuproq, daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishdan hosil bo‘ladigan (daraxt va buta shox-shabbalari, barglar, kesish ishlari qoldiqlari) va smyot (yo‘l qoplamalarining yemirilish va yedirilish mahsuli) kabi chiqindilarni olib chiqib ketish xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan kelishilgan narxlarda alohida to‘lov evaziga amalga oshirilishi belgilangan. 

Bu borada fuqarolardan sohaga doir turli savollar yoki murojaat va e’tirozlar yuzaga kelganda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining kechayu kunduz ishlaydigan 1205 hamda 1275 ishonch raqamlariga qoldirish orqali tezkor va aniq ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumlikligini eslatib o‘tamiz. Qolaversa, tekshirilmagan ma’lumotlarga ishonmaslikni, faktchekingdan foydalanishni hamda ishonchli va rasmiy axborot manbalariga tayanishni so‘raymiz.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Toshkentda havoni ifloslantirayotgan korxona rahbariga chora ko‘rildi

Published

on


O‘rganish davomida ushbu sanoat korxonasida chang-gaz tozalash uskunasi mavjudligi, biroq belgilangan me’yorlardan ortiqcha ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan «TEXNOPARK» MChJ ga tegishli cho‘yan quyish sexining atmosfera havosiga zararli ta’siri ishchi guruh tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish davomida ushbu sanoat korxonasida chang-gaz tozalash uskunasi mavjudligi, biroq belgilangan me’yorlardan ortiqcha ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarayotganligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, bu borada hech qanday ekologik ekspertiza xulosasi berilmaganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan korxona rahbariga belgilangan tartibda chora ko‘rilib, atmosfera havosini ifloslantirayotganligi sababli qo‘shimcha to‘lovlar hisoblandi.

Bundan tashqari, sanoat korxonasiga atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarning oldini olish, avtomatik stansiyalar o‘rnatish va ekologik ekspertiza xulosasi olinishi yuzasidan majburiy ko‘rsatmalar berildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda narkokuryyerlik bilan shug‘ullanib kelgan ikki talaba ozodlikdan mahrum etildi

Published

on


Ma’lum bo‘lishicha, ular sintetik giyohvandlik moddalarini tanishi tashlab bergan geolokatsiyalardan olib, universitet yotoqxonasida dozalarga qadoqlab, aytilgan lokatsiyalarga yuborishgan.

Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ikki nafar talaba xolislar ishtirokida tekshirilganda,yonidan 120 gr Alfa PVP sintetik giyohvandlik moddalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, 2007 yilda tug‘ilgan talabaning vaqtincha yashab kelayotgan universitet yotoqxonasidagi xonasi ko‘zdan kechirilganda 400 gr Alfa PVP sintetik giyohvandlik moddalari borligi aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, bu talabalar ushbu sintetik giyohvandlik moddalarini tanishi tashlab bergan geolokatsiyalardan olib, universitet yotoqxonasida dozalarga qadoqlab, aytilgan lokatsiyalarga yuborishgan.

Tezkor tadbirlar natijasida bir marotabalik 2600 ta dozaga teng bo‘lgan jami 520 gr sintetik giyohvandlik moddalarining noqonuniy muomalasi oldi olindi.

Mazkur holat yuzasidan talabalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismiga ko‘ra 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasi qo‘llanilgan.

Shuningdek, sintetik giyohvandlik vositalarining manbaini hamda qolgan jinoiy sheriklarini aniqlash maqsadida tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Hokimlik Nurafshonda prokuratura uchun 4,5 mlrd so‘mga avtoturargoh qurilayotgani haqidagi xabarlar bo‘yicha izoh berdi

Published

on


Toshkent viloyati hokimining qaroriga muvofiq, Nurafshonda viloyat prokuraturasiga qarashli salkam 1 gektar maydonda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha kompleks loyiha moliyalashtirilmoqda.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda Nurafshon shahrida Toshkent viloyati prokuraturasi uchun avtoturargoh qurilishi yuzasidan tarqalgan muhokamalar bo‘yicha munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, shaharda viloyat prokuraturasiga qarashli salkam 1 gektar maydonda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha kompleks loyiha moliyalashtirilyapti. Bu bo‘yicha viloyat hokimining qarori qabul qilingan.

Qarorda hududda avtoturargoh, xizmat ko‘rsatish, elektromobillarni zaryadlash nuqtalari, yashil maydonlar, piyodalar yo‘laklari, drenaj va irrigatsiya tizimlari qurilishi, quyosh panellarini o‘rnatish nazarda tutilgan.

“Ajratilayotgan 4,5 milliard so‘mni faqatgina avtoturargoh uchun deb talqin etmaslik to‘g‘ri bo‘lardi. Qaror matnida muayyan sabablarga ko‘ra, mablag‘ ajratish maqsadi “avtoturargoh majmuasi qurish uchun” deb emas, “avtoturargoh qurish uchun” deb izohlangani shunday bahsli muhokamalarga sabab bo‘lganini tushungan holda qo‘shimcha izoh berishni lozim topdik”, deyiladi hokimlik munosabatida.

Ta’kidlanishicha, loyiha qiymati 5,9 mlrd so‘mga baholangan. Viloyat hokimligi va buyurtmachi xizmati mutahassislari tarafidan obektning kurilish-montaj ishlari qiymati qayta ko‘rib chiqilib, ayrim ish turlari muvofiqlashtirilishi natijasida umumiy xarajat miqdori 4,5 mlrd so‘mga maqbullashtirilgan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

20:47 O‘zbekistonliklar Yaponiyadagi qurilishlarga ishga yuboriladi

Published

on



20:47

O‘zbekistonliklar Yaponiyadagi qurilishlarga ishga yuboriladi



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya kuni munosabati bilan 615 kishini afv etdi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan davlatimiz tomonidan olib borilayotgan insonparvarlik siyosatining amaliy tasdig‘i sifatida «Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida»gi Farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 615 nafar shaxs afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 220 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 123 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 97 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 175 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

Afv etilganlarning 9 nafarini chet el fuqarolari, 29 nafarini ayol, 23 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 264 nafarini yoshlar (shulardan, 2 nafari voyaga yetmaganlar) hamda 9 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.